§ 7. Dafn etish joylari (qabristonlar)ni saqlash va ulardan foydalanish
41. Qabristonlar bevosita tuman, shahar davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘ladi, ularni zarur holatda saqlash va obodonlashtirish vazifasi ularga yuklanadi.
Qabristonlarni obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanishga, dafn etish xizmatlari ko‘rsatishga doir bevosita faoliyat mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ta’sis etiladigan tumanlar (shaharlar) obodonlashtirish boshqarmalari (fuqarolik xizmati ko‘rsatish boshqarmalari) tomonidan amalga oshiriladi.
42. Qabristonlarni obodonlashtirish, mukammal va joriy ta’mirlash, ularni zarur holatda saqlash, mablag‘larni xarajatlarning alohida moddasi bo‘yicha ajratgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Bunda go‘rkovlar va marosim xizmatlari ko‘rsatuvchi xodimlar ta’minoti mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan tariflar bo‘yicha ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar uchun aholidan tushadigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Qabristonlarni saqlash va obodonlashtirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-ehsonlaridan ham foydalaniladi.
Qabristonlarni obodonlashtirish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ko‘magida hashar yo‘li bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Qabristonlar hududini obodonlashtirish elementlariga qabristonlar hududini to‘siq bilan o‘rash, dafn joylari, yashil o‘simliklar, o‘tish joylari, xiyobonlar, yo‘llar va yo‘lkalar, xo‘jalik hovlilari, ma’muriy binolar va yordamchi imoratlar, muhandislik inshootlari va boshqalar kiradi.
Qabristonlar hududi to‘siqlar bilan o‘raladi hamda o‘zaro yo‘llar va xiyobonlar bilan bo‘lingan, tartib raqamlari qo‘yilgan sektorlarga, uchastkalarga bo‘linadi.
VII. Hududlarni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘yiladigan umumiy talablar
43. Yuridik va jismoniy shaxslar — aholi punktidagi binolar va inshootlarning mulkdorlari yoki foydalanuvchilari, shu jumladan ijarachilari o‘zlariga biriktirilgan yer uchastkasi hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi uchun mas’ul hisoblanadilar.
44. Binolar yoki inshootlarning mulkdorlari yoki foydalanuvchilari:
binolar va inshootlarning tashqi qiyofasini qoniqarli saqlanishini ta’minlaydilar hamda zaruriyatga ko‘ra binolar va inshootlarning tashqi ko‘rinishini (fasadlarini ta’mirlash) arxitektura va qurilish bo‘yicha hududiy organlar bilan kelishgan holda o‘zgartirishi mumkin;
binolar va inshootlarga tutashgan (ajratilgan) yer uchastkalarida obodonlashtirish ishlarini amalga oshiradilar, ko‘kalamzorlashtirish hududlarida daraxtlar va gullar o‘tqazishni va sug‘orishni, ularni parvarish qilishni ta’minlaydilar. Daraxtlar kasallanishining oldini olish, daraxtlarni butash, ularga shakl berish, oqlash ishlarini tashkil qiladilar.
hududning odamlar o‘tadigan qismlari atrofida qurilish materiallari bo‘laklari, asbob-uskunalar, qurilish chiqindilari va maishiy chiqindilar to‘planishining, yo‘l chekkalarining, o‘tish joylarining va yo‘laklarning ifloslanishining oldini oladilar;
qurilish ishlarini bajarish jarayonida estetik ko‘rinishni ta’minlash va xavfsizlik texnikasiga rioya etish maqsadida qurilish maydonchalari atrofining sifatli o‘ralishini ta’minlaydilar;
yer osti va yer usti muhandislik tarmoqlarining texnik holatini texnik shartlarda belgilangan tartibda qoniqarli saqlaydilar.
45. Aholi punktlarining umumiy foydalaniladigan yerlarida imoratlar va inshootlar barpo etishga faqat yerlardan foydalanishning belgilangan maqsadlariga muvofiq ruxsat etiladi.
46. Aholi punktlarining umumiy foydalaniladigan yerlaridan uchastkalar, yo‘llar va ariq tarmoqlaridan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslarga yengil tipdagi imoratlar va inshootlar (savdo palatkalari, do‘konchalari, reklama inshootlari) qurish uchun ijara shartlarida vaqtinchalik foydalanishga mahalliy davlat hokimiyati organlari ruxsati bilan berilishi mumkin.
47. Zarur darajada bo‘lmagan va belgilangan standartlarga javob bermaydigan reklama vositalarini o‘rnatish, shu jumladan e’lonlar va afishalarni ushbu maqsadlar uchun ruxsat etilmagan va mo‘ljallanmagan joylarda osib qo‘yish taqiqlanadi.
VIII. Obodonlashtirish qoidalari buzilganligi uchun javobgarlik
48. Yuridik va jismoniy shaxslar obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishdan bosh tortganlik yoki obodonlashtirish qoidalarini buzganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Nazorat savollari:
1. Hududlarni obodonlashtirish ishlari
2. Ko‘kalamzorlashtirish,
3.Tashqi yoritish
4 Yo‘l-ko‘prik xo‘jaligi
5. Irrigatsiya xo‘jaligi,
6. Drenaj xo‘jaligi,
7. Sanitariya jihatidan tozalash
Do'stlaringiz bilan baham: |