7-ma’ruza. Teleskoplar va ularning turlari tamoilari, spectral asboblar, radio teleskoplar Kosmik teleskoplar



Download 443,87 Kb.
bet5/5
Sana28.09.2021
Hajmi443,87 Kb.
#187672
1   2   3   4   5
Bog'liq
13- mashgulot

Parallaktik qurilmada o‘zaro perpendikulyar o‘qlardan biri olam o‘qi bo‘yicha o‘rnatiladi (68-rasm). Bunda ikkinchi o‘q osmon ekvatori tekisligida yotadi. Agar ekvatorial qurilmada teleskop olam o‘qi atrofida aylantirilsa, obyektivning bosh optik o‘qi sutkalik parallel bo‘yicha, osmon ekvatori tekisligida yotgan o‘q atrofida burilganda esa, og‘ish aylanasi bo‘yicha siljib osmonning ixtiyoriy tomoniga qaray oladi.

Astronomik kuzatishlar uchun qaysi bir qurilma qulay, degan tabiiy savol tug‘iladi. Ma'lumki Yoritgichlarning sutkalik ko‘rinma harakatlari, tekisliklari osmon ekvatoriga parallel joylashgan sutkalik parallellar bo‘yicha kuzatiladi. Binobarin bunday harakatdagi ixtiyoriy Yoritgichning gorizontal koordinatalari {A, h) vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi, ekvatorial koordinatalardan og‘ish 8 esa o‘zgarmay qolib, soat burchagi / o‘zgarib boradi. Demak, azimutal qurilmali teleskop bilan ma'lum Yoritgich kuzatilayotgan bo‘lsa, u doim ko‘rish maydonida qolishi uchun teleskopni doimiy ravishda har ikkala - o‘zaro perpendikulyar o‘qlar atrofida burishga to‘g‘ri keladi.

Ekvatorial qurilmada esa teleskopni faqat olam o‘qiga parallel o‘q atrofida Yoritgichning sutkalik harakati tezligida soat mexanizmi deyiluvchi maxsus qurilma yordamida burib, uni ko‘rish maydonining ma'lum qismida qo‘zg‘almas «ushlash» mumkin. Shuning uchun ham ekvatorial qurilma azimutal qurilmaga nisbatan afzal hisoblanadi.

Teleskopning soat mexanizmi-tosh yuklar yoki sinxron elektrodvigatel yordamida ishlovchi mexanizm bo‘lib, uning tekis aylanuvchi o‘qi shkivli (yoki tishli) uzatma orqali teleskopning olam o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan o‘qi atrofida birtekis aylantirishga imkon beradi. Teleskop soat mexanizmi yordamida olam o‘qi atrofida, osmonning sutkalik aylanish davriga teng, ya'ni 24 soatli davr bilan aylantiriladi. Shunday qilingandagina kuzatish davomida ma'lum Yoritgich teleskopning ko‘rish maydonida qo‘zg‘almay turadi va natijada yetarlicha katta ekspozitsiya vaqti talab etuvchi obyektlarni (ayniqsa xira obyektlarni) ham rasmga tushirish imkoniga ega bo‘ladi.


Nazorat uchun savollar:
1. Astrоfizikaning asоsiy asbоblari va usullari.

2. Astrоfоtоgrafiya va astrоfоtоmеtriya.
Download 443,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish