7-Amaliy mashg’ulot



Download 88,82 Kb.
bet1/2
Sana18.02.2022
Hajmi88,82 Kb.
#455353
  1   2
Bog'liq
7-Amaliy mashg'ulot

7-Amaliy mashg’ulot


Mavzu: Muvofiqlikni baxolash.

Ishdan maqsad: Muvofiqlikni baxolashni o’rganish.


Ishning mazmuni:
1.Muvofiqlikni tasdiqlash sohasidagi tushunchalarni mohiyati.
2. Muvofiqlikni baholash sohasida xalqaro tashkilotlarning faoliyati.

1 Muvofiqlikni tasdiqlash sohasidagi tushunchalarni mohiyati


Muvofiqlikni baholash, mahsulot, jarayon, tizimga nisbatan o’rnatilgan talablarni shaxslar yoki idoralar tomonidan baholashni amalga oshirishni bajarilishini tasdiqlash zaruriyati bilan bog’liqdir. Muvofiqlikni tasdiqlash mahsulot, jarayon, tizim, shaxslar yoki idoralarni xalqaro, hududiy yoki milliy standartlarga tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq bayon qilingan talablarning bajarilishini kafolatlashda xizmat qiladi.


Xalqaro standartlar hamma tomonlama uyg’unlashtirish va darajali tan olinishi savdoda texnik to’siqlarni bartaraf etish va raqobatni rivojlantirishning samarali vositalaridan biridir. Fan-texnikaning shiddatli rivojlanishi, ishlab chiqarish va iqtisodiy tizimlarini yagona iqtisodiy siyosat asosida o’zaro bog’langan holda rivojlanishi hamda xalqaro savdo-sotiqni kengaytirishda muvofiqlikni baholash tizimi va bajariladigan jarayonlarni birxillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda. SHuni tasdiqlab o’tish kerakki, barcha tizimlar va muvofiqlikni baholash jarayonlarida hamma qiziquvchi tomonlarni jalb qilish, ochiq-oydinlik va savdoda ortiqcha to’siqlarni yaratmaslik, xaq-huquqlarini cheklamasligini ko’zda tutib maqsadli harakat qilinishi kerak. SHu maqsadda dunyo bo’yicha tan olingan standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkiloti barcha mamlakatlar, ya’ni rivojlanayotgan davlatlar uchun ham muvofiqlikni baholash tizimida qator xalqaro standartlarni amaliy aniqlab bergan.
Muvofiqlikni baholashning asosiy tamoyillari ISO/IEC 60 xalqaro qo’llanmasida aniqlab berilgan. Muvofiqlikni baholash faoliyatida qatnashuvchi barcha tashkilotlar jumladan, muvofiqlikni baholash va akkreditlashtirish bo’yicha idoralar quyidagi shartlarni bajarishlari lozim:

  • o’z faoliyatini xalqaro standartlar va ISO/IEC qo’llanmalariga asoslashi;

  • o’zining texnik layoqatligini ushlab turish, ya’ni muvofiqlikni baholash natijalarini tan olishni soddalashtirish va mahsulot, jarayon, tizim, shaxs yoki idoralarni o’rnatilgan talablarga muvofiqligini yetarli darajada kafolatlashi;

  • barcha maxfiy ma’lumotlarni himoyalashi;

  • o’z faoliyatini kasbiy halollik bilan amalga oshirishi, axloq-odob tamoyillariga rioya qilish va kamsitmaslikka qaratilgan tarzda va tomonlarni barcha nizolaridan o’zini chetga olishi;

  • adolatli va samarali tarzda tezkorlik bilan ishlashi, arizani ko’rib chiqishi va baholashni bajarishi;

  • shikoyat yoki apellyatsiya holatlarini ko’rib chiqishda adolatli va samarali tarzda, tezkorlik bilan to’g’rilovchi amallarni amalga oshirishi zarur;

  • muvofiqlikni baholash, muvofiqlik guvohnomasini berish haqidagi tasdiqlovchi qaror yoki uni rad etilishi, bekor qilish, to’xtatish va faoliyatga chek qo’yish bo’yicha faoliyatlari haqidagi yozuvlarni yuritish hamda saqlashi;

  • barcha arizachilarga taklif etilayotgan xizmatlar va uning uchun to’lov shartlari to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishga tayyorligi hamda beriladigan sertifikatlar, akkreditlash sohasi va hokazolar to’g’risida ma’lumotlar mavjudligi;

  • o’zining layoqatliligini muvofiq mexanizmlardan (masalan, akkreditlash, ekspert baholash) foydalanish yo’li bilan namoyish qilishi;

  • muvofiqlikni baholash jarayoni haqida muvofiq hujjatlashtirilgan ko’rsatma bilan hisobotni, zaruriyat bo’lsa, aniqlangan nomuvofiqliklarni yoki talab qilingan to’g’rilovchi amallarni arizachiga taqdim etishi;

  • muvofiqlik belgisidan foydalanilgan holatlarda bu belgi bilan bog’liq bo’lgan noto’g’ri foydalanishlardan himoya qilish uchun qo’llash qoidalari yoki shartlarini ta’minlashi;

  • rivojlanayotgan mamlakatlar ishtiroki bilan bog’liq bo’lgan muammolarni va rivojlangan mamlakatlar faoliyati natijalaridan foydalanishni hisobga olish.

Download 88,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish