Og‘iz bo‘sh!ig‘i — til, kichik til, tishlar, lablar,lunjlar, qattiq va yumshoq tanglaylar, til osti muskullaridan iborat apparat. U shovqin va qo‘shimcha tonlar manbayi sanaladi.
Burun bo‘shlig‘i — qo‘shimcha ton manbayi.
Nutq a’zolarining fiziologiyasi - nutq a’zolarining hayotiy kechimlari, muhit bilan munosabatlari.
Brok markazi — bosh miya qobig'idagi markaziy nerv sistemasiga kiruvchi nervhujayralarining bir turi. U nutqning yuzaga chiqishida qatnashadigan mushaklarni harakatga keltiradigan nerv markazi hisoblanadi.
Eshituv markazi — bosh miya qobig‘i tizimiga kiruvchi nerv hujayralarining yana bir turi. U eshitish a’zolaridan keladigan ta’sirni idrok etadigan nerv markazi sanaladi.
Artikulatsiya — nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi harakati va holati.
Artikulatsiya bazasi — til egalarida shu tilga xos artikulatsiyani amalga oshirish uchun shakllangan psixologik va fiziologik ko‘nikmalar.
Ekskursiya — artikulatsiyaning birinchi bosqichi.
Do'stlaringiz bilan baham: |