TABIIY GAZGA QAYTA ISHLOV BERISH - Tabiiy gaz er qabridan qazib olingani uchun uning tarkibida uglevodorodli gazlardan tashqari turli xil birikmalar, mexanikaviy aralashmalar, suv bug‘i va h.k.z. mavjuddir. SHuning uchun ham tabiiy gazni istemolchilarga etkazib berishdan oldin, tozalanishi quritilishi va unga maxsus hid berilishni amalga oshirish kerakdir.
- Tabiiy gazni tozalash. Gazlar istemolchilarga etkazib berishdan oldin, vodorod sulfidi va har xil is gazlardan, aralashmalardan tozalanish kerakdir. Gazlarni mexanikaviy changlardan tozalash uchun turli xil texnologik qo‘rilmalardan, separatorlardan, siklonlardan foydalaniladi. (2.2.1. rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |