(Qarolar falsafasi)dan.
Reja:
1 Anbar Otin hayoti va ijodi.
2 “Risolayi falsafayi siyohon” asari(”Qarolar falsafasi”)
XIX asr ikkinchi yarmi–XX asr boshlari o‘zbek adabiyotidashoiralar ijodi alohida o‘rin tutadi. Anbar Otin hamularning biri edi.Shoira «Tarjimayi hol» asarida, jumladan, shunday deydi:Otam – Farmonquli Marg‘iloniy,Onam – Ashurbibi Qo‘qoniy.Ular bo‘zchi, aniqrog‘i, belbog‘chilik bilan mashg‘ul bo‘lishgan.Oila juda kambag‘al yashagan. Bo‘lajak shoira Dilshod otin maktabida tahsil olgan.Dilshod Barno bu haqda shunday deb yozgan edi: «Anbaroybug‘doyrang, sunbul sochli, ohu ko‘z, oy yuzli, axloqi hamidava odobi pisandida sohibidur. Bu sakkiz yashar qizchabo‘lishiga qaramay, hazrat Navoiy g‘azallarini o‘rganishgabehad qiziqadi... Umidim borki, bu qizcha katta shoirabo‘lg‘usi».Anbar Otin o‘zbek va tojik tillarida ijod qilgan. She’rlaridaUvaysiyning ta’siri sezilib turadi. Zero, Uvaysiyni birshe’rida «momom» deb tilga oladi hamda otasiga Uvaysiyningamma ekanini ta’kidlaydi. Ustozlarning ulug‘i sifatidaNavoiyni tilga oladi:
Agar ustodi adabni izlasang, Anbar Otin,
Sen Navoiy ta’limini doim mutolaa qil.
«Qarolar falsafasi» Anbar Otin ijodidagi eng go‘zal adabiykashfiyotdir. U shoira shaxsiyatidagi ijtimoiy jur’at vajasoratning,yetuk salohiyat va ijodiy barkamollikning go‘zalnamunasidir.Anbar Otin adabiyotimiz tarixida ilk bor falsafiy-publitsistikyo‘nalishda ijod qildi. Tarixda «Risolayi falsafayisiyohon» («Qarolar falsafasi risolasi») nomi bilan saqlanibqolgan, bu asar Anbar Otin dunyoqarashi, tasavvuri haqidaboy ma’lumotlar beradi. Uning tarix, falsafa, axloq vamadaniyatimiz tarixining bilimdoni ekani ma’lum bo‘ladi. Uinson tanasidagi ranglarning mutlaqo ijtimoiy ahamiyat kasbetmasligini, uning qayerda yashashi va qaysi tilda gapirishiemas, balki olam va odamga munosabatiga ko‘ra farqli jihatlaribo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Anbar Otinning hayotidagi eng muhim voqealar haqidagapirib bering.
2. U qaysi ijodkorlar bilan muloqotda bo‘lgan?
3. Anbar Otin ijod qilgan adabiy janrlar haqida gapirib bering.
4. Dilshod Barnoning bo‘lajak shoira haqidagi qaydlarini o‘qingva unga o‘z munosabatingizni bildiring.
5. «Qarong‘ulikda» so‘z hozirgi adabiy tilimizda qanday talaffuzqilinadi va yoziladi? Ularni qiyoslang, mohiyati vasababini tushuntirib bering.
6. Anbar Otin oq tanli va qora tanli kishilar o‘rtasida qandayfarq va o‘xshashliklarni ko‘rsatgan? Bu bilan u nimademoqchi?
7. Asarda qozon bilan bog‘liq o‘xshatishni toping. Uning nimamaqsadda qo‘llanganini tushuntirib bering.
8. «Qaro» so‘zi ma’rifat va go‘zallik tushunchalari bilan aloqalantirilgano‘rin larni toping hamda ularni izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |