7- sinf fizika
1. Moddiy nuqtaning vaqt birligida o’tgan yo’li bilan harakterlanuvchi fizik kattalikka ___________ deyiladi .
A) tezlanish B) tezlik C) ko’chish D) yo’l
2. Qanday suyuqlik qattiq holatga o’tganda boshqacha nom oladi ?
A) sut B) suv C) yog’ D) spirt
3. Bir litr suv necha sm 3 ga teng ?
A) 500 B) 100 C) 1000 D) 2000
4. Dvigatelning tortish kuchi 90 kN bo’lgan 60 t massali samolyot qanday tezlanish olishi mumkin ?
A) 150 m/ s2 B) 5400 m/ s2 C) 1.5 m/ s2 D) 1500 m/ s2 5. ________ deb , jismning tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini saqlashga intilish qobiliyatiga aytiladi .
A) massa B) kuch C) inertlik D) bosim
6. Yo’lovchilar chiqqan avtomobil 2 soat harakatlanib 15 min dam oldi . So’ngra 45 min harakatda bo’ldi . Bunda jami 300 km yo’l o’tdi . O’rtacha tezlik taxminan qancha ?
A) 100 km/soat B) 100km/soatdan ko’p C) 100 km/soatdan kam D) 30 m/s
7. 15 kg necha gramm ga teng ?
A) 150 B) 1500 C) 15000 D) 150000
8. Gidrovlik press kichik porshenining yuzi 10 sm2 . Katta porshenniki 100 sm2 . kichik porshenga 10 N kuch bilan ta’sir ettirilsa , katta porshendagi kuch qancha bo’ladi ?
A) 1 N B) 10N C) 100 N D) 1000 N
9. Quyidagilardan qaysi birlarida mexanik ish bajarilmaydi ?
1)O’quvchi uy ishini yozmoqda
2)Traktor yer haydamoqda
3)Haydovchi avtomobilni boshqarmoqda
A)faqat 1 B)faqat 2 C)faqat 3 4)faqat 4
10.Kuch birligini ko’rsating.
A)kg B)m C)N D)J
11.Arximetik kuchi formulasini ko’rsating ?
A) FA=PSVj*g B) F=mg
C) F= D) F=p*S
12. Massasi 4 kg va yuzasi 8 m 2 bo’lgan gilam polga qancha bosim beradi (Pa) ?
A) 50 B) 5 C) 2 D) 0.5
13. Xonaga o’rnatilgan ventilyatorning quvvati 36 W ga teng . Uning 40 s da bajargan ishi nimaga teng (J) ?
A) 1440 B) 720 C) 360 D) 180
14. Quyidagilaridan qaysilari yorug’likning tabiiy manbalariga kiradi ?
1) Oy 2) Quyosh 3) Yulduzlar 4) Elektr lampochka
5) Yaltiroq qo’ng’iz 6) Stol lampasi
A) 1 , 2 , 3 B) 4, 5, 6 C) 2 , 3 , 5 D) 1 , 2 , 5
15. Qizil rangdagi buyumga yashil shisha orqali qaralsa , buyum qanday rangda ko’rinadi ?
A) yashil B) qizil C) to’q sariq D) binafsha
16. Linzaning fokus masofasi 4 sm . Uning optik kuchi necha dioptriya?
A) 25 B) 4 C) 0.4 D) 0.25
17. Tovush qattiqligining o’lchov birligini ko’rsating ?
A) IB B) W/ m2 C) Hz D) W
18. “1s vaqt davomidagi tebranishlar soniga ________ deyiladi” . Nuqtalar o’rniga mos so’zni topib qo’ying ?
A) … tebranishlar amplitudasi …
B) … tovush yuksakligi …
C) … tovush tembri …
D) … chastota …
19. Inson qulog’ining og’riq sezish bo’sag’asi qanchaga teng ?
20. 1368 km / soatni m/s ga aylantiring ?
21. Tezlanish deb nimaga aytiladi ?
22. Erkin tushish tezlanishining qiymati nechaga teng ?
23. Aylanish davri deb nimaga aytiladi ?
24. Markazga intilma tezlanish formulasini yozing ?
25. Nyutonning 1-qonunini yozing ?
Javoblar : 1-b
2-b
3-c
4-c
5-c
6-a
7-c
8-c
9-a
10-c
11-a
12-b
13-a
14-a
15-a
16-a
17-a
18-d
19. 130 dB
20.380 m/s
21.Vaqt birligida jism tezligining o’zgarishi tezlanish deb ataladi .
22. 9.81m/s2 23. Jismning bir marta aylanishiga ketgan vaqt aylanish davri deyiladi
24. a=
25. Har qanday jism unga boshqa jismlar ta’sir qilmaguncha o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi .
Masalalar : 1.Tezliklarni km/soatga aylantiring ;
2m/s , 5m/s , 15m/s , 40m/s
2.Taksida biz pulni yo’lga to’laymizmi yoki ko’chishgami?
Samolyotda bir shahardan ikkinchi shaharga uchganda-chi ?
3.Boshlang’ich tezligi 3m/s bo’lgan jism 0.4 m/s2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qilib 30s da qanday tezlikka erishadi ?
4. Boshlang’ich tezligi 30km/soat bo’lgan avtomobil 0.5 m/s2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qilib , 1 min davomida qancha yo’lni bosib o’tadi ?
5. Radiusi 12 sm bo’lgan charx diski 1 min da 1200 marta aylanmoqda . Charx aylanish o’qidan eng uzoq nuqtasining markazga intilma tezlanishini aniqlang ?
Masalalarga javoblar : 7.2 km/soat , 18km/soat , 54 km/soat , 144 km/soat