30. Qachon Ukrainada «rangli inqilob» yuz bergan? =2014-yilda.
31. Ukrainada yuz bergan «rangli inqilob»dan keyin qaysi hudud Rossiyaga o‘tgan? =Qrim.
32. Qaysi voqeadan keyin G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar e’lon qilgan? =Ukrainada yuz bergan «rangli inqilob»dan keyin Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishidan keyin.
33. G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiya-lar e’lon qilganidan keyin Rossiya qaysi ittifoq-dan chiqarilgan? =«Katta sakkizlik» – G-8.
34. Rossiya pul birligi qanday? =rubl.
35. Hozirda Rossiya qaysi ittifoqlar doirasida hamkorlikni kuchaytirgan? =BRIKS (Braziliya, Hindston, Xitoy, Janubiy Afrika mamlakatlaridan iborat ittifoq) va SHHT (Shanxay hamkorlik tashkiloti).
36. Rossiya va Ukraina o‘rtasida qanday masalalar to‘g‘risida bahslar bo‘lgan? =Qora dengiz flotini bo‘lib olish, Qrim yarimorolidagi Sevastopol shahrining maqomi to‘g‘risida.
37. Qaysi davlatlar o‘rtasida Qrim yarimorolidagi Sevastopol shahrida yashovchi ko‘p sonli rusiyzabon aholi huquqlari va hududiy masalalar bo‘yicha qattiq tortishuvlar bo‘lgan? =Rossiya va Boltiqbo‘yi davlatlari.
38. Qaysi respublikalarda fuqarolararo mojarolar yuz berganda, Rossiya o‘zining iqtisodiy va strategik manfaatlari yuzasidan bu muammolarni bartaraf qilishda qatnashgan? =Tojikiston va Moldava.
39.. Qachon Rossiya tashqi siyosatida jiddiy o‘zgarishlar yuz berib, MDH davlatlari bilan munosabatlarga katta e’tibor bera boshlagan? =XXI asr boshlarida.
40. Qachon O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilib, ikki tomonlama yirik hamkorlik kelishuvlari imzolangan? =2017-yilda.
41. Qachondan boshlab MDH davlatlari yaxshi iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ko‘rsatib kelmoqda? =2000-yillarda boshlab.
42. Nechanchi yil natijalari bo‘yicha MDH davlatlarida YIMning o‘sishi 4 % ni tashkil qilgan? =2012-yilda.
43. Aholi jon boshiga YIMning hajmi bo‘yicha MDH mamlakatlari qaysi mintaqalarni quvib o‘tadi? =Lotin Amerikasi va Yaqin Sharq.
44. Hozirda O‘zbekiston qaysi tashkilotlar faoliyatida o‘zaro manfaatdorlik va tenglik asosida qatnashib kelmoqda? =Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) va Bojxona Ittifoqi.
45. Davlatning xalqaro maydonda olib boradigan tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyati yo‘nalishi nima deb ataldi? =Geostrategiya.
46. Nima milliy xavfsizlik doktrinasining ajralmas qismi bo‘lib, geosiyosiy yoki geoiqtisodiy makonda o‘z maqsadiga erishish uchun davlat tomonidan qo‘llaniladigan harakat texnologiyasini o‘z ichiga oladi? =Geostrategiya.
47. «Rangli inqolob» – bu ……? = XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi norozilik namo-yishlari va ular natijasida yuz bergan hokimi-yat almashinuvlarining umumiy nomi.