7-mavzu: axloqiy qadriyatlar (etika). Reja: Etikaning moxiyati va axamiyati


Xushfe’llilik, shirinsuxanlilik, kamtarinlik, bosiqlik



Download 207 Kb.
bet19/28
Sana30.03.2022
Hajmi207 Kb.
#518607
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
7 мавзу

Xushfe’llilik, shirinsuxanlilik, kamtarinlik, bosiqlik singari axloqiy xatti–harakatlar me’yoriylik nuqtai nazaridan g‘oyat muhim. CHunki har bir jamiyat darajasi ma’lum ma’noda undagi fuqarolar muomala madaniyatining yuksakligi bilan ham belgilanadi. Zero, xushfe’l, shirinsuxan inson o‘zining har bir muvaffaqiyatsizligiga fojea sifatida qaramaydi, alam yoki g‘azab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga o‘tkazishga intilmaydi; atrofdagi axloqiy muhitni buzmaydi. Natijada o‘ziga ham, o‘zgalarga ham ko‘tarinki kayfiyat, turli–tuman omadsizliklarning o‘tkinchiligini anglatuvchi hayotbaxsh bir umid bag‘ishlaydi. Jamiyat doimo o‘shanday odamlarni hurmat qiladi va ulardan o‘rnak olishga intiladi.
Xushfe’llilik, shirinsuxanlilik qay darajadadir ko‘proq ixtiyor bilan, kishining ma’lum bir insoniy tabiatga intilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bosiqlik, kamtarinlik, kamsuqumlik aksincha, ko‘proq iroda kuchi natijasida yuzaga keladi. Zotan insonning o‘z g‘azabini bosa bilishi, noroziligini barvaqt bildirmasligi; so‘zlagisi, biror–bir gap bilan o‘zini ko‘rsatgisi kelib qolganda o‘sha xohish–ixtiyorni to‘xtata olishi kuchli irodani talab qiladi. SHu bois muomalada bosiq, kamtarin, «etti o‘lchab bir kesish» tamoyili asosida ish ko‘rgan shaxslar oqil odamlar sanaladi va ular jamiyatda ham namunaviylik maqomiga noil bo‘ladilar.
Ayni paytda ba’zi bir odamlar guruhi uchun me’yorga aylanib qolgan illatlar ham borki, ular haqida to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q. Ular ichidan eng keng yoyilgan, ma’lum ma’noda yuqumli ma’naviy kasallikka aylanib borayotgan ikkitasini – xudbinlik va shuhratparastlikni ko‘rib chiqaylik.
Xudbinlik. U o‘z individual ehtiyojlarini hamma narsadan yuqori qo‘yadigan axloqiy sifat, illatni anglatuvchi tushuncha; biror – bir insonning moddiy–maishiy manfaatlarining boshqalarnikidan ustun qo‘yilishini bildiruvchi manfaatparastlikdan va o‘z shaxsini mutlaqlashtirishiga qaratilgan shaxsiyatparastlikning ba’zi unsurlaridan iborat salbiy xatti–harakatlar majmuidir.
U sharqona jo‘mardlik axloqiy tamoyili va insoflilik meyo‘rining aksi: agar jo‘mardlik, ko‘rib o‘tganimizdek, biror shaxs, jamoa yoki jamiyat baxti, farovonligi yo‘lida kishining hatto o‘ziga eng zarur bo‘lgan narsalardan ham voz kechishiga tayyor turishini anglatsa, xudbinlik o‘z manfaatlari yo‘lida, hech kimni, hech bir jamoani, hech qanday jamiyatni tan olmaydigan salbiy me’yor egasining bo‘rtib ko‘zga tashlanadigan xususiyati.
Xudbinlikni inson shaxsining o‘ziga bo‘lgan muhabbati bilan chaplashtirmaslik lozim. Biz Imom G‘azzoliy muhabbatning besh turi haqida so‘z yuritib, insonning o‘ziga, o‘zining a’zolariga, salomatligiga bo‘lgan muhabbatini birinchi o‘rniga qo‘yganini yaxshi bilamiz. Uningcha, bu muhabbat Alloh, ota–ona, qarindosh–urug‘, do‘st–birodar, muhtoj–ehtiyojmandlar xizmatida bo‘lishga imkon yaratuvchi vosita hisoblanadi. Xudbinlik esa muhabbat hissiga emas, nafsga, hirsga, rujuga asoslanadi, o‘zini adolatsizlik, insofsizlik va berahmlik xislatlarida namoyon etadi. To‘g‘ri, hammaning ham qo‘lidan jo‘mardlik kelavermaydi, lekin insonning o‘ziga bo‘lgan muhabbati, boshqalarning ham o‘ziga shunday muhabbati borligini inkor etmasligi kerak. SHu qoida buzilgan joydan xudbinlik boshlanadi.
Xudbinlik jinoyat emas, xudbin odam qonunni buzmaydi, aksincha doimo qonun oldida «toza», «faqat qonuniy haqi»ni qanday sharoitda bo‘lmasin – birovlarning fojeasi ustidami, o‘limi ustidami, – qat’i nazar, undirib oladi, xolos. Uning aqidasi: «Go‘zal bino qulasa–qulayversin, men o‘zimga tegishli yuzta g‘ishtni sug‘urib olishim kerak!»
Shuni afsus bilan qayd etish kerakki, xudbinlik jamiyatda ko‘payib borsa–borayaptiki, kamaymayapti. Chunki qonunning mustahkamlanib borishi xudbin odamlar uchun qulaylik tug‘diradi: ular qonunning ruhini – mohiyatini bir chetga surib qo‘yib, uning jumlalaridan – shaklidan foydalanadilar. Avvalgi, an’anaviy urf–odatlar hukmron davrlarda xudbin odam jazolanishi – bir chetga chiqarib qo‘yilishi, jamoadan, mahalladan haydalishi mumkin edi. Endilikda bunday munosabat erkin shaxs huquqlarini poymol qilish, noqonuniy yondashuv deb hisoblanadi. Demak, xudbinlikni yo‘qotishning faqat bir yo‘li bor, u ham bo‘lsa jamiyatda axloqiy tarbiyani zamonaviy tarzda keng joriy etish.

Download 207 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish