7-bob ichki ishlar vazirligi va uning organlari


Oliy Mailisning inson xuquqlari bo’yicha vakilining huquq va majburiyatlari



Download 129,68 Kb.
bet10/19
Sana22.07.2022
Hajmi129,68 Kb.
#838709
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
huquq

Oliy Mailisning inson xuquqlari bo’yicha vakilining huquq va majburiyatlari.

Vakil quyidagi huquqlarga ega:

  • shikoyatni ko'rib chiqish;

  • arz qiluvchi o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishi mumkin bo'lgan vositalar va shakllami ko'rsatish; -shikoyatni uning mohiyatiga ko'ra hal qilishga vakolatli bo'lgan tashkilot yoki mansabdor shaxsga yuborish;

-arz qiluvchi uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishtirish;
-shikoyatni ko'rib chiqishni, sababini albatta ko'rsatgan holda, rad etish;

  • qonun hujjatlariga zid bo'lmagan boshqa chora-tadbirlarni ko'rish. Shikoyatni ko'rib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari,

erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan hollarni o'z tashabbusi bilan tekshirish chog'ida Vakil quyidagi huquqlarga ega:
-aniqlanishi lozim bo'lgan holatlarni tekshirishda ko'maklashishni so'rab tashkilotlar va mansabdor shaxslarga murojaat qilish;
-aniqlanishi lozim bo'lgan holatlarni tekshirish uchun tashkilotlarning vakillari va mansabdor shaxslarni taklif etish. Tekshiruv o'tkazishni harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxsga topshirish mumkin emas;

  • tashkilotlarga va mansabdor shaxslar huzuriga bemalol kirish; -tashkilotlar va mansabdor shaxslardan hujjatlar, materiallar va boshqa ma'lumotlarni so'rash va olish;

  • mansabdor shaxslardan tushuntirishlar olish;

  • tashkilotlar va mutaxassislarga aniqlanishi zarur bo'lgan masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlashni topshirish;

  • tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari, erkinlikiari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan o'tkazllayotgan tekshiruvlarda ishtirok etish;

  • ushlangan yoxud qamoqda saqlanayotgan shaxs bilan uchrashish va suhbatlar o'tkazish;

  • barakatlarida inson huquqlari va erkinliklarini buzish hollari aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish to'g'risida iltimosnoma bilan tegishli organlarga murojaat etish.

Fuqarolarning huquqlari, erkinlikiari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatlarni tekshirish chog'ida ma'lum bo'lib qolgan, arz qiluvchining va boshqa shaxslarning shaxsiy hayotiga taalluqli ma'lumotlar ularning roziligisiz oshkor qilinishi mumkin emas.
Mansabdor shaxslar Vakil so'ragan, fuqarolarning huquqlari, erkinlikiari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog'liq bo'lgan hujjatlar, materiallar va boshqa ma'lumotlarni taqdim etishlari shart.
Vakil o'z faoliyati masalalari bo'yicha davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, jamoat birlashmalarming rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan kechiktirmasdan qabul qilinish huquqidan foydalanadi.
Faoliyati davlat stri va qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirlar bilan bog'li'] bo'lgan tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga Vakilning kirish tartib'. shuningdek Vakilga davlat siri yoxud qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirdan iborat bo'lgen axborotni taqdim etish O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvoriq amalga oshiriladi.
Vakiming vazifalarini bajarishiga to'sqinlik qilish befgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab bo'ladi.
Vakil shikoyatni tekshirish natijalariga binoan:

  • arz qiluvchiga ko'rib chiqish natijalarini ma'lum qilishi;

  • harakatlari va harakatsizligida fuqarolarning huquqlari, erkinlikiari va qonuniy manfaatlari buzilganligi aniqlangan tashkilot yoki mansabdor shaxsga buzilgan huquqlarni tiklash yuzasidan tavsiyalar bayon etilgan o'z xulosasini yuborishi shart.

Bunda Vakilning xulosasini olgan tashkilot yoki mansabdor shaxs uni ko'rib chiqishi va bir oydan kschiktirmay asosli javob yuborishi lozim.
Vakilning xulosasida quyidagi tavsiyalar nazarda tutilishi mumkin:
-ishning tashkilot yoki mansabdor shaxs tomonidan oxiriga yetkazilishi zarurligi;

  • tashkilot yoki mansabdor shaxsning qarori o'zgartirilishi yoxud bekor qilinishi kerakligi, shuningdek, u asoslanishi zarurligi;

  • tashkilot yoki mansabdor shaxs qo'shimcha qaror qabul qilishi lozimligi.

Vakilning xulosasida boshqa tavsiyalar ham ifodalanishi mumkin.
Vakil daxilsizlik huquqidan foydalanuvchi va u O'zbekiston respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan ma'muriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Oliy Majlis vakiliga nisbatan jinoiy ish faqat O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan qo'zg'atilishi mumkin. Vakilni majburiy tarzda olib kelish, ushlab turish, shuningdek uning shaxsiy buyumlari, yuki, transport!, turar joyi yoki xizmat xonalarini ko'zdan kechirishga yo'l qo'yilmaydi.
Vakilga shikoyat bergan shaxs, shuningdek Vakil tomonidan axborot to'plash va uni tahlil etish yoki ekspert bahosi berish topshirilgan shaxslar bu harakatlari uchun ta'qib ostiga olinishi yoki boshqa tarzda huquqlari cheklanishi mumkin emas.

Download 129,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish