7-amaliy mashg‘ulot mavzu: Moddiy nuqta dinamikasi 1-masala


Kuch masofaga bog‘liq o‘zgaradi



Download 87,44 Kb.
bet3/4
Sana05.12.2022
Hajmi87,44 Kb.
#879559
1   2   3   4
Bog'liq
7-AMALIY MASHG\'ULOT

Kuch masofaga bog‘liq o‘zgaradi.



5-masala Ishqalanish kuchini va havoning qarshiligini hisobga olmagan holda, Erning AV vatari bo‘ylab kavlangan kanalning A boshidan to oxirgi V nuqtasigacha borishi uchun qancha vaqt sarflanishi aniqlansin (9a.3 shakl). Hisoblash ishlarida Erning radiusi R=6370 km deb hisoblansin.


9a.3 shakl
E s l a t m a. Tortilish nazariyasida isbot qilinishicha, Erning ichida joylashgan har bir jism Erning markazigacha bo‘lgan r -masofasiga to‘g‘ri proportsional bo‘lgan kuch ta’sirida Erning markaziga tortilib turadi. Erning ustida, ya’ni Erning markazigacha r=R bo‘lgan masofada turgan jismga ta’sir etayotgan kuch og‘irlik kuchi (F=mg)dan iborat bo‘lib, Erning ichidagi jismga ta’sir etuvchi kuch
F=(mg/R)r
dan iborat bo‘lib, bu erdagi r=MC - M nuqtadan Erning markazigacha bo‘lgan masofa.
E ch i sh. Hisob boshini AV vatarning o‘rtasiga qo‘yamiz (chunki kanalning ichidagi nuqta shu joyda muvozanatda bo‘lishi mumkin bo‘lar edi) va Ox o‘qini OA chizig‘i bo‘ylab yo‘naltiramiz. Agar AV vatarning uzunligini 2a deb hisoblasak, boshlang‘ich shartlar quyidagicha bo‘ladi, ya’ni t=0 bo‘lganda x=a va vx=0 bo‘ladi.
Nuqtaning ixtiyoriy holatida unga va kuchlar ta’sir etadi. Shu sababli
Fkx=-Fcos=-(mg/R)rcos=-(mg/R)x,
bo‘ladi, chunki shakldan rcos=x va N=0.
M nuqtaga ta’sir etayotgan kuch koordinata x -ga bog‘liq ekan. Tuzilgan differentsial tenglamadagi o‘zgaruvchilarni ajratish uchun, uni (9a.3) ko‘rinishda yozamiz. So‘ngra quyidagi belgilashni kiritib g/R=k2, tenglamaning ikkala tomonini m -ga qisqartirsak
vx =-k2x hoil bo‘ladi.
Tenglamaning ikkala tomonini dx -ga ko‘paytirsak, o‘zgaruvchilar o‘z o‘zidan ajrab qoladi, so‘ngra tenglamani integrallab, quyidagi natijani olamiz,

Boshlang‘ich shartga ko‘ra x=a bo‘lganda vx=0 bo‘ladi. Shunga asosan, S1=k2x2/2 bo‘ladi. S1 -ning qiymatni yuqoridagi tenglamaga qo‘yib, uni tezlikka nisbatan echsak,
hosil bo‘ladi.
Biz tekshirayotgan nuqtaning holatida uning tezligi M dan O -ga yo‘nalgan deb hisoblasak, ya’ni vx<0 bo‘lsa, ildizning oldidagi ishorani manfiy deb hisoblaymiz (lekin, bu ishorani musbat deb hisoblanganda ham oxirgi natija bir xil bo‘laveradi). So‘ngra vx-ni dx/dt bilan almashtirib
ni yozamiz.
O‘zgaruvchilarni ajratib yuborsak,

va bu tenglamani integrallab,
kt=arccos(x/a)+C2
hosil qilamiz. Ushbu tenglamaga boshlang‘ich (t=0 da x=a) shartlarni qo‘yib, S2-ning qiymatini aniqlaymiz, ya’ni S2=0 bo‘lar ekan, demak kt=arccos(x/a) bo‘ladi, bundan M nuqtaning harakat tenglamasini aniqlaymiz, ya’ni
x=acoskt bo‘ladi.
Demak, M nuqtaning AV kanal ichidagi harakati amplitudasi a -ga teng bo‘lgan garmonik tebranma harakatdan iborat bo‘lar ekan.
Endi M nuqta kanalning oxirgi V nuqtasiga etgandagi o‘tgan vaqt t1 - aniqlaymiz. V nuqtada x -ning koordinatasi x=-a bo‘ladi. Ushbu qiymatni M nuqtaning harakat tenglamasiga qo‘ysak coskt=-1 bo‘ladi, bundan kt1= va t1=/k-ning qiymatini aniqlaymiz. Yuqorida kiritilgan belgilashga asosan . Ushbu ifodalarning son qiymatlarini qo‘yib hisoblab chiqsak, shuni aniqlaymizki AV kanalning uzunligi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, nuqta bir xil vaqtda kelar ekan, ya’ni
t1= 42 min 11s bo‘lar ekan.
Ushbu natija ancha qiziqarli bo‘lib (hozircha fantastikaga o‘xshash bo‘lgan) shunday kanal qazish loyihalarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Qo‘shimcha ravishda nuqtaning shunday harakatidagi maksimal tezlikning qiymatini aniqlaylik. Tezlik vx - ning formulasidan x=0 bo‘lganda v=vmax, ya’ni O nuqtada uning tezligi maksimal bo‘lar ekan. Demak
bo‘lar ekan.
Masalan, 2a=0,1R=637 km (taxminan Moskvadan Sankt Peterburggacha bo‘lgan masofa) bo‘lsa, maksimal tezlikning qiymati vmax395 m/c=1422 km /soat.
Moddiy nuqtaning masofaga proportsional bo‘lgan kuch ta’siridagi tebranma harakati keyingi 25 va 26 mavzularda batafsil o‘rganiladi. O‘sha mavzuda qanday qilib tebranma harakatning differentsial tenglamalarini tuzish va ularni integrallash usullari ham ko‘rib o‘tiladi.

3.


Download 87,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish