Qisqarish turlari. Nerv-muskul preparatida muskul qisqarishi uchun mavjud sharoitga qarab iki turdagi: izometrik va izotonik qisqarishlar tafovut qilinadi.
Agar muskul qisqargan vaqtda uning tolalari kaltalansa-yu, ammo tarangligi o’zgarmasa, izotonik qisqarish sodir bo’ladi. Izotonik qisqarish muskul yuk ko’targanda kuzatiladi. Muskulning ikkala uchi qimirlamaydigan qilib bog’lab qo’yilsa, qisqarish vaqtida tolalarning tarangligi oshadi. Bu izometrik qisqarish deyiladi. Bu xil qisqarishi muskulga juda og’ir yuk ortilganda ko’zatish mumkin. Organizmda muskullar qiskarishi hech qachon sof izotonik yoki sof izometrik qisqarish tarzida bo’lmaydi.
Butun organizmda faollik ko’rsatayotgan muskullarning qisqarishlari boshqacha tasnif qilinadi: 1) izometrik qisqarish – ko’tarilgan yukni bir nuqtada ushlab turish; 2) qonsetrik qisqarish – muskulning yuk ko’tarib, kaltalanishi; 3) ekssentrk qisqarish – ko’tarilgan yukni pastga sekin tushirishda muskulni o’zayishi. Muskul yakka rag’batlantirilsa, yakka qisqarish sodir bo’ladi: Miografik usulda yozib olingan yakka qisqarishining egri chizig’ida uchta bosqichni ajratish mumkin: qisqarishining latent (yashirin) davri, qisqarish bosqichi va bo’shashish bosqichi.
Optik yoki elektron asboblarda qayd qilingan yakka qisqarishning latent davri anyaa qisqa – 2,5 ms atrofida. Ana shu vaqt ichida muskul tolalarida harakat potensiali boshlanib, qisqarish uchun zarur bo’lgan miqdorga (40 mv) etishiga sarflanadi. Baqaning ajratilgan muskuli qisqarish bosqichi 50 ms, bo’shashish bosqichi ham 50 ms. Demak bu muskulning yakka qisqarishi umuman 110 ms davom etadi.
Muskul o’zoq vaqt davomida ta’sirlanib turgudek bo’lsa charchaydi, yakka qisqarishning egri chizig’i shakli o’zgaradi: bo’shashish fazasi o’ta sekin bo’shashi qontraktura deyiladi. Tabiiy sharoitda sklet muskullarimiz nerv sistemasidan yakka – yakka ta’sirlarni emas, balki ketma-ket keluvchi bir qancha nerv impulьslarini olib turadi. Bunday ta’sirotlarga muskul kuchliroq va o’zoqroq qisqaradi. Bunday qisqarishni tetanik qisqarish yoki tetanus deb ataladi.
Muskullarning tetanik qisqarishlari yakka qisqarishlarining qo’shilib ketishi yoki summasiyasi natijasidir. Ta’sirotlar chastotasi bir qadar kamroq bo’lsa, tishli tetanius kelib chiqadi, chastota katta bo’lsa, silliq tetanus hosil bo’ladi. YAkka qisqarishlarning impulьslar chastotasi ortishi bilan tishli va silliq tetanusga o’tishi.
Muskullarda qiskarishlarni yuzaga chiqarishda kuchiga ko’ra bo’sag’a osti, bo’sag’a va bo’sag’a usti ta’sirot turlari mavjud. Ko’ngdalang – targ’il muskullar miya stvoli va orqa miyadagi motoneyronlar tomonidan nervlanadi. Bu neyronlarning aksonlari shohlanib, bir nechta muskul tolasiga etib keladi va ularda mioneyronal sinapslar hosil qiladi. Bir motoneyron va u nervlaydigan muskul tolalari majmuasi harakat birligini tashkil qiladi. Masalan, odam ko’z soqqasi muskullarida harakat birligi 10 toladan kam, qo’l barmoqlari muskullarida – 10-15 toladan iborat, boldir muskullarida har bir harakat birligi 2000 va undan ko’p tolalardan tashkil topgan. Bundan ko’rinadiki, muskul bajaradigan harakatlar qanchalik aniq va uyg’un bo’lsa, undagi harakat birliklari shunchalik oz tolalardan tuzilgan bo’ladi.
Muskulning ishi va kuchi. Muskul qisqarishining mexanizmi. Muskul kuchini u ko’tara olgan yukning eng yuqori miqdori belgilaydi. Muskullarning kuchi juda katta bo’lishi mumkin. Masalan, itning jag’ muskullari gavda vaznidan 8,3 barobar yukni ko’tarishi mumkin. Odamning ham bu muskuli kuchli, uning yordamida sirk artistlari katta yuk avtomobilini joyida siljitishi mumkin. Muskulda tola soni qancha ko’p bo’lsa, uning shuncha ko’p bo’ladi. Demak muskulning ko’ndalang kesimi katta bo’lsa, u o’z ichiga ko’p tolalarni qamrab oladi va uning kuchi yuqori bo’ladi.
Mexanik ishni muskul faqat izotonik ravishda qisqargan vaqtda bajaradi.Bu sharoitda apparat avvaliga paylarni cho’zib, tarangligini oshiradi, keyin yukni ko’taradi. Bajarilgan ish miqdori yuk massasiga va u ko’tarilgan balandlikka bog’liq. Buni quyidagi formula ifodalaydi. A=p.h. P-yuk yoki h-balandlik nolga teng bo’lsa, bajarilgan ish A ham nolga teng bo’ladi. Muskul tolasining miofibrillari miozin va aktin oqsillarining polimerlangan cho’ziq mollekulyaridan iborat. Miozin iplari aktin iplariga qaraganda yo’g’onroq bo’ladi.
A. Xaksli va G. Xakslilar nazariyasiga ko’ra, muskul tolasi qisqarganda, miozin va aktin iplari kaltalanmay, balki biri ikkinchisi ustida – «sirgana» boshlaydi: aktin miozin ishlari orasiga sirg’anib kiradi.
Tabiiy sharoitda muskul tolalari aktin, miozin va ATF ning o’zaro ta’sir etishi natijasida qisqaradi. Bunda qo’zg’alish tufayli hujayra ichidagi ionlar tarkibining o’zgarishi, jumlandan Sa++ ionlarining hujayra ichiga kirishi natijasida aktin, miozin va ATF ning ta’siri katta bo’ladi. CHunonchi, ATF parchalanadi, hosil bo’lgan energiya muskul tolasida aktin va miozin iplarining sirg’anishiga sarf bo’ladi.Harakatga qodir ko’pgina biologik strukturalar, masalan, spermatazoidlar xivchinlarining qisqarishi uchun ham ATF zarur.
ATF ning resintez proseslari buzilganda muskul tolalarida ATF tamomila yo’qoladi va oqibatda muskullar qotib qoladi, ya’ni qontrautura ro’y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |