7-mavzu. Boshqaruvning mumtoz (ma’muriy) maktabi. A. Fayolning ma’muriy nazariyasi



Download 71,5 Kb.
bet1/2
Sana02.03.2022
Hajmi71,5 Kb.
#478865
  1   2
Bog'liq
маруза 7




7-mavzu. Boshqaruvning mumtoz (ma’muriy) maktabi. A.Fayolning ma’muriy nazariyasi
Reja:
1.Mumtoz boshqaruv maktabi vakili A.Fayolning boshqarish tamoyillari.
2.Firmani tashkiliy tuzilmasi tushunchasini shakllanishi.


1.Mumtoz boshqaruv maktabi vakili A.Fayolning boshqarish tamoyillari.
Boshqaruvning mumtoz (ma’muriy) maktabi vakillaridan biri A.Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan fransuz olimlaridan biri hisoblanadi. U o‘z davrida Fransiyadagi ko‘mir qazib oluvchi yirik kompaniyani boshqargan. A. Fayol o‘zining boy amaliy tajribasini “Umumiy va sanoat boshqaruvi” (1916) nomli kitobida umumlashtirgan. Uning ilgari surgan quyidagi boshqaruv g‘oyalari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Anri Fayolning boshqarish tamoyillari quyidagilar:

  1. Mehnat taqsimoti - ixtisoslashuv natijasida ko‘p miqdorda va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqariladi. Bunga e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan maqsadlar sonini keskin qisqartirish evaziga erishiladi.

  2. Vakolat va mas’uliyat. Vakolat — bu buyruq berish uchun berilgan huquqdir. Mas’uliyat esa buning aksi. Qaerda vakolat berilgan bo‘lsa, o‘sha yerda mas’uliyat vujudga keladi.

  3. Intizom - rahbar bilan xodim o‘rtasida o‘zaro hurmatni, quloq solishni talab qiladi. Shartnomalarning so‘zsiz bajarilishini taqozo etadi.

  4. Yakkaboshlik - xodim bevosita boshlig‘idan buyruq olishi kerak.

  5. Yo‘nalishning bir xilligi - yagona maqsad doirasida faoliyat ko‘rsatayottan har bir guruh, yagona reja asosida ishlashi va bitta rahbarga ega bo‘lishi kerak.

  6. Shaxsiy manfaatlarni umumiy manfaatga bo‘ysundirish. Alohida xodim yoki guruhning manfaatlari bir-biriga zid kelmasligi kerak.

  7. Xodimlarni taqdirlash - bu ularning ishonchini qozonish va hamdardligini oshirish uchun ularga adolat yuzasidan barcha mehnatiga haq to‘lash lozim.

  8. Markazlashish - hamma o‘z o‘rnida bo‘lishi va o‘z burchini ado etishi lozim.

  9. Boshqaruvdagi ierarxiya - bunda quyi daraja yuqoridan nazorat qilinadi va yuqoriga bo‘ysunadi.

  10. Tartib – bunda hamma o‘z vazifasini bajarish va ma’sul bo‘lish.

  11. Adolat – bu, tashkilotda uning hukm surishi va qonunning ustuvorligi bilan rahmdillikning uygunlashuvidir.

  12. Xodim uchun ish joyining doimiyligi – bunda, yuqori darajadagi qo‘nimsizlik tashkilot faoliyati samaradorligini pasaytiradi. O‘z ish joyini mustahkam egasi bo‘lish harakatida bo‘lgan oddiy rahbar bir joyda muqim ishlashni istamaydigan iste’dodli rahbardan ming chandon yaxshiroqdir.

  13. Tashabbus — bu tom ma’noda rejani ishlab chiqish va uning o‘z vaqgida bajarilishini ta’minlashdir.

  14. Korporativ ruh. Itgifoq — bu kuch, u esa xodimlar o‘rtasidagi hamjihatlikning va manfaatlarning hamohanglashuvi natijasi bo‘lishi mumkin.

A. Fayol boshqarishni - kelajakni ko‘ruvchi; faoliyatni tashkillashtiruvchi; tashkilotni idora qiluvchi; faoliyat turlarini muvofiqlashtiruvchi; qaror va buyruqlarning bajarilishini nazorat qiluvchi kuchli qurol deb ataydi. Bu fikrlar hozirgi kunda ham boshqarish fani asosida yotadi.
Shu bilan birga 1916 yil Genri Fayol - menejmentning birinchi to‘liq nazariyasini; menejment funksiyalarini; menejment prinsiplarini ishlab chiqdi va menejmentni o‘qitash zarurligini yoqlab chiqdi.Bundan tashqari boshqaruv prinsiplarini rivojlantirish, boshqaruv funksiyalarini bayon etish va tashkilotni yalpi boshqa rishda sistemali yondoshuvni asoslab berdi.



Download 71,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish