📂 Ekologik audit oʻtkazish yakunlari boʻyicha ekologik audit xulosasi tuziladi.
Ushbu xulosa maxfiy hujjat boʻlib, ekologik audit buyurtmachisining roziligisiz oshkor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
✅ Qonunga koʻra, ekologik auditorlik tashkilotlari oʻz faoliyatini amalga oshirish chogʻida mustaqildir.
❗ Ekologik auditorga qo'yiladigan talablar:
👉 O'zbekiston Respublikasi fuqaroligining mavjudligi;
👉 Tegishli sohaga doir oliy ma'lumotning mavjudligi;
👉 Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yoki turdosh sohalarda ketma-ket 3 yillik tajribaning mavjudligi;
👉 Ekologik auditor malaka sertifikatining mavjudligi( O'zbekiston Respublikasi ekologik auditorligi malaka sertifikatini berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi).
Ekologik auditorlik xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma faqat ekologik auditorlik tashkilotining fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisi mavjud boʻlgan taqdirda tuziladi.
❗ Quyidagilarga ekologik audit o'tkazish taqiqlanadi:
👉 Ekologik audit subyektining mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindoshlik munosabatida bo'lgan shaxslarga;
👉 Ekologik audit subyektiga nisbatan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy munosabati bo'lgan shaxsga;
👉 Davlat ekologiya qo'mitasining mansabdor shaxslariga;
👉 Ekologik audit subyektining xodimiga.
🏢 Ekologik auditorlik tashkilotlari Davlat xizmatlari agentligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
❌ Ekologik auditorlik tashkilotlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
📍Asos: "Ekologik audit to'g'risida"gi qonun
Idoraviy ekologik ekspertiza tegishli idoralarning buyrugʼiga muvofiq oʼtkazilishi mumkin va u tegishli idoraviy struktura ichida amal qiladi. Ilmiy ekologik ekspertiza ilmiy tashkilotlar yoki oliy oʼquv yurtlari tashabbusi bilan oʼtkaziladi va uning xulosasi axbarot xarakteriga ega boʼladi.
Bulardan tashqari ekologik ekspertizaning yana quyidagi maxsus turlari ham mavjud: 1) ekologik-sanitariya ekspertizasi. Ushbu yoʼnalishda ekologik ekspertizaning alohida ahamiyatga ega boʼlgan obʼekti-insonning hayoti va salomatligi boʼlib, bunda uning atrof tabiiy muhit bilan oʼzaro aloqalari ekologik ekspertizadan oʼtkaziladi. Ekologik-sanitariya ekspertizasining asosiy vazifasi antropogen faoliyat taʼsirida atrof muhitning zararli taʼsir koʼrsatishi bilan nson solomatligi xolati va uning oʼzgarishlari oʼrtasidagi sababli bogʼlanishni aniqlashdan iborat.
Davlat sanitariya-ekologiya ekspertizasi sogʼliqni saqlash idoralarining, Oʼzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi va xuquqni muhofaza qiluvchi idoralarining tashabbusiga koʼra Oʼzbekiston Respublikasi sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan tayinlanadi.
Bu ekspertizani oʼtkazishdan maqsad atrof muhitning noqulay taʼsiridan fuqarolarning salomatligiga yetkazilgan zararni aniqlash va uning tovonini toʼlash masalalarining hal etishdan iborat boʼlgan printsipial muammoning yechimini topishdan iborat;
2) ekologik-normativ ekspertiza.
Uning asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit sifati, zararli moddalarning ruhsat etilgan kontsentratsiyasi, chiqindilar, oqavalar meʼyori, radiatsiya taʼsiri, shovqin, tebranish, magnit maydoni taʼsirining ruhsat etilgan meʼyori darajasining ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq (mos) kelishini tadqiq etishdan iborat. Bunday ekspertiza jarayonida atrof muhit sifati koʼrsatkichlarining samaradorligi inson salomatligi, uning genetik fondini muhofaza qilish nuqtai nazaridan tekshiriladi;
3) ekologik-xuquqiy ekspertiza. U mustaqil ahamiyatga ega boʼlib, uning obʼekti qonunlar, farmonlar, xukumat qarorlari, farmoyishlari va vazirliklar, idoralar, respublika subʼektlarining berilgan vakolatlar doirasida qabul qilgan normativ aktlari va buyruqlarini ekologik ekspertizadan oʼtkazish hisoblanadi.