7 m a ‘ r u z a (2 soat)



Download 343,85 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana21.02.2023
Hajmi343,85 Kb.
#913493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-Ma\'ruza

7. Bazalar almashuvi 
Mashinasozlik texnologiyasi tajribasida, ba’zi hollarda, detallarning baza sifatida 
qо’llaniluvchi ayrim yuzalarining boshqa yuzalar bilan almashishi yuz berib turadi. 
Bazalar almashishi uyushqoqlik va uyushqoqsizlik tarzida sodir bо’lishi mumkin. 
Uyushqoqlik bilan sodir bо’ladigan baza almashinuvi qandaydir aniq sharoitga 
bо’ysungan holda olib boriladi, bunday baza almashuvini boshqarsa bо’ladi. 
Uyushqoqsizlik bilan sodir bо’ladigan baza almashinuvi tasodif tarzda sodir bо’lib, 
ma’lum shart-sharoitga bо’ysunmagan holda olib boriladi, bunday baza almashinuvini 
boshqarib bо’lmaydi. 
Juda kо’p hollarda uyushqoqlik bilan sodir bо’luvchi baza almashinuvi detallarni, 
dastgohga, moslamaga yoki ishchi joyga о’rnatish hamda mahkamlash vaqtida yuz 
beradi. 
Uyushqoqsizlik bilan bir yoki bir necha bazani almashtirishga quyidagi hollarda 
zaruriyat tug’iladi: 
a) bir о’rnatishda detal yuzalariga ishlov berib bо’lmagan vaqtda; 
b) detalga talab еtilgan aniqlikni olish uchun bir necha texnologik tizimida ishlov 
berishga tо’g’ri kelinganida; 
v) yig’ish mobaynida talab еtilgan aniqlikka еng oson va tejamli yо’l bilan еrishish 
mumkin bо’lganda; 


g) aniqlikni oshirish, о’lchov vositalari harajati va vaqtni qisqartirish maqsadida 
о’lchashni osonlashtirishda. 
Bazalash asoslari mashinaning hoxlagan detalini tayyorlashda еng asosiy faktor va 
aniq detal ishlash omili bо’lib hisoblanadi. 
8. Кuch bilan tutashtirishning zarurligi 
Bazalashning aniqligi va noaniqligi 
Bir detalning holati boshqasiga yoki boshqalariga nisbatan talab еtilgan aniqlik 
bilan aniqlangandan keyin, uni shu holatini saqlash zarur, shuningdek detalni mashinada 
ishlashini hamma vaqt ichida yoki unga ishlov berish yoki о’lchash vaqti ichida ham. 
Bir detalni holatini aniqlashni nazariy sxemasidan boshqasiga nisbatan ularni 
amaliy biriktirishga о’tish nazariy koordinatalari, ikki tomonlama bog’lanishni 
belgilovchi, tayanch nuqtalarga aylantirib qо’yadi va shuning bilan boshqa bir 
tomonlama bog’lanishga ham. 
Bu degani, detalni tо’g’ri holatiga еrishilganlik buzilishi mumkin, ya’ni agar
detalni holatini aniqlovchi, detallar yuzalarini oltita tayanch nuqtalari bilan tutashuvini 
buzuvchi kuchlar va ularning momentlari paydo bо’lsa.

Demak, bazalashda olingan detalni tо’g’ri holatini saqlab qolish va nazariy 


talablarni bajarish uchun: ikkita detallar tutashtirilgan bazalar kontaktini uzluksizligini 
ta’minlash zarur, birlashtirilgan detallarni ikki tomonlama bog’lanishini ta’minlash 
uchun. Boshqacha sо’z bilan, detallarni bazalash aniqligini ta’minlash zarur.
Detallarni bazalashning aniqligi deb, qaysi bilan uni biriktirishda va qaysi yoki 
qaysilarni mashinada ishlashi yoki tayyorlash jarayonida uning holatini aniqlovchi 
boshqa detal yoki detallar yuzalariga nisbatan uning holatini “о’zgarmasligiga” 
tushuniladi. 
Bazalash aniqligini ta’minlash uchun biriktirilgan detallar orasida kuchli tutashuv 
yaratuvchi kuchlar qо’yiladi. Кuchli tutashuv yaratuvchi va tutashuvni uzilmasligini 
ta’minlovchi kuchlar va ularning momentlari, detalni mashinada ishlash jarayonida yoki 
unga ishlov berish jarayonida bu tutashuvni buzishga intiluvchi kuchlar va ularning 
momentlaridan katta bо’lishi kerak. 
Bu talabga rioya qilmasdan detal bilan, kо’pincha mashina bilan ham ularning 
xizmat vazifalarini bajarish mumkin еmas va mutlaqo detalni talab еtilgan aniqligiga 
unga ishlov berish jarayonida еrishib bо’lmaydi. 
Biriktiriluvchi detallarning tutashtirilgan yuzalari orasidagi tutashuvni yaratuvchi 
va saqlovchi kuchlar, doimo bu tutashuvni buzishga intiluvchi kuchlardan oldinroq 
qо’yilishi shart. 
Кuch bilan tutashuvni yaratish uchun quyidagi kuchlar qо’llaniladi:
1. Alohida mahkamlovchi detallarning materialini yoki butunlay
mexanizmlarning еlastik kuchlari ; 
2. Ishqalanish kuchlari ; 
3. Detallarning og’irlik kuchlari ; 
4. Magnit va еlektromagnit kuchlari ; 
5. Siqilgan havo, suyuqlik kuchlari va sh.о’. 
6. Sanab chiqilgan kuchlar aralashmasi. 
Masalan, mashinaning qator detallari yuzalari oralig’idagi tutashuvni ta’minlash 
uchun mahkamlovchi boltlarning еlastik kuchlari ishlatiladi. Mahkamlovchi boltlarni 
tortish natijasida ularning materialida boltning dastlabki uzunligini tiklashga intiluvchi 
ichki еlastik kuchlar paydo bо’ladi. Bunga biriktiriluvchi detallar materiallarining еlastik 


kuchlari tо’sqinlik qiladi. Shunday qilib, boltlar va biriktiriluvchi yuzalar oralig’idagi 
tutashuvni ta’minlash bilan. 
Mexanik ishlov berish texnologiyasida detallarning shaxsiy og’irlik kuchi 
stanoklarda og’ir detallarga ishlov berishda, qachonki kesish kuchlari yoki ular 
tomonidan yaratiluvchi momentlari detallar og’irlik kuchlaridan yoki u yaratuvchi 
momentlaridan sezilarli bir qancha kichik bо’ladi.
Sanab chiqilgan kuchlardan boshqalari asosan turli kо’rinishdagi jihozlarda va 
ishchi joylarda ishlov berish jarayonida bazalash aniqligini yaratish uchun qо’llaniladi.
Biriktiriluvchi 
detallarning 
yuzalarini 
bir-biriga 
tekkizilganda 
haqiqiy 
yuzalaribо’yicha tutashtiriladi. yuzalarning xususan ba’zi-bir nominal qismini yoki 
hisoblanuvchi о’lchamlarini tashkil еtadi. Bu tutashtiriluvchi yuzalarning makro va mikro 
xatoliklari bilan tushuntiriladi. Buning natijasida, tutashtiriluvchi yuzalar oralig’idagi 
zarur bо’lgan tutashuvni ta’minlash uchun qo’yiluvchi kuch, biriktiriluvchi detallarni 
talab еtilgan nisbiy holatiga qо’shimcha xatolik kirituvchi tutashuv deformatsiyasini 
chaqiradi. 
A.P.Sakolovskiy, D.N.Reshetovlar va boshk. tekshirishlaridan isbotlangan, ya’ni 
tutashgan yuzalarni kuch bilan birinchi bor yuklatilganda tutashuvli (kontaktli) 
deformasiyalanish, keyingi qayta yuklatishlarga qaraganda katta bо’ladi va sezilarli 
darajada bosim ulushiga va yuzalar makro va mikro xatoliklariga bog’liq bо’ladi. 

Chо’yanli tutashtirilgan detallarga kuch qо’yilsa ularning tutashuvdagi yuzalari 


deformatsiyasi 3-20 mkmni tashkil еtadi. Ba’zi-bir hollarda masalan, koordinatli - 
yо’nuvchi stanoklarda dopusk miqdoriga yaqin bо’lar еkan. 
Bayon еtilganlardan xulosa shuki, detallarning tо’g’ri geometrik shakli va yuzalar 
g’adir-budirliklarini ta’minlash uchun tutashuv deformasiya uchun optimal dopusklarni 
hisoblash va о’rnatish zarur. 
Detallarni bazalash aniqligini ta’minlovchi kuch qо’yilganda, tutashuvli 
deformatsiyalanish bilan bir qatorda detallarning о’zlarini shaxsan deformatsiyalanishlari 
ham vujudga keladi. Bu xodisa detallarni mashinada ishlash vaqtida ham, mashinalarni 
yig’ishda ham va detallarga va hamda ularning zagotovkalariga ishlov berish jarayonida 
ham alohida о’ringa еga. 
Bayon еtilganlardan kelib chiqqan holda, ya’ni detallarni bazalash aniqligining 
talabiga rioya qilish uchun quyidagilar zarur: 
1. Detallarni tegishli bazalash yuzalarini tо’g’ri yaratish yoki tanlash. 
2. Кuchli tutashuvni tо’g’ri yaratish. 
3. Nazariy tо’g’ri geometrik shakldan va tozalik klassidan yuzalarning og’ishi 
uchun zarur bо’lgan dopusklarni, ishlov berishda hisoblash, о’rnatish va ushlash yо’li 
bilan tutashuvli deformatsiyani kichiklashtirish. 
4. Detallarni shaxsiy deformatsiyalarini kichiklashtirish uchun, detallarni 
tutashtiruvchi yuzalari orasidagi kontaktni yaratuvchi, kuchlarni qо’yish nuqtasini 
tanlash, imkoni boricha tayanch nuqtalari qarshisida bо’lish (Masalan lyunetlar qо’llash). 
5. Detallar holati о’zgarishini uni mahkamlash vaqtida chaqirmaslik uchun, 
kuchlar qо’yilishi ketma-ketligini о’rnatish.
Mashinasozlik amaliyotining qator holatlarida bazalashning noaniqligi hodisasi 
bilan tо’qnashishga tо’g’ri keladi. 
Detalni bazalash noaniqligi deb, tutashtirilgan detallar (yoki detalni), uning 
holatini aniqlovchi yuzalarga nisbatan detalni talab еtilgan holatini bir yoki kо’p marta 
о’zgarishiga tushuniladi. 


Detalni bazalash noaniqligi, detalni bazalovchi yuzalari va uni holatini aniqlovchi 
detallar (yoki detal) yuzalari orasidagi tutashuvni bir yoki kо’p marta buzishi bilan 
tavsiflanadi. Bazalash noaniqligi detalni nisbiy holatini yoki harakatini qо’shimcha 
xatoliklarini keltirib chiqaradi. Detallarni qо’zg’aluvchan qilib biriktirishlarda, qachon 
detalni о’z xizmat vazifasini bajarish uchun mashinada bitta yoki bir nechta еrkinlik 
darajasi qoldiriladi. 
Bunday holatlarda zarur va ruxsat еtilgan tirqishlar hisoblanadi, yoki boshqa sо’z 
bilan aytganda, bu tirqishlar uchun kerakli dopusklar tayinlanadi. Bunda kо’pincha 
xatolikka yо’l qо’yiladi, chunki о’tqazishni tanlash tо’g’risidagi savol yassi masala 
sifatida echiladi, bu orada detal о’zi fazoviy tana sifatida namoyon bо’ladi. Buning 
natijasida bitta detal na faqat tirqish chegarasida ikki perpendikulyar yо’nalishlarda 
boshqaga (yoki boshqalarga) nisbatan siljishi mumkin, ammo ikki о’q atrofida aylanishi
mumkin, agarda, kerakli qiymati bо’yicha о’zgaruvchi, ayniqsa ishorasi о’zgaruvchan 
kuchlar va momentlar paydo bо’lsa. Bunga yо’naltirgichli skalka va borshtangali yо’nuv 
asboblarida detal teshiklariga mexanik ishlov berishlarni misol qilish mumkin. 
Bayon еtilganlardan kelib chiqadiki. ya’ni bazalash noaniqligi mavjud bо’lganda 
doimo hisobga olish va detalni fazodagi mumkin bо’lgan bazalash xatoliklarini hisoblash 
zarur. 
Detallarga ishlov berish xatoliklarini kamaytirishning vositalaridan biri, bazalash 
noaniqligidan sodir bо’luvchi xatoliklarni yо’qotish hisoblanadi, ya’ni yuqorida sanab 
о’tilgan hamma talablarga rioya qilish yо’li bilan detallarni bazalash aniqligini ta’minlash 
kerak. 

Download 343,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish