2.Firmani tashkiliy tuzilmasi tushunchasini shakllanishi.
G‘arbning yuqori rivojlangan mamlakatlarida kichik tadbirkorlikning keskin ko‘tarilishi sodir bo‘lmoqda. Bugun u iqtisodiy o‘sish, ish joylarini ko‘payishining muhim manbasi, ilmiy-texnik taraqqiѐtning omili bo‘lib qolmoqda. Hozirgi sharoitlarda kichik firmalarning samaradorligini belgilab beruvchi bir qator ishlab chiqarish-texnik, tashkiliy- boshqaruv, undovchi jihatlar mavjud. ITT vazifaviy qismlar va modullardan tashkil topgan yangi murakkab texnikani ishlab chiqarilishini ta’minlashga qodir kichik tor ixtisoslashgan korxonalarni rivojlanishlari uchun imkoniyatlarni ochib berdi.
Firmalarning kichik ko‘lami ularga tezroq va arzonroq qayta qurollanish, yangi texnologiyalarni tadbiq etish va moslashtirishga imkon beradi. Ko‘pincha kichik tadqiqotchilak firmalari yiriklar bilan g‘oyatda muvaffaqiyali ravishda raqobatchilik qiladilar. Ular tadqiqotlar va ishlab chiqishlarni faolroq o‘tkazadilar, ularda ilmiy-texnik taraqqiѐt yutuqlarini tadbiq etish sur’atlari tezroqdir. Bunday firmalar eng yangi sohalarda muvaffaqiyatli harakat qiladilar. Masalan, shaxsiy kompyuterlar bozoriga xuddi kichik firmalar birinchi bo‘lib chiqqanlar. Kichik firmalarning afzalliklarini belgilab beruvchi omillar orasidan bozor holatini o‘zgarishlariga epchillik bilan e’tibor qaratish, mijozlarni bilishni aytish mumkin. Ko‘pincha ular bozorning kichik sig‘imi tufayli yirik kompaniyalarda qiziqish uyg‘otmaydigan sektorlari (masalan, iste’mol tovarlari, maishiy xizmatlarni ishlab chiqarish)ni mo‘ljallaydilar. Kichik firmalarning boshqa iqtisodiy afzalligi ularning mahsulotlarini nisbatan arzonligidir. Ularda tor ixtisoslashish, uskuna- lardan to‘liqroq foydalanish, ma’muriy-boshqaruv xarajatlaridan tejash hisobiga ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish imkoniyati bor. AQSh va boshqa g‘arbiy mamlakatlarda bugun kichik va yirik biznes bir birlarini istisno qilmaydilar, balki to‘ldiradilar. Kichik biznes iqtisodiѐtning barcha sohalarida xo‘jalik faoliyatini olib boradi, bir qator sohalarda esa hatto ustunlik qiladi (qishloq xo‘jaligi, qurilish, ulgurji va chakana savdo).
Ma’lumki, xususiy firmalarni tashkil qilishning uchta shakli mavjud: yakka shaxsli firmalar, sheriklik, korporatsiyalar. Kichik biznes uchun yakka shaxs egaligida bo‘lgan firma eng sodda shakl bo‘ladi. Uni ochish uchun, masalan AQShda mahalliy hokimiyatlar ѐki shtat hokimiyatlaridan ruxsat (sertifikat)ga ega bo‘lish va savdo nomini ro‘yxatdan o‘tkazish yetarlidir. Bu firmalar firmalarning umumiy sonida ko‘pchilikni - AQShda 60 % dan ko‘proqni tashkil qiladilar. Bunday kichik firma mulk egasi tomondan boshqariladi, U tadbirkorlikning barcha tavakkalchiligini o‘ziga oladi. Ko‘pincha buxgalteriya hisobi va moliya, sotish va ta’minot, narxlar va reklama bilan firma boshlig‘ining o‘zi shug‘ullanadi. Ko‘p narsa uning maqsadga intilishi va ishlash qobiliyatiga bog‘liq. Korxonaning ko‘lami, sotishlar hajmi o‘sgani sari boshqaruv guruhi tashkil qilinadi. U o‘z ichiga boshqaruvchi – mulk egasi, ko‘pincha texnolog vazifasini bajaruvchi ta’minot bo‘yicha vakil, qo‘li ostida ishchilar bo‘lgan masterni olishi mumkin. Vaqtincha ishlash uchun hisobchi taklif qilinadi. Bunday korxonalarda kasblar, boshqaruv vazifalari, qarindoshlik va oilaviy munosabatlarni qo‘shilib ketishi resurslardan samarali foydalanishga imkon beradi. Ko‘pgina firmalar sherikliklar bo‘ladilar. Ular ikkita ѐki ko‘proq shaxslar tomonidan korxonaga birgalikda egalik qilishga shartnoma tuzish yo‘li bilan tashkil qilinadilar. Sheriklardan har biri teng javobgarlikka ega va boshqa sheriklarning ishonchli shaxsi bo‘ladilar, foydalar va zararlar har biriga taqsimlanadilar. (Ammo sheriklik yuridik shaxs sifatida daromad solig‘ini to‘laganda, uni har bir sherik daromaddagi ulushiga ko‘ra to‘laydi). Bunday huquqiy shakldagi firmalar boshqarish va tashkil qilish nuqtai nazaridan qandaydir o‘ziga xoslikka ega emaslar. Kichik va o‘rtacha firmalar korporatsiyalar (aksionerlik jamiyatlari) kabi tashkil qilinishlari mumkin. Bu yerda eng sodda boshqaruv tuzilmasi o‘z ichiga prezident, vitse-prezident, sotish bo‘yicha mutaxassisni oladi. Kichik korporatsiyada umumiy rahbarlikni, qoidaga ko‘ra, tarkibida besh kishi, shu jumladan uchta tashqi direktor bo‘lgan direktorlar kengashi amalga oshiradi (ular bankirlar, yirik firmalarning boshqaruvchilari, yuristlardan iborat bo‘lib, juda bo‘lmaganda bunday korporatsiya boshqaruvchisining tajriba yetishmasligini qisman qoplashlari, qiyin muammolarni hal qilishda ѐrdam berishlari mumkin).
Kichik firmalar tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining umumiy soddaligida ulardan ko‘pchiligi murakkab muammolarga duch keladilar. Ko‘p yillar davomida bunday firmalarni faoliyat yuritishlarining muvaffaqi- yati aslida boshqaruvchining shaxsiy mahorati va g‘ayratiga asoslangan. Hozirgi zamonda faqat g‘ayratning o‘zi yetarli emas. 80-yillarda kichik firmalarni xonavayron bo‘lishlariga ko‘maklashuvchi asosiy omillardan biri bu korxonalarning egalari, ularning boshqaruvchilarida boshqaruv bilimlarini yetishiasligidan iboratdir. Shuning uchun ular maslahat firmalari, ѐllanma menejerlar xizmatlariga borgan sari ko‘proq murojaat qilishga majburlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |