7-mavzu. Axloqiy qadriyatlar (Etika) Reja


 Axloqning paydo bo`lishi haqidagi diniy, empirik va genetik konsepsiyalar



Download 439,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana13.04.2022
Hajmi439,11 Kb.
#547881
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
7-mavzu 060422092000

3. Axloqning paydo bo`lishi haqidagi diniy, empirik va genetik konsepsiyalar 
Qadimiy ona sayyoramizdagi hayot odatda uch olamdan iborat deb qabul qilingan. 
Bular — nabotot, hayvonot va bashariyat olami; ularning o'zaro munosabatlari 
zaminimizdagi hayotning asosiy omili hisoblanadi. Har uchalasiga ham paydo 
bo‘lish, rivojlanish, o‘zini muhofaza qilish, nasl qoldirishga intilish instinkti 
berilgan va hayotining bir kunmas-bir kun o‘lim bilan nihoya topish qismati 
belgilangan. Chunonchi, o'simlik urug‘dan paydo bo‘ladi, rivojlanadi, singan 
shoxlari o'rnini sirach chiqarib davolaydi — muhofaza qiladi, urug‘ini qoldirib, bir 
kun quriydi. Hayvon shu xususiyatlar bilan birgalikda sezish a’zolari va 
qobiliyatiga hamda muayyan darajada idrok etish xislatiga ega. Insonda esa 
bulardan tashqari mulohaza qilish, fikrlash qobiliyati va uyat hissi, bir so‘z bilan 
aytganda, aql bor. Uni Imom G‘azzoliy oltinchi sezgi yoki ikkinchi yurak, yurak 
ichidagi yurak deb ataydi. Ana shu aql ixtiyor erkinligini ixtiyor erkinligi esa 
axloqni taqozo etadi. Bu fikrni yoyibroq tushuntirish uchun insonning paydo 
bo‘lishi tarixiga nazar tashlamoq joiz. 
Avvalo, shuni aytish kerakki, insonning paydo bo‘lishi eng bahsli muammolardan 
biri hisoblanadi. Bu borada bir-biriga qarama-qarshi ikki qarash mavjud. Biri — 
diniy, ikkinchisi — dahriycha qarash. Diniy- e’tiqodiy nuqtayi nazardan odamni 
Xudo yaratgan. Dahriycha qarash esa buni inkor etib, odamni tabiat yaratgan, u 


tabiatning bir qismi degan g‘oyani ilgari suradi. Ular orasida ingliz tabiiyotshunosi 
Charlz Darvin (1809—1882) fikrlari alohida e’tiborga molik. 
Darvin tabiiy turlarning tanlov yo‘li bilan kelib chiqishi haqidagi evolutsion 
ta’limotni yaratdi. U odam bilan odamsimon maymunlaming qardoshligini 
isbotlashga urindi, biroq u to‘g‘ridan to‘g‘ri odam maymundan tarqalgan jonzot, 
degan fikrni aytgan emas. Shuningdek, Darvin dahriy bo‘lmagan, hamma qatori 
nasroniylik qonun-qoidalariga amal qilib yashagan. Buning ustiga uning o‘zi 
Kembrij universiteti qoshidagi Iso kollejini tugatgan. Darvin taijimai holi asosida 
roman yozgan ingliz yozuvchisi Irving Stoun uning Xudoni inkor etmaganini bir 
necha o‘rinda ta’kidlaydi. Mana shulardan biri: «Mening nazariyam Xudoning 
borligini inkor etmaydi. Tabiat Uning qonunlariga bo‘ysunadi xolos»
7
. Marks 
o‘zining dahriycha qarashlarini isbotlash uchun undan material so‘rab xat 
yozganida, Darvin unga rad javobini beradi
8
. Shunga qaramay markschilar, 
Darvinning mohiyatini tushunmaganlari holda, uning nomini bayroq qilib, 
ta’limotini o‘z foydalariga soxtalashtirishga tinimsiz harakat qildilar. Dahriycha 
qarashni Darvin nomi bilan bog'lab ish ko'rish yaqin-yaqingacha «sotsialistik 
lager» hududiga kirgan mamlakatlarda rasmiy, davlat yondashuvi sifatida hukm 
surib keldi. Totalitar tuzumga asoslangan bu davlatlar tanazzulga uchragach, yana 
insonni Xudo yaratgan degan fikr ularda yetakchilik mavqeyini egalladi. 
To‘g‘ri, bu o‘rinda Darvinning evolutsiya nazariyasi va Xudoning olamni olti 
kunda yaratgani haqidagi diniy aqida bir-biri bilan qanday sig‘ishadi, degan savol 
tug‘iladi. Gap shundaki, makon va zamonda ro‘y bergan, milliardlab yil davom 
etgan evolutsiya: nabotot — hayvonot odamzod doirasi makon va zamondan 
tashqaridagi fazoviy, Ilohiy Vaqt nuqtayi nazaridan juda qisqa muddatda voqe 
bo`lishi mumkin. Xudoning olti kuni o‘z ichiga makon va zamonni sig‘dirgan 
Mutlaq Vaqtga, evolutsiya nazariyasiga asos qilib olingan milliardlab yillar esa 
makon va zamon ichidagi nisbiy, insoniy vaqtga taalluqlidir. 
Umuman olganda, insoniyatning intellektual tarixida, hatto nisbatan dahriylik asri 
bo‘lmish XX asrda ham, insonni Xudo yaratgan, degan fikr kamida to‘qson foizni 
tashkil etadi. Biz ham ana shu ko‘pchilik tomonidamiz. Ayni paytda, kamchilik 
bildirgan va bildirayotgan aksilfikr ham yashash huquqiga ega ekanini tan olamiz. 
Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimovning mana bu gaplari 
bizning flkrlarimiz uchun e’tiborli xulosa bo‘la oladi deb o`ylaymiz. 
«Shu o'rinda ta’kidlamoqchi edimki, 

Download 439,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish