Daraxtsimon (ierarxik) modelda ob’ektlar yozuvlar ko`rinishida ifodalanadi. Ierarxik modelda ikki yarusdagi elementlar bog`langan bo`lsa, unday ma’lumotlar tarmoqli (to`rli) modelda ifodalangan deyiladi. Tarmoqli modellarda ham ob’ektlar daraxtsimon modellardagi kabi yozuvlar ko`rinishida tasvirlanadi. Ob’ektlarning o`zaro aloqalari yozuvlar o`rtasidagi aloqalar sifatida tavsiflanadi. Relyatsion modellarda esa ob’ektlar va ularning o`zaro aloqalari ikki o`lchovli jadval ko`rinishida tasvirlanadi. Ma’lumotlarning bunday ko`rinishda tasvirlanishi ob’ektlarning o`zaro aloqalarini yaqqol tasvirlanishiga asos bo`ldi.
Relyatsion ma’lumotlar bazasi.
Agar MB da ishtirok etadign jadvallar o`zaro bog`langan bo`lsa, bunday MO ni relyatsion turdagi MB deb atash qabul qilingan. Bunda jadvalni o`zaro bog`lash uchun umumiy xususiyatga ega bo`lgan unikal maydon tushunchasi kiritilgan. Ushbu tushuncha ba`zan MOning kalitli maydoni deb ham ataladi. Jadvalning bunday bog`lanishi bog`lanish sxemasi deyiladi. MO doimo o`zgarib turadi: o’nga yangi yozuvlar, borlariga esa elementlar qo`shiladi yoki o`chirib tashlanadi. Relyatsion ma`lumotlar bazasi quyidagi parametrlar bilan baholanadi:
Soddalik (Prostota).
Moslashuvchanlik (Gibkost).
Aniqlilik (Tochnost). Matematik aniq usullar bilan MO manipulyatsiya qilinadi.
Maxfiylik (Sekretnost).
Bog`liqlik (Svyazannost).
Bog`liqsizlik (Nezavisimost).
Ma`lumotlar bilan murakkab amallarni bajarish tili.
Ba’zan MB ishlatilish samaradorligini oshirish maqsadida uning tuzilishi ham o`zgartirilib turiladi. Bu holda MBning shajaraviy va tarmoqli modellari vujudga keladi. MBni tahlil qilish, uni to`ldirish, nusxasini olish kabi vazifalarni bajarish uchun maxsus dastur ta’minoti bo`lishi zarur. Bunday dastur ta’minoti MBBT deyiladi. Mazkur tizimlar bir vaqtning o`zida bir necha foydalanuvchiga xizmat ko`rsata oladi, ya’ni ma’lumotlardan bir vaqtning o`zida bir necha kishi foydalana oladi. Bunday MBBTlariga quyidagilar misol bo`la oladi: Clipper, Paradox, Foxpro. Bunday MBBTlardan Windows muhitida ishlash imkoniyatiga ega bo`lgan Microsoft Works 3.0, yangi zamonaviy “kliyent-server” texnologiya asosida oshlay oladigan SQL (Structured Query Language), Windows Solo, Oracle kabilarni keltirish mumkin. Ammo, bu turdagi MBBT juda qimmat bo`lganligi va katta resurs talab qilganligi uchun Microsoft firmasi Microsoft Office tarkibida (kichik va o`rta biznes hodilari uchun juda qulay va birmuncha arzon) Microsoft Access (Access 2.0 va Access-9x) ni (Access o`zbekcha “kirish”, “kalit” degan so`zlarga mos keladi) ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |