Rivojlanish: Ayrisimon bez homila rivojlanishining birinchi oyi oxirida uchinchi juft jabra cho'ntaklarining halqum epiteliyasida rivojlanadi. To'g'nog'ich boshchasidek keladigan juft ayrisimon bez kurtaklari embrionning kaudal tomoniga qarab o'sib boradi. Ayrisimon bez po'stloq ham da markaziy qismlardan iborat bo'lib, uning po'stloq qismida juda ko'p limfotsitlar joylashgan va ular rivojlanish jarayonida juda tez ko'payadi. Shunday qilib, bez limfo epitelial tuzilishga ega bo'lib morfo — fiziologik jihatdan m urtaklar bilan umumiyligi taqqoslanadi. Yosh o'tishi bilan bezda limfotsitlar kamayib, ularning o'rnini indifferent qo'shuvchi to'qima to'lg'azib boradi. Bu to'qimalarda yog' qatlami yig'ila boshlaydi.
Buyrak usti bezi Glandula suprarenalis — juft, uncha katta bo'lmagan yassi shakldagi a'zo. O'ng buyrak usti bezi uchburchaksimon shaklda bo'lsa, chapdagi esa yarimoysimon shaklda bo'ladi.
Bezni uchta yuzasi: oldingi — facies anterior, botiq bo'lib, undan — vena centralis chiqadi. Orqa yuzasi — facies posterior diafragmaning bel qismiga (pars lumbalis) yumshoq biriktiruvchi to'qima orqali birikib turadi. Pastki yuzasi — facies inferior (renalis) buyrakning yuqori uchi bilan birikib turadi. Buyrak usti bezining yuzalari medial va yuqori chetlari — margo medialis et superior bilan chegaralanadi. O'ng buyrak usti bezining yuqori qirrasi uchliroq bo'lib, uchi — apex suprarenalis ni hosil qiladi. Buyrak usti bezlari yupqa biriktiruvchi to'qimali parda bilan o'ralgan. Buyrak usti bezi tashqi— po‘stloq va ichki— mag'iz moddasidan tuzilgan. Po'stloq qismi — substantia corticalis sarg'ish rangli, mag'iz qismiga nisbatan ancha kattaroq. Bez po'stlog'i uch qavatga: tashqi, o'rta va ichki qavatlarga bo'linadi. Tashqi qavati, koptokchalar zonasi — zona glomerulosa, yumaloqlashgan shakldagi hujayralar yig‘indisidan iborat. Bevosita tashqi qatlami tagida ancha katta, radial joylashgan silindrsimon hujayralar yotadi. Bu qavatni o‘rta tutamli qavat — zona fasciculata deb ataladi. Mag'iz moddasi bilan chegara hosil qilib joylashgan, yupqa biriktiruvchi to'qima vositasida to'r hosil qilgan, to'rsimon qavat — zona reticulata deyiladi. Tutamli qavatda esa qizg'ish va sarg'ish rangdagi pigmentlami ko'rish mumkin. Buyrak usti bezining mag'iz moddasi — substantia medullari (paraganglion suprarenalis) buyrak usti paragangliyalaridan tuzilgan. Mag'iz moddasi bezning uchdan bir qismini tashkil qiladi va po‘stloq moddasidan qoramtirroq rangga ega ekanligi bilan ajralib turadi.