Qalqonsimon orqa bezi — glandula parathyroidea Qalqonsimon orqa bezlari 4 tadan 8 tagacha bo'lib qalqonsimon bez bo'laklarining orqa yuzasining yuqori va pastki qismlarida zich yopishgan holda joylashadi. Shakl jihatdan yumaloq yoki uzunchoq bo'lib, og'irligi — 0,05 gr. Hajmi: uzunasiga 4-8 mm, eniga 3-4 mm, qalinligi 2 mm bo'ladi. Tashqi tomondan silliq, yarqirab turadi. Ayrim hollarda bu bezlar qalqonsimon bezdan pastroqda traxeyaga yaqin yog' qavati orasida joylashadi. Ba’zi bir hollarda bu bezlar qalqonsimon bez yuzasiga botib kirib yoki bez to'qimasi ichida joylashgan bo'ladi. Qalqonsimon orqa bezlari yupqa biriktiruvchi to'qimali parda bilan o'ralgan. Parda o'simtalari bez ichiga kirib borib juda ko'p to'siqlar hosil qiladi. Yosh o'tishi bilan bezdagi to'qimalarning miqdori oshib boradi. Hujayra tutamlari oralig'ida kichik-kichik pufakchalarga o'xshash bo'shliqlar uchrab, ular kolloid va yog' suyuqligi bilan to'lib turadi. Bez pufakchalari juda ko'p qon tomir kapllarlariga boy bo'lib, ishlab chiqariladigan gormon shu kapllarlaming venoz qismida so'rilib qonga o'tadi. Bezlardan ishlab chiqariladigan paraterioid gormoni qonda va to'qim alarda kalsiy va fosfor birikmalarining hamkorlikda ish olib borishini boshqarib turadi. Qalqonsimon orqa bezlari olib tashlansa organizmdagi kalsiy miqdori kam ayadi va suyaklarning o'sishi buziladi. Markaziy nerv tizimining qo'zg'aluvchanligi oshadi, mushaklar titrashi va ularning tortilishi kuzatiladi. Glandula parathyroidea homila rivojlanishining 3-4 haftasida III va IV halqum cho'ntaklari epiteliyasidan thymus kurtagining orqasida rivojlanadi. Keyinchalik bez epiteliyalari rivojlangan sohasidan qo'zg'alib qalqonsimon bez bo'laklarining orqasiga yopishgan holda kaudal tomonga qarab tushadi.
Ayrisimon bez — thymus Ayrisimon bez — ko'ks oralig'ining oldingi yuqori qismida joylashgan. Shaklan kalta va qalin yoki ingichka va uzun bo'lishi mumkin. Ayrisimon bez oldindan orqaga qarab yassilangan bo'lib, ikkita: o'ng — lobus dexter, chap — lobus sinister bo'laklardan, yuqori uchi — apex va asosi — basis gl.thymi lardan iborat. Bezda ko'krak va bo'yin qismlari tafovut qilinadi. Bez oldi tomondan qavariq va orqa tomondan botiqroqdir. Bez bo'laklari alohida-alohida bo'lib, ular yupqa yumshoq biriktiruvchi to'qima vositasida birbiri bilan tutashib turadi. Ayrisimon bez yumshoq bo'lganligi sababli atrofdagi a’zolarning qanday holda joylashishiga qarab shaklini o'zgargan holda ko'rish mumkin. Rangi yosh bolalarda tim qizg'ish, katta yoshdagilarda esa bez to'qimalarining kamayishi va ularning o'rnini yog' qatlami egallashi sababli sarg'ish rangda bo'ladi. Ayrisimon bez yumshoq biriktiruvchi to'qimali parda bilan o'ralgan. Bez mayda bo'lakchalardan iborat bo'lib, ular to'rsimon epiteliyadan tuzilgan. Bu hujayralar uzunasiga ketgan o'siqlari orqali bir-biri bilan birlashib turadi va ular oralig‘ida epitelial bo'shliqlar hosil bo'ladi. Bu bo'shliqlar kichik aylana shakldagi hujayralar— timotsitlar bilan to'lib turadi. Timotsitlar tuzilishi jihatda oq qon tanachalari — limfotsitlarni ayrim turlariga o'xshashdir. Timotsitlar bez bo'laklarining periferiyasida, markaziy qismiga nisbatan ko'plab joylashgan. Timotsit tuzilishi va funksional tom ondan limfotsitlarga o'xshashligi, ya’ni ularning mana shunday anatomik bog'liqligiga asoslangan holda ayrisimon bezni limfoepitelial a’zolarga kiritiladi.
Bezlarning o'rtacha og'irligi:
1-5 yoshlarda — 26 gr 6-15 yoshlarda 25-35 gr 1
6-20 yoshlarda — 26-27 gr
26-45 yoshlarda — 19 gr
60-70 yoshlarda — 6 gr gacha kamayib ketadi.
Timus ko'ks oralig'ining oldingi — yuqori qismida plevralararo soha — area interpleurica superior da joylashgan. Bez oldindan to'sh suyagining dastasi va tanasining IV qovurg'a tog'ayining birlashgan sohasigacha chegaralab turadi. Ayrim hollarda bezning bo'yin qismi yaxshi rivojlanganligi sababli ko'krak qafasining yuqori teshigi orqali ko'tarilib uning uchi qalqonsimon bezning bo'yin qismigacha etib boradi. Timus organizmni limfotsitlar bilan ta’minlab, uning himoya kuchini oshiradi. Timusda ishlab chiqariladigan gormonlar qonga o'tib oq qon tanachalari faoliyatini oshiradi. Organizmda kalsiy almashuvini boshqarib turadi va uning o'sishini ta’minlaydi. Organizm noqulay sharoitga tushib qolganda timus gormonlari himoya mexanizmlarini ishga solib organizmni shu sharoitga moslashishiga yordam beradi va bunday sharoitdan olib chiqadi.