ATF => ADF+AMF+energiya (48 kDj)
Kreatinfosfat mexanizmi. KF+ADF = ATF+K
Muskul o’lchab bo’ladigan miqdorda ish bajarmasa ham (turgun izometrik qisqarish vaqtida), unda kimyoviy energiya to’xtovsiz ravishda issiqlikka o’tadi. Bu issiqlik izometrik qisqarish issiqligi deyiladi.
Muskul yuk ko’tarib ish bajarganda qo’shimcha miqdorda ATF parchalanadi, qo’shimcha issiqlik ajraladi.
Bir molь ATF parchalanishi 48 kDj chamasida energiya ajralishini ta’minlaydi. Bu energiya miqdorining faqat 40-50% i muskul qisqara boshlaganda va qisqarishi davomida issiqlikka aylanadi, muskul harorati bu vaqtda bir oz ko’tariladi.
Silliq muskullar va ularning fiziologik xususiyatlari. Silliq muskullar yuqorida ta’kidlaganimizdek umrtqali hayvonlarning ichki kovak organlarida, tomirlarida va terisida uchraydi. Silliq muskullarning kuchli va davomli tonik qisqarishi tufayli, o’t pufagida o’t, qovuqda siydik to’g’ri ichakda najas ma’lum miqdorda ma’lum vaqtgacha yig’ilib, chiqib ketmay turadi (bu sfinkterda yaqqol kuzatiladi). Qon tomirlaridagi silliq muskullarning uzluksiz tonik qisqarishi qon bosimining bir me’yorda saqlanish uchun katta ahamiyatga ega.
Silliq muskullar uchun ham uchta asosiy: qo’zg’aluvchanlik o’tkazuvchanlik va qisqaruvchanlik xos, lekin silliq muskullarda ularning o’ziga xos xususiyatlari bor. CHunonchi, qo’zg’aluvchanligi ancha past. Tinchlik potensiali 60-70, mv. TP ning kamroq bo’lishi membranasining natriy uchun o’tkazuvchanligi yuqori bo’lishiga bog’liq.
Silliq muskullarning harakat potensiali ham sklet muskullarinikidan ozroq. + 70-90 mv dan oshmaydi. Silliq muskul hujayralarning bir qismi hech qanday ta’sirotsiz, o’z-o’zidan harakat potensialini vujudga keltirish qobiliyati (avtomatiya)ga ega. Ularni peysmeker yoki ritmni etaklovchi hujayralar deydilar. Peysmeker hujayralarda harakat potensiali rivojlanishiga membrananing o’z-o’zidan depolyarizasiyalanishi sabab bo’ladi. Vaqti-vaqti bilan vujudga keladigan harakat potensiallari 2-10 sm/s tezlikda boshqa hujayralarga tarqalib, silliq muskullarning miogen tonusini ta’minlaydi.
Silliq muskul hujayralarining qisqarishi ham aktin va miozin iplarining sirg’alishiga bog’liq. Ammo bu sirg’alishning va ATF parchalanishining tezligi targ’il muskullarga qaraganda 100-1000 barobar kam. SHu tufayli, silliq muskullar charchamasdan o’zoq va turg’un qisqarishga moslashgan. kislorod sarfi ham targ’il muskulga nisbatan 100-5000 marta kam.
YAkka ta’sirotga silliq muskul ham yakka qisqarish bilan javob beradi. YAkka qisqarishning latent davri ham silliq muskullarda davomliroq. Kuyon me’dasining silliq muskuli impulьs birilgandan so’ng 0,25-1 s o’tgach qisqara boshlaydi va 5-6 s davom etadi. Baka me’dasining yakka qisqarishi 1 daqiqa va undan ziyod davom etadi.
Silliq muskullarni ko’ndalang – targ’il muskullardan ajratib turuvchi yana bir xususiyati – ularning plastikligidir. YA’ni, silliq, muskulllar ma’lum chegarada cho’zilsa ham, tarangligini o’zgartirmaydi. Ut pufagi va qovuq faoliyatlari uchun plastiklikning ahamiyati katta. Silliq muskullarning kuchli va tez cho’zilishi ularning qisqarishiga sabab bo’ladi. Silliq muskullarning bu fiziologik xususiyati ingichka va yo’g’on ichak siydik yo’llari va boshqa kovak a’zolarning me’yoriy faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Aytilgan a’zolarning to’lib ketishi muskullarni cho’zadi, ular faol qisqarib, yig’ilib qolgan suyuqlikni harakatlantiradi.
Silliq muskullar ba’zi ximiyaviy moddalar, xususan, serotoninasetlxolin, adrenalin, noradrenalin, gistamin, serotonin, bradikinin va prostaglandinlarga juda sezgir. Asetilxolin aksariyat a’zolardagi silliq muskullarni qo’zg’atadi va qisqartiradi, ammo qon tomirlari silliq muskullarini tormozlaydi. Adrenalin bachadon muskulini bo’shashtiradi, xomilani bachadonning esa qisqartiradi.
Simpatik va parasimpatik nerv tolalarning ta’sirida bo’ladi va u odatda qarama-qarshi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |