Gers (Hz) — tebranayotgan jismning (masalan, un paychalarining) tinch holatdagi nuqtadan ikki (qarama-qarshi) tomonga bir marta borib • kelishi. Ovozning past yoki balandligi gerslar miqdori bilan belgilanadi.
Infratovush - 16 Hz dan kam chastotali tovush.
Ultratovush — 20000 Hz dan ortiq chastotali tovush.
Tovushning balandligi — tovushning un paychalari tebranishi chastotasiga bog'liq sifati.
Tovushning kuchi — 1 sm2 maydondan 1 sekundda o‘tadigan energiya miqdori. U detsibel bilan olchanadi.
Tovush tembri — tovushning asosiy ton (ovoz) va yordamchi tonlar (obertonlar) qo‘shilmasidan tarkib topuvchi sifati.
Formantlar — tovush tembrini ifodalovchi va uning boshqa tovushlar tembridan farqini ko‘rsatuvchi chastotalar.
Spektograf — tovush formantlarini aniqlovchi maxsus apparat.
Do'stlaringiz bilan baham: |