7-Amaliy ish
Milliy va jahon telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish tamoyillarini o‘rganish.
Jahonning ko‘pgina mamlakatlari kirgan, elektron aloqaning xalqaro ittifoqi yerning butun territoriyasini, ya’ni 6 qit’ani 8 elektron aloqaning bo‘laklarga bo‘lgan. Har bir bo‘lak bir necha davlatlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini birlashtiradi. Bu bo‘laklarga kiradigan davlatlar nomi:
Shimoliy va markaziy Amerika;
Afrika;
Yevropa;
Janubiy Amerika;
Kichik Osiyo, Avstraliya, Okeaniya;
Rossiya va sobiq sovet ittifoqining ba’zi bir respublikalari;
Markaziy Osiyo va Uzoq Sharq;
Hindiston va yaqin Sharq.
Elektr aloqani tashkil qilish uchun transportirovka tarmog‘ini yaratish kerak. Bu tarmoqni yaratish uchun oldin xalqaro kommutatsiya markazlarini o‘rnatish joyi aniqlanadi. Butun jahon telekommunikatsiya tarmog‘ini yaratish uchun har bir elektr aloqa bo‘laklarida xalqaro kommunikatsiya markazi o‘rnatiladi. Ularni bir-biri bilan bog‘lash uchun yerni sun’iy yo‘ldoshi kanallarini, elektr aloqa kabellarini (mis, simli, optik tolali aloqa liniyalari va x.k.) yoki Trans-Osiyo-Yevropa magistrali kanallarini yoki radio kanallarni ishlatish mumkin.
Hozirgi vaqtda birinchi aloqa bo‘lagida Nyu-York shahrida 3- bo‘lagida London shahrida, 5- bo‘lagida Sidney va Singapur shaharlarida, 6- bo‘lagida Moskva shahrida 7- bo‘lagida Tokio shaharida xalqaro kommunikatsiya markazining uchta sinfi mavjud. Birinchi sinfi (XKM 1) tranizit kommutatsiya tuguni bo‘lib, har bo‘lak kirishida o‘rnatiladi. Bu xalqaro kommutatsiya tuguni bo‘lib, har bo‘lak kirishida o‘rnatiladi. Ikkinchi va uchinchi sinflari (XKM2) shu bo‘lak mintaqasida kommutatsiya markazini yaratish uchun ishlatiladi. XKM2 bir necha mamlakat yoki bitta mamlakat territoriyasiga xizmat ko‘rsatadi. Lekin bu sinflar soni tanlab olinayotganda ikkita foydalanuvchi orasidagi kommutatsiya tugunlarni soni 12 tadan oshishi mumkin emas. Shuning uchun ko‘proq faqat bitta xalqaro kommutatsiya markazidan XKM1 ishlatiladi. (10.1-rasm.) Ular bir-biri bilan “har bir har biri bilan” usulda ulanadi.
7.1- rasm. Butun jaxon telekommunikatsiya tarmog‘i.
7.2-rasm.XKM uchta sinfini ulanishi.
Har bir elektr aloqa bo‘lakka o‘z indeksi beriladi. Har bir bo‘lak indeksi, qanday davlatlarni o‘z ichiga olishi va shu davlatlar kodini keltiramiz.
Birinchi elektr aloqa bo‘lagi
Indeksi 1.
Davlatlar: AQSh -1, Kanada 1.
Ikkinchi bo‘lak
Indeksi 2.
Davlatlar va ular kodi: Aljir -273, Misr-20, Kongo-242, Efiopiya -251, Uganda -256, Tunis -216, Togo -228, Tanzaliya -225, sierra –lione -232, Senegal -221, Ruanda -250, Nigeriya -234, Mozambik – 258, Marakko – 212, Mali – 223, Malavi -265, Liviya – 218, Liberiya -231, Lesoto -266, Kongo – 242, Keniya -254, Kamerun -237, Zimbiya – 260, Zimbabe -263, Gviniya -224, Gani -233, Gambiya -220.
Uchinchi bo‘lak
Indeks 3 va 4.
Davlatlar va ular kodi: Avstriya -43, Albaniya -355, armeniya – 374, Belorus -375, Gibraltar -350, Belgiya -32, Bolgariya -359, Bosniya, gersogavina -367, buyuk-Britaniya -44, Vengriya -36, Germaniya -49, Gresiya -30, Daniya -45, Irlandiya -353, Islandiya – 354, Ispaniya -34, Italiya -39, Kipr -357, Litva -370, Latviya -371, Luksemburg -352, Makedoniya -389, Moldovo -373, Portugaliya -351, Sloveniya -386, Xarvatiya -385, Chexiya -420, Shveysariya -41, Shvesiya -46, Estoniya -372, Yugoslaviya-381.
To‘rtinchi bo‘lak
Indeks 5.
Davlatlar va ular kodi: Argentina -54, Beliz -501, Boliviya -591, Braziliya -55, Vengesuela -58, Gaiti -501, Gayana -592, Gvatimala -502, Gonduras -504, Kolumbiya -57, Kosta –Rika -506, Kuba -53, Meksika -52, Nikaragua -505, Paragvay -595, Peru -51, Urugvay -596, Chili -56, Ekvador -593.
Do'stlaringiz bilan baham: |