YULIA LIB
Myunchenlik VR jurnalisti Yulia Lib urush hukm surayotgan hududlardan, jumladan Suriya, Afg’oniston hamda Shimoliy Koreyadan xujjatli filmlar tayyorladi. Lib tomoshabinlarni komfort zonasidan chiqarib, ularni hodisalarning o’chog’iga boshlaydi. Uning 2016 yilda tasvirga olingan 360-darajali reportajlari orqali siz, masalan, Kongoda qarshilik harakati domidagi qishloq hayotiga sho’ng’ishingiz mumkin.
INVR.SPACE GMBH
VRdagi Vakken og’ir rok festivali, shouyulduz Fridrix Lixtenshteyn ishtirokidagi virtual installyasiya, Berlindagi Siyosiy Go’zallik Markazining „Qochoqlarni yeyish“ nomli 360-darajali san’at loyihasi – bu kabi interfaol videolar, har xil turdagi VR hamda 360-darajadagi tasvirlar Berlinda joylashgan INVR.SPACE firmasi tomonidan ishlab chiqariladi. Yulia Lib kabi virtual reallik jurnalistlari, shuningdek, nashriyot va film studiyalari INVR.SPACE yordamida o’z loyihalarini amalga oshiradilar. Yangicha, qamrab oluvchi kamera technologiyalari va dronlar vositasida amalga oshirilgan loyihalari uchun ushbu firma 2018 yilda Germaniya Dizayn mukofoti bilan taqdirlandi.
FRANK SHTAYNIKKE
2014 yilda 24 soat davomida butunlay virtual olamga sho’ng’igan Frank Shtaynikke jahon rekordi o’rnatishga urinib ko’rdi. Ushbu tajribadan so’ng u ko’ngil aynishidan aziyat chekdi. Shu qadar qattiq toliqqanidan, baayni samolyotda olis safar qilgandek bo’ldi, xabar beradi Hamburg Universiteti Odam va Kompyuter muloqoti yo’nalishi professori „Süddeutsche Zeitung“ gazetasiga bergan intervyusida. Frank Shtaynikke Germaniyada VRni, kompyuterlar orqali yaratilgan realliklarda insonlarning sezish qobiliyatini tadqiq qilish bo’yicha yetakchi olimlardan biri. Yaqin vaqt ichida jismoniy va virtual dunyolar orasidagi chegara barham topishiga Shtaynikkening ishonchi komil.
O’z mazmun-mohiyatiga ega bo’lmagan texnologiya bir tiyinga qimmat. Myunxendagi Makromediya Oliy Maktabi senariy va ijodiy yozish yo’nalishi professori va sohalararo tizim hisoblanmish „Transmedia Bayern“ning asoschisi Egbert van Wyngaarden ayni shu yo’nalishda ijod qiladi. Van Wyngaarden qamrab oluvchi hikoyanavislik va VR imkoniyatlarini o’rganadi. Masalan, o’yin va filmlarning o’zaro birlashib ketishi mumkinligi ustidan tadqiqot olib boradi.
FRAUNHOFER VIRTUAL REALITY SOLUTION CENTER
Gap sun’iy yaratilgan olam haqida ketganda, maxsus uskunalar va qurilish texnologiyalarini yaratuvchi Frauenhofer Instituti qoshidagi VR Yechimlar Markazini( Virtual Reality Solution Center des Fraunhofer-Instituts) tilga olish shart: markaz sanoat ishlab chiqarish jarayonlari, aytaylik, avtomobil sanoati uchun 3D uskunalaridan tashqari, vizualizatsiya usullari va tezkor prototiplash usullarini yaratadi. Ular dastgohlarning dizaynini to’laligicha virtual reallikda yaratib, keyin ishlab chiqaradigan yechimlar ustida ish olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |