O’RTA OSIYOLIK MUTAFAKKIRLAR. ILM – FAN RAVNAQI
IX asrda – Bag’dod shaharda «Bayt ul–hikma» tashkil etildi.
«Bayt ul–hikma»da ishlagan olimlar: Al–Xorazmiy, Ahmad al–Farg’oniy, Ahmad al–Marvaziy, al–Abbos Javhariy va Yahyo bin Abu Mansur kabi Movarounnahr va Xurosonlik olimlar ijod qilgan
MUHAMMAD IBN MUSO AL–XORAZMIY (783–850) xalifa Ma’mun (813-833) zamonida «Bayt ul–hikma»da mudirlik qildi. Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozdi. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan.
XII asrdayoq «Al–jabr val–muqobala» kitobi Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi
ABUL ABBOS AHMAD IBN MUHAMMAD IBN KASIR AL–FARG’ONIY (797-865) 8 ta asari bizgacha yetib kelgan. Asari: “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum”. Bu kitob XII asrdayoq lotin va ibroniy tillariga tarjima qilinib, nafaqat musulmon Sharqidagi, balki Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi
Do'stlaringiz bilan baham: |