I BOBNI TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA MASALALAR
· Molekulalarning o‘lchami 10-10-10-8 m tartibda bo‘ladi.
· Molekulalar konsentratsiyasi: suyuq va qattiq holatdagi moddalar uchun 1027-1030 m-3 , gazlar
uchun 1027 m-3
gacha (normal sharoitdagi havo uchun 2,7×1025 m-3 ) ni tashkil etadi.
· Molekulaning massasi 10-27-10-25 kg atrofida bo‘ladi.
· Massaning atom birligi (m.a.b.) qilib uglerod atomi 6C massasining 1/12 qismi qabul qilingan.
Bunda: 1m.a.b.
= 1,66×10-27 kg.
· Modda molekulasi massasining m.a.b. da ifodalangan qiymati nisbiy molecular massa deb
ataladi va Mr bilan belgilanadi.
· 1 mol - moddaning shunday miqdoriki, undagi molekulalar soni 12 g ugleroddagi atomlar
soniga teng.
. 1 mol moddadagi molekulalar soni Avogadro doimiysi deb ataladi va NA bilan belgilanadi.
Bunda: NA=6.02×1023 mol-1
· 1 mol moddaning massasi molar massa deb ataladi va M harfi bilan belgilanadi.
· Molekulalari bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashmaydigan hamda moddiy nuqtalar deb qaraladigan
gaz ideal gaz deb ataladi.
· Ideal gazning bosimi hajm birligidagi molekulalar o‘rtacha kinetik energiyasining uchdan ikki
qismiga teng,
ya’ni: . Bu ideal gaz molekular-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasidir.
· Temperatura - moddaning issiqlik holatini miqdor jihatdan aniqlaydigan fizik kattalik.
· Bolsman doimiysi molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasi va temperaturasi orasida o‘tish
koeffitsientini ifodalaydi. Uning qiymati: k=1,38×10-23 J/K.
· Ideal gazning bosimi gaz molekulalarining konsentratsiyasi va temperaturaga to‘g‘ri
proporsionaldir, ya’ni: p = nkT.
· Absolut nol temperatura mumkin bo‘lgan eng past temperatura bo‘lib, bunday temperaturada
modda molekulalarining harakati to‘xtaydi.
· Temperaturaning Selsiy shkalasidan Kelvin shkalasiga o‘tish formulasi quyidagicha
ifodalanadi: T = t + 273.
· Molekulalar issiqlik harakatining o‘rtacha kvadratik tezligi:
1. Og‘zi tiqin bilan berkitilgan bo‘sh shisha idish qish kuni ko‘chadan issiq uyga olib kirildi. Birozdan keyin tiqin shisha og‘zidan chiqib ketadi. Nima uchun shunday?
Shisha ichidagi havo uy temperaturasida isish va gaz kengayib tiqinni chqarib yuboradi
2. Rezina koptok ma’lum balandlikdan tushib ketdi. Yerga urilgach, u yana yuqoriga Sakrab ketdi. Nima uchun koptok tushgan balandligiga ko‘tarila olmaydi?
-Birinchidan, koptok erga urilgach bir qism energiyasini yo’qotadi ( urilish absolyut elastic emas ),
-Ikkinchidan koptokka havoni qarshiligi tormozlab energiya isrof bo’ladi
3. Egovlanganda metall bilan egov nima uchun qizib ketadi?
Ishqalanishda mehanik energiyani ma’lum qismi metallar ichki energiyasiga aylanadi va temperatura ortadi
4. Nima uchun metallarga tezkor usulda ishlov berilganda keskich odatdagicha ishlov berilgandagiga qaraganda ko‘proq qizib ketadi?
Ishqalanishda mehanik energiyani ma’lum qismi metallar ichki energiyasiga aylanadi va temperatura ortadi, Qancha tezkor ishqalansa shuncha ko’p energiya uzatiadi
5. Aluminiy va chinni idishlarga qaynoq suv quyildi. Bu idishlar nima uchun har xil qiziydi? Nima uchun aluminiy idishning cheti labimizni kuydiradi, chinni idishniki esa kuydirmaydi?
aluminiy metal bo’lib issiqlikni chinni keramikaga nisbatan tez va ko’p otkazadi
6. Ichidagi sutni sovitish uchun idish muz ustiga qo‘yildi. Sutni tezroq sovitish uchun nimaga uni aralashtirib turish lozim?
Do'stlaringiz bilan baham: |