tabiatning bir qismi degan g‘oyani ilgari suradi. Ular orasida ingliz tabiiyotshunosi
Charlz Darvin (1809—1882) fikrlari alohida e’tiborga molik.
Darvin tabiiy turlarning tanlov yo‘li bilan kelib chiqishi haqidagi evolutsion
ta’limotni yaratdi. U odam bilan odamsimon maymunlaming qardoshligini
isbotlashga urindi, biroq u to‘g‘ridan to‘g‘ri odam maymundan tarqalgan jonzot,
degan fikrni aytgan emas. Shuningdek, Darvin dahriy bo‘lmagan, hamma qatori
nasroniylik qonun-qoidalariga amal qilib yashagan. Buning ustiga uning o‘zi
Kembrij universiteti qoshidagi Iso kollejini tugatgan. Darvin taijimai holi asosida
roman yozgan ingliz yozuvchisi Irving Stoun uning Xudoni inkor etmaganini bir
necha o‘rinda ta’kidlaydi. Mana shulardan biri: «Mening nazariyam Xudoning
borligini inkor etmaydi. Tabiat Uning qonunlariga bo‘ysunadi xolos»
7
. Marks
o‘zining dahriycha qarashlarini isbotlash uchun undan material so‘rab xat
yozganida, Darvin unga rad javobini beradi
8
. Shunga qaramay markschilar,
Darvinning mohiyatini tushunmaganlari holda, uning nomini bayroq qilib,
ta’limotini o‘z foydalariga soxtalashtirishga tinimsiz harakat qildilar. Dahriycha
qarashni Darvin nomi bilan bog'lab ish ko'rish yaqin-yaqingacha «sotsialistik
lager» hududiga kirgan mamlakatlarda rasmiy, davlat yondashuvi sifatida hukm
surib keldi. Totalitar tuzumga asoslangan bu davlatlar tanazzulga uchragach, yana
insonni Xudo yaratgan degan fikr ularda yetakchilik mavqeyini egalladi.
To‘g‘ri, bu o‘rinda Darvinning evolutsiya nazariyasi va Xudoning olamni olti
kunda yaratgani haqidagi diniy aqida bir-biri bilan qanday sig‘ishadi, degan savol
tug‘iladi. Gap shundaki, makon va zamonda ro‘y bergan, milliardlab yil davom
etgan evolutsiya: nabotot — hayvonot odamzod doirasi makon va zamondan
tashqaridagi fazoviy, Ilohiy Vaqt nuqtayi nazaridan juda qisqa muddatda voqe
bo`lishi mumkin. Xudoning olti kuni o‘z ichiga makon va zamonni sig‘dirgan
Mutlaq Vaqtga, evolutsiya nazariyasiga asos qilib olingan milliardlab yillar esa
makon va zamon ichidagi nisbiy, insoniy vaqtga taalluqlidir.
Umuman olganda, insoniyatning intellektual tarixida, hatto nisbatan dahriylik asri
bo‘lmish XX asrda ham, insonni Xudo yaratgan, degan fikr kamida to‘qson foizni
tashkil etadi. Biz ham ana shu ko‘pchilik tomonidamiz. Ayni paytda, kamchilik
bildirgan va bildirayotgan aksilfikr ham yashash huquqiga ega ekanini tan olamiz.
Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimovning mana bu gaplari
bizning flkrlarimiz uchun e’tiborli xulosa bo‘la oladi deb o`ylaymiz.
«Shu o'rinda ta’kidlamoqchi edimki,
Do'stlaringiz bilan baham: