7-20-guruh rahbarining ma`naviy-ma`rifiy jurnali


Quyidagilar Guruh rahbarining majburiyatlari hisoblanadi



Download 1,38 Mb.
bet6/36
Sana03.09.2021
Hajmi1,38 Mb.
#163172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
7-20 МАЪНАВИЯТ ЖУРНАЛИ

Quyidagilar Guruh rahbarining majburiyatlari hisoblanadi:
guruh o`quv jurnalining guruh rahbarlariga tegishli shakllarini, belgilangan guruh rahbarlarining me’yoriy hujjatlarini, ish rejalarini, o`quvchilar bilan olib borilgan ishlarning jamlanmasini o`z vaqtida yuritadi;

ta’lim muassasasida o`quvchilarning “Odob-ahloq qoidalari” va ta’lim muassasa Ustavida belgilangan ichki tartib-qoidalari me’yorlariga rioya etishini shaxsan nazorat qiladi;

guruhdagi har bir o`quvchi va uning oilasi haqida to`liq ma’lumotga ega bo`ladi;

har bir o`quvchining shaxsiy qiziqishi, intilishlari va umuman uning psixologik qiyofasi to`g`risida ma’lumotga ega bo`ladi;

Yotoqxonaga muhtoj o`quvchilarni yotoqxona bilan ta’minlashda yordamlashadi va ta’lim muassasaning o`quvchilar turar joyida hamda ijarada yashovchi guruh o`quvchilarining yashash sharoiti bilan doimiy tanishib boradi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga habar beradi;

guruhidagi nogiron va kam ta’minlangan oila farzandlari holidan habar oladi va ularga amaliy ko`maklashadi;

guruhidagi o`quvchilarining davomati, intizomi va o`zlashtirish reytingini ishlab chiqish, yuritish va uning sifat samaradorligini oshirish buyicha fan o`qituvchilari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, psixolog hamda ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini tizimli tashkil qiladi;

guruh ota-onalariga yangi tahrirdagi “Ta’lim to`g`risidagi Qonun”ning 48-moddasida ko`rsatilgan Voyaga etmagan ta’lim oluvchilar ota-onalarining (qonuniy vakillarining) huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi mazmun mohiyatini tushuntirib boradi;

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020 yil
7 avgustdagi “O`zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang`ich, o`rta va o`rta maxsus profetsional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to`g`risida”gi 466-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning mazmun mohiyati to`g`risida o`quvchilar va ularning ota-onalarini tanishtiradi va qarordan kelib chiqqan holda o`ziga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 martdagi “Akademik litseylarga umumiy o`rta ta’lim maktabi o`quvchilarini tanlab olish,o`qishga qabul qilish,ularning o`qishini ko`chirish va o`qishdan chetlatish tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 212-sonli qarorini mazmun mohiyatini o`quvchilarga tushintiradi va qarordan kelib chiqqan holda o`ziga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlaydi;

o`quvchilar o`rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va boshqa noxush holatlarni oldini olish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlariga murojaat qilish yuzasidan rahbariyatga taklif kiritadi;

o`z guruhida “Ma’naviyat kuni” doirasida o`tkaziladigan “Ma’naviyat soat”lariga yuqori saviyada tayyorgarlik ko`radi va mazkur soatlarni noan’anaviy tarzda tashkil etadi;

guruh ota-onalar majlislarida bugungi kunda ta’lim tizimidagi o`zgarishlar, islohatlarni keng targ`ib qiladi, shuningdek, yoshlar o`rtasida yuzaga kelayotgan muammolarni oldini olish, davomat, o`zlashtirish va tarbiya sifat samaradorligini oshirish, bitiruvchilar bandligi masalalarini muhokama qiladi;

guruh ota-onalar majlislarini ta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlangan jadval va kun tartibi asosida tashkil etadi;

bitiruvchilarni ishga joylashtirish maqsadida ta’lim muassasasi bilan hamkor bo`lgan tashkilot va korxonalar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy bo`linmalari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlar, uchrashuv va ko`rgazmalar, mehnat yarmarkalariga guruh bitiruvchilari ishtirokini ta’minlaydi;

ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda guruh o`quvchilarining korxona va tashkilotlarga ekskursiyalarni tashkil etadi;

tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish istagini bildirgan bitiruvchi yoshlar bilan ishlash hamda bitiruvchilarni mahalliy hokimlik, banklar va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilishida amaliy yordam ko`rsatadi;

oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan “Ochiq eshiklar kuni”, ta’lim yo`nalishlaridagi ko`rgazmalar va sayoxatlarda guruh o`quvchilarining ishtirokini ta’minlaydi;

o`quv davrida oliy ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan o`quvchilarni qiziqishi, intilishi, salohiyatini inobatga olgan holda dars mashg`ulotlaridan so`ng bitiruvchilar bilan yakka tartibda ishlash orqali ularni maqsadli oliy ta’lim muassasasiga yo`naltiradi;

har bir kurslarni tamomlash yakunlari bo`yicha akademik qarzdorlikka (o`zlashtirilmaslikka) ega bo`lgan, ishlab chiqarish yoki diplom oldi amaliyotlaridan o`tmagan, kurs ishini topshirmagan hamda 3 va undan ortiq fan bo`yicha "qoniqarsiz" yakuniy yillik baho olgan o`quvchilar to`g`risidagi ma’lumotlarni ta’lim muassasasi o`quvchilarni bir yil takroran o`qitish uchun kursda qoldirish va ularni qayta o`qishini rasmiylashtirish to`g`risidagi murojaatlarni ko`rib chiqish komissiyasiga taqdim etadi;

guruh rahbari ta’lim muassasasi va pedagogik kengash yig`ilishlarida guruhida olib borayotgan ta’lim-tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy va bitiruvchilarning bandligi yuzasidan olib borayotgan ishlari haqida hisobot berib boradi;

oliy ta’lim muassasalariga kirgan o`quvchilarni muassasaga moslashuvi yuzasidan oliy ta’lim muassasa murabbiysi bilan hamkorlik qiladi;

ta’lim muassasa bitiruvchisining faoliyati yuzasidan zarur holatlarda muassasa rahbariyati bilan kelishgan holda tegishli tashkilotlarga tahliliy ma’lumotlar kiritib boradi;

lozim bo`lganda guruh o`quvchilarini huquq va manfaatlarini himoya qiladi.




Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish