7-ma’ruza. Tcp/ip protokollari steki. Pog’onasining tarixi, pog’onalar, ularning vazifasi, asosiy protokollari, pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari. Tcp/ip va osi modellerning o’xshash jihatlari



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana11.11.2022
Hajmi0,51 Mb.
#864157
1   2   3   4
Bog'liq
7-MA\'RUZA

Tarmoqlararo aloqa modeli (OSI modeli, TCP/IP modeli). 
Tarmoqlararo 
aloqa modeli tarmoq tugunlarining o‘zaro hamkorlikda ishlashini rasman va shu 
bilan birga ko‘rgazmali tarzda tasvirlash uchun mo‘ljallangan. Hozirgi vaqtda 
tarmoqlararo hamkorlikda ishlashini tasvirlovchi ikki taroq modeli keng tarqalgan 
va ular halqaro standart hisoblanadi: OSI modeli hamda TCP/IP modeli. Ikkala 
model ham tarmoq tugunlarining hamkorlikda ishlashi jarayonini bir nechta sathga 
bo‘ladi, bir tugunning aniq bir sathi boshqa tugunning mos sathi bilan axborot 
almashadi. Bu modellardan har birini ikki modelning birlashmasi sifatida qarash 
mumkin: 1)gorizontal model (turli tarmoq tugunlarining bir turdagi sathida 
ishlovchi dastur va jarayonlar o‘rtasida bir tipdagi ma‘lumotlar almashinuvini 
ta‘minlovchi protokollar asosida); 2)vertikal model (bitta tarmoq tugunida qoshni 
sathlar bir-biriga ko‘rsatuvchi xizmatlar asosida). Gorizontal modelda turli tarmoq 
tugunlarida ishlovchi mos sath dasturlariga ma‘lumot almashish uchun umumiy 
protokol kerak bo‘ladi. Vartikalda esa — qo‘shni sathlar tegishli dasturiy 
interfeyslardan foydalangan holda kerakli o‘zgartirishlarni bajargan holda m‘lumot 
almashinadilar. Umumlashgan holda, TCP/IP stekida protokollar ishlashini
7.2.-rasmda ko‘rish mumkin. 


7.2.-rasm. TCP/IP stekida protokollar ishlashi 
Internet — dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan 
minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish 
standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma'lumotlarni uzatish 
qoidalari protokollar deb ataladi. TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli 
quyidagicha: TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi; IP protokoli orqali 
barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP protokoli tomonidan barcha 
paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi; barcha paketlar qabul qilingandan 
keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi va yaxlit ko'rinishga keltiradi. Internetda 
ko‗plab turli xil paketlardan foydalaniladi, lekin asosiylaridan biri bu — IP-
paketdir (RFC-791). IP-protokol ishonchli bo‗lmagan transport muhitini taklif 
etadi. Mazkur protokolning ma‘lumotlarni uzatish algoritmi juda ham oddiy: xato 
hollarda deytagramma tashlab yuboriladi, jo‗natuvchiga esa tegishli ICMP-xabar 
yuboriladi (yoki hech narsa yuborilmaydi). IP-protokolida tarmoqlararo 
xizmatlarni ta‘minlash uchun to‗rtta asosiy mexanizm qo‗llaniladi: xizmat 
ko‗rsatish turi, paket yashash vaqti, sarlavhaning nazorat yig‗indisi, qo‗shimcha 
imkoniyat(opsiya)lar. Bunday muloqot TCP/IP stekini ishlash misolida (7.3.-rasm) 
ko‘rilishi mumkin. 
 
7.3.-rasm. TCP/IP stekida muloqot 
Xizmat ko‗rsatish turi tarmoqlararo deytagrammaning tarmoqlararo tizim 
orqali (7.4.-rasm) uzatilishida talab etiladigan sifatni ko‗rsatishi uchun 
foydalaniladi. 
 
7.4.-rasm. Internetda o‘zaro bog‘lanish misoli 


Paketning yashash vaqti tarmoqdagi deytagramma mavjud bo‗lish vaqtining 
yuqori chegarasini ko‗rsatadi. Ushbu ko‗rsatkich jo‗natuvchi tomonidan beriladi va 
tarmoqlararo deytagrammaning marshrut nuqtalari bo‗ylab harakatlanishiga ko‗ra 
kamayib boradi. Tarmoqlararo deytagramma vaqti qabul qilib oluvchiga yetib 
borguniga qadar nol bo‗lsa, u holda ushbu deytagramma yo‗q qilinadi. 
Sarlavhaning nazorat yig‗indisi undagi ma‘lumotlar himoyasini ta‘minlaydi. 
Agarda modul sarlavhada xatolikni aniqlasa, u holda ushbu tarmoqlararo 
deytagramma uni aniqlagan modul tomonidan yo‗q qilinadi. Qo‗shimcha 
imkoniyatlar ayrim qo‗shimcha xizmatlar bajarilishini ta‘minlaydi, masalan, 
ma‘lumotlarni himoyalash va maxsus marshrutlashtirish usullari. 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish