7. Mavzu: Bino atrofini obodonlashtirish. Ma`ruza Reja: Umumiy qoidalar


III. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishdagi vazifalari



Download 43,53 Kb.
bet4/9
Sana22.04.2022
Hajmi43,53 Kb.
#573613
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7 Mavzu Remont ishlari

III. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishdagi vazifalari
8. Mahalliy davlat hokimiyati organlari obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga hamda ushbu Qoidalarga amal qiladilar.
9. Aholi punktlari hududlarini obodonlashtirish masalalarini hal etish mahalliy davlat hokimiyati organlarining bevosita vazifasi hisoblanadi.
10. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z ishida quyidagilarni ta’minlashi shart:
aholi punktlarining butun hududida, shu jumladan umumiy foydalaniladigan hududlarda, shuningdek aholi punktlari oralig‘idagi hududlarda obodonlashtirish ishlarini tashkil etish;
obodonlashtirish ishlarini arxitektura va qurilish normalari va qoidalariga qat’iy muvofiq ravishda, shuningdek shaharlar va aholi punktlarining tashqi qiyofasiga nisbatan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda amalga oshirish;
obodonlashtirish obyektlaridan foydalanish va ularni saqlash ishlarini sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq tashkil etish;
aholi bandligini, obodonlashtirish sohasidagi ishlarning samaradorligini oshirish uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari va shart-sharoitlar yaratish;
obodonlashtirish boshqarmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
IV. Arxitektura va qurilish bo‘yicha hududiy organlarning obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishdagi vazifalari
11. Arxitektura va qurilish bo‘yicha hududiy organlar hududlarni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga, Qurilish vazirligi hay’ati qarorlariga, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimlarining qarorlariga belgilangan tartibda tasdiqlangan arxitektura va qurilish bo‘yicha hududiy organlar to‘g‘risidagi nizomlarga hamda ushbu Qoidalarga amal qiladilar.
12. Shaharlar va tumanlarning qurilish bo‘limi boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining bosh arxitektorlari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining vakolatli vakillari hisoblanadilar, ular:
o‘z vakolatlari doirasida, obodonlashtirish boshqarmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda obodonlashtirish masalalari bo‘yicha ishlarni olib boradilar;
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda tayyorlangan, ko‘chalarni va umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlashga, zarurat bo‘lganda yangilarini qurishga, obodonlashtirilishi va ko‘kalamzorlashtirilishi kerak bo‘lgan hududlarning shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda har xil daraxtlar va o‘simliklar turlarini o‘tqazishga taalluqli bo‘lgan takliflar va loyiha yechimlari kiritilishini ta’minlaydilar;
shaharsozlik hujjatlari va obodonlashtirish loyihalari asosida hokimliklar tomonidan tasdiqlangan ish rejalari amalga oshirilishini nazorat qiladilar hamda ularning bajarilishi yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga ma’lumotlar tayyorlaydilar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi arxitektura va shaharsozlik kengashiga hududlarni obodonlashtirish loyihalarini ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash uchun kiritadilar;
hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chalar bo‘ylab qurilgan binolarni rekonstruksiya qilish, dam olish hududlari va bog‘larini tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladilar, shuningdek bajarilgan ishlar monitoringini olib boradilar;
o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni, savdo tarmoqlari va boshqa obyektlarni joylashtirishda, shu jumladan muhandislik kommunikatsiyalari bo‘yicha sodir etilgan qonun buzilishlarini aniqlaydilar, qonun buzilishlari to‘g‘risidagi dalolatnomalarni rasmiylashtiradilar, ularni tegishli choralar ko‘rish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida tashkil etiladigan shaharsozlik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish komissiyasiga kiritadilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining belgilangan tartibda tasdiqlangan aholi punktlarining bosh rejalarini, mukammal rejalashtirish loyihalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida chora-tadbirlar ko‘radilar.

Download 43,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish