Infundibulum sohasida shokilalar — fimbriae tubae uterina bo'lib, ularning biri ancha uzunroq bo'ladi va tuxumdonga birikkanidan fimbria ovarica deb ataladi. Bachadon nayining qorin bo'shlig'iga ochilgan teshigi ostium abdominale tubae uterina, bachadon bo'shlig'iga ochilgan teshigi ostium uterinum tubae uterina deyiladi. Bachadon nayining tashqi seroz pardasi — tunica serosa qorin parda to'qimasidan hosil bo‘ladi. Bu pardaning ostida — tunica subserosa, tunica muscularis qavatida esa 2 turdagi silliq mushak tolalari (tashqi bo'ylama va ichki halqasimon) joylashadi. Ichki shilliq qavat — tunica mucosa bo'lib, Kiprikli epiteliy hujayralari bilan qoplangan va burmalar - plicae tubaria hosil bo'ladi.
Bachadon — uterus Bachadon - uterus homila taraqqiy etadigan mushakli, kichik chanoq bo'shlig'idagi a’zodir. Bu a’zo siydik qopchasi bilan to'g'ri ichak orasida joylashadi. Bachadonning quyidagi qismlari bo'ladi: tubi— fundus uteri yuqori sohada joylashadi; tanasi — corpus uteri; bo'yin qismi — cervix uteri. Yuqori sohada bachadon shoxi — cornu uteri, bachadon cheti — margo uteri. Bachadoning orqa yuzasi ichak tarafda — facies intistenalis (posterior), oldingi yuzasi siydik qopchasi tarafda bo'lganligidan facies vesicalis (anterior) deb ataladi. Bachadon bo'shlig'i cavitas uteri ichki anatomik teshik ostium anatomicum uteri internum vositasida bachadonning bo'yin qismi cervix uteri ga davom etadi. Cervix uteri ning quyidagi qismlari boladi:
a) portio supravaginalis cervici — bo'yinning qin usti qismi. Bu sohada torayma isthmus uteri hosil bo'lib ichki gistologik teshik — ostium histologicum uteriinternum vositasida keyingi bo'limga davom etadi;
b) portio vaginalis cervicis — bachadon bo'ynining qin qismi. Bachadonning bo'yin qismi, qin sohasiga teshik ostium uteri holida ochiladi. Bu teshik sohasida oldingi lab - labium anterius va orqa lab — labium posterius lar b'oladi. Bachadon bo'yin kanali — canalis cervicis uteri, ichki yuzasida burmalar — plicae palmatae, bezlar — glandulae cervicales bo'ladi. Bachadonning tashqi tarafini yog' moddali kletchatka — parametrium o'rab turadi. Bachadon bo'yin sohasidagi bu qavat — paracervix deyiladi.
Bachadon devori uch qavatdan tashkil topgan:
1. Tashqi tarafdan bachadon seroz qorin parda — tunica serosa bilan qoplangan. Bachadonning bu tashqi qavati — perimetrium deyiladi.
2. O'rta qavatidan — silliq mushak tolalaridan iborat tunica muscularis bo'ladi. Bachadonning bu qavatini — myometrium deyiladi.
3. Ichki shilliq qavat— tunica mucosa bilan qoplangan bo'lib, bachadondagi bu qavatni — endometrium deyiladi. Shilliq qavatda bachadon bezlari — glandulae uterinae bo'ladi.
Qorin parda bachadonni o'rab, ikki yon tarafga yo'nalishidan bachadonning keng boylami lig.latai uteri hosil bo'ladi. Bachadon chov kanalidagi teri sohasi bilan lig.teres uteri — yumaloq boylam vositasida birlashadi. Bachadon bilan tuxumdon orasida — lig.ovarii proprium tuxumdonning xususiy boylami, qov suyagi bilan bachadon bo'yni orasida — lig.pubocervicale, to'g'ri ichak bilan bachadon orasida lig.rectouterinum boylamlari tortilgan bo'ladi. Bachadonning bo'yin sohasida ko'ndalang boylam — lig.transversum cervicis (lig.cardinale) bo'ladi. Bachadon devorining xususiy mushaklaridan tashqari to'g'ri ichakdan yo'naluvchi m.rectouterinus devorini mustahkamlaydi.