Qizil kvadrat - jinoyatchini qamash va boshqa davlatga berishning o'ta zarurligi, havo rang kvadrat ~ jinoyatchi shaxsi yoki jinoyat haqida ma'lumotlarni zudlik bilan yuborish, yashil kvadrat - kuzatuvdagi shaxslar haqida ma'lumot kerak, qora kvadrat - jasadning shaxsini aniqlash uchun ma'lumotlar zarur, degan ma'nolarni beradi.
Rangli kvadratga ega hujjatlar, ayniqsa, qizil ranglisi juda sinchiklab o'rganib chiqiladi va shundan so'ng rang indeksi qo'yiladi. Qizil rangli sirkular xatni chiqarishdan oldin Interpol zarur dalillar borligi va quyidagi uch shart mavjudligiga ishonch hosil qilishi kerak:
huquqbuzarlik bar qanday mamlakatning qonunlari bo'yicha jinoyat ekanligi;
qamoqqa olish haqidagi buyruq yoki order berilganligi;
qidiralayotgan odam ushlanganligi ma'lum bo'lishi bilanoq, qamtiqqa olishni talab qilayotgan mamlakat ekstraditsiya jarayoniga kirishishi.
Bu kartochkalar bilan birga, Interpolda «qidiruv varaqalari» mavjud. U yo'qolgan qimmatbaho buyumlarni qidirish uchun ishlatiladi. Bunda o'g'irlangan, hali iziga tushilmagan san'at asarlari yoki zeb-ziynatlar nazarda tutilmoqda. Ular haqidagi xabarlar jinoyat-qidiruv xizmatlari va bojxonalarga
jo'natiladi.
Interpol tarkibida Nazorat komissiyasi mavjud. U arxivlardagi muayynn shaxs haqidagi ma'lumotlar:
Interpol Nizomi asosida olinishi va ishlatilishini;
faqat belgilangan maqsadda foydalanishini;
v) aniq bo'lishini;
g) Interpolda ko'rsatilgan muddatga saqlanishini nazorat qiladi. Interpol Nizomining 36-moddasiga ko'ra, maxsus bilimlar talab qilinadigan masalalarni ishiab chiqish va tayyorlash uchun turli mamlakatlardan professional xodimlar, olimlar chaqirilishi mumkin. Ular maslahatchi-konsultant sifatida jalb qilinadilar va Ijroiya qo'mita tomonidan uch yilga saylanadilar. Masiahatchilar o'z mehnatlari bilan tashkilotni qiziqtirayotgan sohada xalqaro obro’ topgan shaxslardan tanlab olinadi.
Doimiy maslahatchilar instituti bilan birga, Interpol a'zolariga ilmiy- texnik yordam ko'rsatish bo'yicha tadbirlar amalga oshiriladi. Bunday o'zaro yordam turlari quyidagicha:
-o'quv kurslari va ilmiy seminarlar. Amaliy seminarlar yiliga ikki marta o'tkaziladi;
-maxsus stipendiyalar (Interpol o'quv kursini tugatganlarga stajirovkani Bosh kotibiyat yoki o'z mamlakatida emas, balki boshqa biror
mamlakatning Milliy markaziy byurosida o'tkazish maqsadida xorijiy politsiya maktablariga komandirovka qilinganlar uchun);
-ekspertlar bilan ta'minlash (Interpol shtab-kvartirasi o'z hisobidan milliy byurolarga yuqori malakali ekspertlarni so'rovnoma asosida darhol yuboradi);
- texnik uskunalar (Interpol a'zolariga millatlararo va shtab-kvartira bilan aloqa uchun uskunalar. Ular Interpol kreditlari hisobidan bo'ladi);
-alohida davlatlarning politsiya organlari va ilmiy muassasalariga yordamning boshqa shakllari.
3.0’zbekiston Respublikasi Interpol Milliy markaziy byurosining tashkil etilishi va faoliyati
Interpolga kirgan har bir davlat politsiya xizmatlarining Milliy markaziy byurolari (MMB) tuzilgan. Ular «o'z mamlakatlari qonunlari doirasida Interpolning faoliyatiga yordam berish uchun hamma ishni qilishlari kerak» (Nizomning 31-moddasi).
Har bir mamlakatning Milliy markaziy byurolari ushbu mamlakatning xohlagan politsiya muassasasi bo'lishi mumkin. Masalan, Braziliyada Interpol bilan aloqa qilish uchun xalqaro jinoyat politsiyasi ma'muriyati tuzilgan, Buyuk Britaniyada Skotland-Yard bo'linmalaridan bin, Islandiyada - yustitsiya departamenti, AQSHda ikki organ - Moliya vazirligining maxfiy xizmati va ushbu idoraning narkotiklar bo'yicha byurosi, GFRda - Federal politsiyaning xorijiy bo'limi bu vazifani bajarmoqda.
Lekin, eng asosiysi, Milliy markaziy byurolarni tashkil etish o'zini oqladi. Ular ilk bor 1927-1928 yillarda Amsterdam, Berb'n, Bryussel, Vena va Parijda tuzilgan edi. Politsiya organlarining xalqaro hamkorligi juda nozik ish, Bu hamkortik Milliy markaziy byuroda yuqori malakali xodimlar bo'lishini talab
qiladi.
Interpol Nizomining 32-moddasiga ko'ra, Milliy markaziy byurolar uch yo'nalishdagi doimiy aloqalardan foydalanadilar:
o'z mamlakatlarining turli muassasalar bilan;
boshqa mamlakatlarning Milliy markaziy byurolari bilan;
Interpol Bosh kotibiyati organlari bilan.
Milliy markaziy byurolar alohida mamlakat doirasidan chiqib ketadigan xavfli jinoyatiar haqidagi axborotlarni to'playdilar. Interpolning topshirig'iga ko'ra, Milliy markaziy byurolar jinoyatchilarni qidirish, topish va hibsga olish haqida o'z mamlakatlarining politsiyalariga buyruq va ko'rsatmalar beradilar, o'z mamlakatlarining yashirinib yurgan jinoyatchilarni topish va ushlash to'g'risidagi iltimosini Interpolga yetkazadilar.
Milliy markaziy byurolarning muayyan vazifalariga, xususan quyidagilar
kiradi:
xalqaro qidiruv e'lon qilish;
Interpol doirasida qidiruv e'lon qilingan jinoyatchilarni berish, so'roq qilish va ularga nisbatan boshqa harakatlarga taalluqli tadbirlarni o'tkazish.
Umuman olganda, Milliy markaziy byurolar Interpol a'zolari bo'lgan davlatlar o'rtasidagi doimiy aloqa organidir. Milliy markaziy byurolarning harakatlari tezkor va samaralidir.
Yuqoridagilami hisobga olib, 1994 yil 29 noyabrda Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan (573-son), Ichki ishlar vazirligi tarkibida Interpolning O'zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi tashkil etildi. Bu byuro mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish organlariga quyidagilarda yordam beradi:
-narkotiklarning g'ayriqonuniy muomalasi, uyushgan jinoyatchilik, terrorism, firibgarlik, qalbaki pul yasash, iqtisodiy jinoyatlarning oldini olishda;
-respublikada jinoyat qilib, xorijda yashirinib yurgan jinoyatchilarni qidirishda;
-O'zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini ta'minlovchi axborotlarni xorijdan olishda.
In'erpol Milliy markaziy byurosining yordamida xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash tajribalari olinmoqda, jinoyatlarning oldini olishning yangi metodlari va shakllari o'zlashtirilmoqda. Tegishli normativ bazani yaratish maqsadida 1995 yil 28 sentabrda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 287-sonli buying'i chiqdi. Ushbu buyruq Interpol Milliy markaziy byurosi va Ichki ishlar vazirligi axborot markazining o'zaro hamkorligi tartibini belgilab berdi.
1995 yil 23 noyabrda esa 323-sonli buyruq O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining Interpol yo'nalishi bo'yicha so'rovnomalar va topshiriqlarni bajarish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomani belgilab berdi.
Byuroning Ichki ishlar vazirligidagi manfaatdor xizmatlar bilan hamkorligi ham belgilab berilgan va amalga oshirilmoqda. Bu, birinchi navbatda, jinoyat qidiruv Bosh boshqarmasi (xalqaro qidiruv masalalari bo'yicha), Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasiga taalluqlidir. Shuningdek, Xorijga chiqish-kelish va fuqarolik boshqarmasi, Tashkiliy inspektorlik boshqarmasi, DANBB, Jinoyatlarning oldini olish boshqarmasi bilan hamda O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa vazirlar hamda idoralar bilan ham hamkorlik yo'lga qo'yilgan.
Milliy markaziy byuroning xar yilgi hujjatlar aylanishi o'z ichiga minglab so'rovnomalar, sirkularlar, xabarlar, qidirilayotgan jinoyatchilar va bedarak yo'qolganlar haqidagi xabarnomalami oladi. Milliy markaziy byuro axborotlari bo'yicha o'g'irlangan avtoulovlar qidiriladi, O'zbekiston Respublikasi hududida jinoyat qilgan va boshqa davlatlarda yurganlar ushlanadi.
Ichki ishlar vazirhgining tegishii xizmatlari bilan hamkorlikda qo'shmachilik bilan shug'ullanib, O'zbekiston Respublikasidan «yengiltak» ayollarni Bahrayn, Birlashgan Arab Amirligi, Turkiyaga yetkazib turgan jinoyatchilar guruhi fosh etilgan edi.
AQSH elchixonasining murojaatiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasidan noqonuniy ravishda AQSHga ishchi kuchi yetkazib berayotgan fuqarolar guruhi faoliyatining oldi olindi. «SovplastitaI» aksionerlik jamiyati rahbariyatining 250 ming dollar qarzni qaytarib olishga yordam so'rab murojaat etishi natijasida, Buyuk Britaniya va Germaniya fuqarolari aniqlandi va ular Bavariya (GFR)da qamoqqa olindi.
Toshkent shahar prokuraturasining topshirig'i bilan Buyuk Britaniyaga dam olishga qalbaki «taymsher»lar - yo'Ilanmalarini sotayotgan Buyuk Britaniya fuqarolari aniqlandi va h.k.
Bank sohasidagi firibgarliklarning oldini olish maqsadida Milliy markaziy byuro Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga, bankiga va boshqa manfaatdor muassasalariga bankdagi pul vositalarini talon-taroj qilishning, qalbaki pul yasashning usullari va ularga qarshi kurashish metodlari, ishonchli bo'lmagan xorijiy firmalar to'g'risidagi axborotlarni yuborib turadi.
Milliy markaziy byuroda maxsus ma'luniotlar bazasi yaratilgan, Interpol tajribasi keng o'rganilmoqda. Milliy markaziy byuro xodimlari Pekindagi Bosh assambleyaning 64-sessiyasiga, Xalqaro terrorizm bo'yicha 10-simpoziumga va Noqonuniy olingan pul vositalari bo'yicha 5-xalqaro kengashga qatnashib kcldilar. Tajriba almashish uchun xodimlar Interpol Bosh assambleyasining 21- seminariga bordilar.
Interpol bosh kotibiyati O'zbekiston Respublikasi Interpol Milliy markaziy byurosiga doimiy yordam bermoqda. Mamlakatimizga 1995 yil sentabrda kotibiyat vakili Iqbol Rizviy keldi. O'shanda Milliy markaziy byuroning O'rta Osiyoda narkotiklarga qarshi kurash ishi muvoflqlashtirildi. AQSH va Pokistonning bu boradagi tajribalari almashildi. O'zbekiston Milliy markaziy byurosiga moddiy-texnik yordam ko'rsatish ham Bosh kotibtyatning rejalariga kiritilgan.
Shunday qilib, O'zbekiston Respublikasi Interpol Milliy markaziy byurosi quyidagilar bilan shug'ullanadi:
-xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash bo'yicha rasmiy va maxfiy (operativ qidiruv) xabarlarning almashinuvini ta'minlaydi;
-Bosh kotibiyat va Interpol Milliy markaziy byuroiariga O'zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarining jinoyatlar, jinoyatchilar haqidagi xabarlarni yuborish to'g'risidagi iltimoslarini yo'llaydi;
-O'zbekiston huquqni muhofaza qilish organiarining jinoyatlar va jinoyatchilar haqidagi xabarlarni jo'natish to'g'risidagi iltimoslarini Bosh kotibiyat va boshqa Milliy markaziy byurolarga yuboradi.
-Bosh kotibiyat va Milliy markaziy byurolarning shunday iltimoslarini qabul qiladi, tarjima qiladi, O'zbekiston Respublikasining tegishli organlari orqali shaxslarni, predmetlar va hujjatlarni aniqlash bo'yicha, yuridik va jismoniy shaxslarni tekshirish bo'yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
- bunday so'rovlarning sifati va muddatini nazorat qiladi;
-zarur bo'lganda Bosh kotibiyat va Milliy markaziy byurolarga O'zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolar qilgan jinoyatlar, qo'Iga olinganlar, sudlanganlar haqida xabar beradi;
-O'zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarining
axborotlari asosida Interpol faoliyatiga oid hisobotlarni tuzadi va ularni Bosh kotibiyatga yuboradi;
-O'zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarining
hamkc.Hgi jarayonida olingan shaxslar, faktlar, predmetlar, hujjatlar haqida ma'lumotlar bankini yaratadi. Milliy markaziy byurodagi operativ ma'lumot hisobotlarini , Interpol tavsiyalarini hisobga olgan holda yuritadi;
-huquqni muhofaza qilish organlarini jinoyatchilikka qarshi xalqaro kurash talablari va shartlari, jinoyatlarning oldini olish va ularni ochish bo'yicha hamkorlik amaliyoti haqida xabardor qiladi, ularni takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlaydi;
-o'z vakolatlari doirasida tashkilotning faoliyatini takomillashtirishga, Interpol Bosh assambleyasining qarorlari va tavsiyalarini bajarishga ko'maklashadi;
-Bosh kotibiyat kutubxonasidan a'zo mamlakatlarning zarur qonun hujjatlari va normativ hujjatlarini, xorijiy politsiyalar faoliyati haqida xabarlarni oladi, shunday axborotlar fondini yaratadi;
-Interpol va boshqa davlatlar poHtsiyalarining jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorlikka tegishli materiallari bo'yicha tahliliy sharhlar, ma'ruzalar va xabarlar tayyorlaydi, ularni O'zbekiston Respublikasining ichki ishlar va huquqni muhofaza qilish organlariga yuboradi;
-o'z vakolatlari doirasida Interpolga a'zo mamlakatlar huquqni muhofaza qilish organlarining O'zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari bilan muayyan jinoyatlarni ochish va oldini olish, ish tajribasini almashish borasidagi amaliy hamkorligiga ko'maklashadi;
-Interpol Bosh kotibiyati o'tkazadigan ishchi yig'ilishlari, konferensiyalari, Bosh assambleya sessiyalaridagi tadbirlardaqatnashadi.
O'zbekiston Respublikasi Inteipol Milliy markaziy byurosi Milliy markaziy byuroning direktori, kotibiyat, moliyaviy bo'ltm (bo'limlardan binning boshlig'i direktor o'rinbosari vazifasini ham bajaradi) kompyuterchilar guruhi va texnik ta'minot bo'limi, IIV, Iffi aloqa xizmatlarining aloqa ofitserlaridan tashkil topgan.
Asosiy so’z va tayanch tushunchalar :
Interpol, Bosh assambleya, Bosh kotibiyat, Milliy markaziy byuro, korrupsiya, reket, terrorizm, Interpol kartotekasi, jinoyatchilarning daktiloskopik kartoteka, )«modus operandi», qidiruv varaqalari
Takrorlash uchun savollar
1.Interpol ya'ni Jinoyat politsiyasi xalqaro tashkiloti (JPXT) qachon tashkil etilgan
O'zbekiston Respublikasi Inteipol Milliy markaziy byurosi Milliy markaziy byurosi qachon tashkil etilgan
1998 yil 1 iyulga kelib nechta davlat Interpol a'zo bo’ldi.
Interpol nizomida nimalar belgilangan
Bosh assambleya - Interpolning qanday organi hisoblanadi
Interpolning bosh kotibiyati qanday vaifalarni amalga oshiradi
Interpolning ijroiya qo'mitasiga kim boshchilik qiladi
Interpol kartotekasi nechta guruhga bo'linadi
9.O'zbekiston Respublikasi Inteipol Milliy markaziy byurosi qanday yo'nalishdagi doimiy aloqalardan foydalanadilar
O'zbekiston Respublikasi Inteipol Milliy markaziy byurosi Interpok bilan hamkorlikda qanday ishlarni amalga oshirdi
Do'stlaringiz bilan baham: |