Ichki sekretsiya bezlarining funksional anatomiyasi
Organizmdagi har xil a’zolarining unumli kelishib ishlashida asosiy o'rin tutadigan xususiyati, bu a'zolarining bir-biri bilan kimyoviy bog'liqligidir. Bu bog'liqlik butun hayvonot olamiga taaluqli bo'lib, organizmning ma'lum bir qismlarida ishlab chiqarilgan kimyoviy m oddalarning qon tom irlar orqali qonga o'tib, a’zolarning bir m eyorda ishlashini ta’minlab turilishi. albatta, nerv sistemasining ta’siri ostida boradi.
O'z ta'sirotlari orqali a’zolaming ish faoliyatini bir meyorda boshqarilishini ta’minlab turuvchi asosiy kimyoviy qurol ya’ni odam va hayvon organizmidagi maxsus bezlarda ishlab chiqariladigan modda „gormonlar" deb ataladi. Gormon grekcha so'zdan olingan bo'lib, „hormon“, ya’ni harakatga keltiraman, qo'zg'ataman degan ma’noni anglatadi. Gormonlar maxsus hajmi jihatdan uncha katta bo'lmagan a’zolardan, ya’ni ichki sekretsiya (endokrin, inkretor) bezlarda ishlab chiqariladi. Ular to'g'ridan-to'g'ri qon tomir va limfa kapillarlari orqali qonga o'tib, organizmda sodir bo'ladigan bir qancha jarayonlarda ishtirok etadi.
Ichki sekretsiya bezlarining umumiy anatomo-fiziologik xususiyatlari:
1. Bezlaming nayi bo'lmaydi. Ishlab chiqariladigan gormonlar qon tomir va limfa kapillarlari orqali qonga o'tadi;
2. Bezlar juda ko'p sinusoid tipidagi qon tomir kapillarlariga boy bo'ladi va bezdagi qon tomirlardan boshqa a’zolardagiga nisbatan qon oqimi tezligi kam bo'ladi.
3. Endokrin bezlar hajmi jihatdan unchalik katta bo'lmaydi. Hamma bezlar yig'ilsa, ular tananing 0,1-0,3 % vaznini tashkil etadi.
4. Endokrin bezlar organizmining ish faoliyatini to'la-to'kisligini ta’minlab turadi;
5. Endokrin bezlaming har birida ishlab chiqariladigan gormonlar orasida butun hayot davomida mutanosiblik bo'lib, bu gormonal fon deyiladi.
Gormonlarning maxsus (spetsifik) xususiyatlari:
1. Gormonlar har bir a’zoning funksiyasiga alohida ta’sir qiladi va shu bilan birga butun organizmda bo'ladigan jarayonlarda ishtirok etadi;
2. Gormonlar yuqori biologik faolligi bilan ajralib turadi. Masalan, 1 gr insulin 125000 ta quyon qonidagi qand moddasini pasaytiradi yoki 1 gr adrenalin 1000 ta baqa organizmiga kiritilsa ularda yurak ish faoliyatini tezlatadi;
3. Gormonlaming masofada ta’sir etishi, ya’ni qon orqali borib a’zolarning ishlash jarayonini faollashtiradi yoki susaytiradi;
4. Gormonlar juda kichik molekular tuzilishga ega bo'lib, to'qimalardan oson va tez o'tish xususiyatiga ega;
5. Gormonlar doimiy ishlab chiqariladi, chunki ular hujayralarda tez parchalanib, tez ta’sir etish xususiyatiga ega;
6. Gormonlar tur tanlamaydi, shuning uchun ham ular hayvonlar organizmidan olinib, kasalliklarni davolashda ishlatiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |