7-amaliy mashg’ulot Materiallarni lazer yordamida parmalash, payvandlash va qayta toblashni oʻrganish. Materiallarni lazerli parmalash



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/20
Sana10.06.2023
Hajmi2,25 Mb.
#950414
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
fhhfghgf



7-amaliy mashg’ulot 
Materiallarni lazer yordamida parmalash, payvandlash va qayta toblashni oʻrganish. 
Materiallarni lazerli parmalash 
Lazer texnologiyasi bilan parmalash istalgan materialni tesha olish imkonini beradi. U 
ayniqsa, chidamliligi yuqori boʻlgan olmos, yoqut, spool kabi materiallarni qayta ishlashda juda 
qoʻl keladi. Lazerli parmalash mexanik parmalashdan oʻzining sifatliligi bilan ajralib turadi, 
chunki qayta ishlanayotgan material bilan parmalash asbobi oʻrtasida mexanik kontaktning 
yoʻqligi asbobning sinishiga yoʻl qoʻymaydi hamda teshiklarning aniq ochilishini ta’minlaydi. 
Shuning bilan birgalikda ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi. Lazer texnologiyasi bilan 
parmalash, ayniqsa soatsozlikda yoqut toshlar, olmos tola va filerlarni ishlab chiqarishda keng 
qoʻllanilmoqda. Shunday toshlarni parmalab ma’lum katta-kichiklikda parmalar yordamida 
teshikchalar ochish (diametri 0,05 mm) uchun 10-25 minutgina kifoya. 
Oʻtgan asrning 60-yillaridan beri kam unumli parmalash metallarni bug’lantirish yoʻli 
bilan teshik ochishga moʻljallangan lazerli asboblar bilan almashtirilgan. Lazer qurilmalarining 
ishlab chiqarish unumdorligi bir sekundda bir teshik parmalash bilan tengdir. Bu esa mexanik 
parmalashdan ming marta yuqori unumdorlikka ega degan gapdir. 
Juda ingichka sim olish uchun simlar juda kichik diametrli teshikchalardan oʻtkazilib 
ingichkalashtiriladi. Bu teshikchalar (ingichkalashtirish kanallari) juda qattiq metallar, masalan 
olmosli qotishmalarga oʻtkaziladi. Hammadan ham olmosdan oʻtkazilgan teshikchalardan simni 
tortish (olmosli tola va filerlar) qulaydir. Lekin, eng yuqori qattiqlikka ega boʻlgan olmoslarni 
qanday qilib parmalash mumkin? Masalan, ularni mexanik parmalash 10 soatdan ortiqroq vaqtni 
talab etadi. Lekin, bu teshikchalarni kuchli lazer impulslariga ega boʻlgan seriyalar bilan 
parmalash juda oson kechadi. 
Lazerli usullar bilan olingan olmos tolalar koʻp mehnat talab qiladigan operatsiyalar - 
filerlarda qora teshiklar ochish uchun qoʻllaniladi. Lazerli parmalar faqat qattiq materiallardagina 
emas, balki oʻta moʻrtligi bilan ajralib turadigan materiallarda ham teshikcha ochish uchun 
qoʻllaniladi. Misol uchun kulolchilikni olaylik. Lazerlar bilan sopolda diametri 10 mikrometrli 
teshikchalarni ham hosil qilish mumkin. Mexanik parmalash bilan bunday teshikchalar hosil 
qilish aslo mumkin emas. 
Toʻquvchilik sanoati uchun filerlarni tayyorlash oddiy mexanik yoʻl bilan filer ishlab 
chiqarishda qoʻllaniladigan plastinkalardan voz kechish imkonini beradi. Darvoqe, kulolchilikda 
filerlardagi teshikchalarni faqat lazerlar yordamidagina ochish mumkin. 
Lazer 
texnologiyasini 
muvaffaqiyatli 
qoʻllab 
teshikchalar 
ochishda 
dinamik 
muvozanatlashgan tez aylanuvchi detallar, turbina, rotorlar istiqbolli soha hisoblanadi. Bir 
impuls lazer nurlanishida keragidan ortiq oʻrtacha massadan bir milligrammgacha metall olib 
tashlanadi. 
Teshikchalar ochish lazer texnologiyasi, shuningdek EHMlarda xotira plastinkasi, 
mikroskop va elektron-nurlanish trubkalari diafragrammalarini tayyorlashda ham qoʻllaniladi. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish