22. Qaysi Ukraina prezidenti davlatni tark etgan? Viktor Yanukovich
23. 2014-yilda bo‘lib o‘tgan saylovlarda kim Ukraina prezidenti qilib saylangan? =Pyotr Poroshenko.
24. Qaysi voqealardan keyin Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar o‘ta keskinlashdi? =Qrim Avtonom respubliasi va Sevastopol shahri Rossiyaga qo‘shib olingandan keyin.
25. Ukrainanig qaysi mintaqalarda Yevrointeg-ratsiya tomon intilayotgan yangi hukumat tezda tan olinib, aholining xayrixohligiga erishgan? =poytaxtda, shimoliy, markaziy va g‘arbiy mintaqalarda.
26. Ukrainaning qaysi qismida rusiyzabon aholining norozilik chiqqishlari kuchayib bordi? =janubi-sharqiy
27. Rossiyaparast yetakchilar boshchiligidagi o‘ta o‘ng, ekstremistik, millatchi guruhlar harakatlari qaysi viloyatlarda qurolli qarama-qarshilikka aylanib ketgan? =Donetsk va Luganskda.
28. Qaysi voqea Rossiya va Ukraina o‘rtasida keng miqyosdagi urush harakatlariga olib kelgan? Ukraina rahbarlari Donetsk va Luganskda viloyatlarda antiterror operatsiya boshlanishini e’lon qilganligi.
29. Qachon va qayerda Rossiya, Ukraina hamda Donetsk va Lugansk viloyatlari vakillari o‘rtasida harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuv imzolangan? =2014-yil sentabrda Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida.
30. Qachon Rossiya, Ukraina hamda Donetsk va Lugansk viloyatlari o‘rtasidagi janglar qaytadan boshlangan? =2015-yil yanvarning o‘rtalarida.
31. Qachon va qaysi davlat rahabarlari Minskda yig‘ilib, Ukraina sharqida harbiy mojaroni hal qilish to‘g‘risida yangi kelishuv – Minsk – 2 imzolangan? =2015-yil fevralda Germaniya, Fransiya, Rossiya va Ukraina rahbarlari.
32. Qachon artilleriyadan o‘zaro otishmalar yangidan boshlangan? =2017-yil noyabrda.
33. G‘arb davlatlari va Ukraina artilleriyadan o‘zaro otishmalar yangidan boshlanishida Rossiyani ayblab kelmoqda. Rossiya esa buni qanday ta’kidlamoqda? =Mojaro Ukrainaning ichki ishi ekanligini.
34. Qachon Belarus poytaxti Minsk shahri nemis fashirslaridan ozod qilingan? 1944-yili
35. Belorus Respublikasi qaysi kun mustaqillik kuni sifatida nishonlanadi? =3-iyulda.
36. Qachon qabul qilingan konstitutsiyaga binoan Belarus Respublikasi unitar demokratik ijtimoiy-huquqiy davlat deb e’lon qilingan? =1994-yilda.
37. 1994-yilda bo‘lib o‘tgan saylovlarda kim Belarus Respublikasi prezidenti etib saylangan? =Aleksandr Lukashenko.
38. 1994-yilda bo‘lib ’tgan saylovlarda Belarus Respublikasi prezidenti etib saylangan shaxs tashabbusi bilan davlatda qanday o‘zgarishlar yuz bergan? =belarus tili bilan qatorda rus tiliga ham davlat tili maqomi berildi, davlat bayrog‘i o‘zgartirildi, prezidentning vakolatlari kengaytirildi.
39. Belarus qaysi davlat bilan Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik to‘g‘risida keyinchalik esa Ittifoq davlatni tuzish to‘g‘risida shartnomalar imzolagan? =Rossiya bilan.
40. Belarus va Rossiya o‘rtasida tuzilgan shartnomada nima ko‘zda tutilgan? =ikki davlat o‘rtasida yaqinlashuv va huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, bojxona va boshqa tizimlarini birlashtirishni, davlatlararo hokimiyat tizimlarini shakllantirishni, ayni paytda davlatlar mustaqilligi va suvereniteti saqlanib qolishini.
Do'stlaringiz bilan baham: |