7 – mavzu: Jamiyat va inson falsafasi. Mavzu rejasi



Download 83,5 Kb.
bet10/19
Sana04.11.2022
Hajmi83,5 Kb.
#860155
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
7-мавзу. Жамият ва инсон фалсафаси

Ijtimoiy kichik tizim. Ijtimoiy ishlab chiqarishda mehnat taqsimoti va ixtisoslashish muqarrar tarzda ijtimoiy tabaqalanishga turtki beradi, o‘ziga xos vazifalarnigina bajaradigan, jamiyatda ma’lum mavqega ega bo‘lgan va o‘z manfaatlarini ilgari suradigan nisbatan mustaqil ijtimoiy birliklar va guruhlar vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, ijtimoiy tabaqalanish va odamlar o‘rtasidagi tengsizlik jamiyatning tabiiy holatidir.
Ijtimoiy tengsizlik vujudga kelishi va jamiyatning rivojlanishida mulk instituti alohida rol o‘ynagan. Mazkur institut vujudga kelishi bilan odamlarning mulkiy tengsizlik bilan bog‘liq tabaqalanishi kuchaygan. Alohida kasbiy faoliyat sifatida aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan kishilar paydo bo‘lgan. Mazkur jarayonlar mehnat taqsimotini faollashtirgan. Ayrim guruhlarning alohida ajralib chiqishiga, boshqalarining turli hamjamiyatlarga birlashishiga turtki bergan. Har qanday jamiyatning ijtimoiy tuzilishi mazkur jamiyat tarixining ma’lum davridagi muayyan-tarixiy ijtimoiy birliklar va guruhlarning o‘zaro munosabatlari, hamda mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi maxsus institutlar va muassasalar majmui bilan tavsiflanadi.
Ijtimoiy birliklar va guruhlar ijtimoiy tuzilmaning muhim elementi hisoblanadi. Ular kishilarning umumiy ijtimoiy belgilari mavjudligi bilan ajralib turadigan birlashmalaridir. Ijtimoiy birliklar va guruhlar turli asoslarga ko‘ra tasniflanadi. Jumladan, katta va kichik ijtimoiy guruhlar farqlanadi. Kichik guruh a’zolarining yaqinligi, aloqalarning mustahkamligi, munosabatlarning norasmiyligi, bevosita shaxsiy aloqalar o‘rnatilgani, umumiy qadriyatlar va xulq-atvor qoidalari amal qilishi bilan tavsiflanadi. Kichik guruhga korxona, muassasaning mehnat jamoasi, oila misol bo‘lishi mumkin. Jamoa – umumiy faoliyat, manfaatlar va xulq-atvor qoidalarining birligi belgisiga ko‘ra uyushgan kichik ijtimoiy guruh (masalan, mehnat, o‘quv, harbiy, sport kollektivlari). Oila – jamiyatning nikohga yoki qon-qarindoshlikka asoslanadigan muhim instituti. Oilaviy munosabatlar nasl qoldirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadigan va bolalarni tarbiyalash, ularga jamiyatning madaniy an’analarini singdirishga qulay zamin hozirlaydigan shaxslararo o‘zaro aloqalarning norasmiyligi bilan ajralib turadi. Oilaviy munosabatlar qarindoshlik aloqalari bilangina cheklanmaydi: ular oila a’zolarining bir-biri oldida o‘zaro ma’naviy javobgarligi, birgalikdagi mehnat va turish-turmush hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan va huquq bilan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlar bilan mustahkamlanadi. Katta ijtimoiy guruhlar – tarixiy rivojlanish jarayonida vujudga keladigan sinfiy, etnik, hududiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa guruhlardir. Ular shaxs va jamiyat hayotida juda muhim rol o‘ynaydi.

Download 83,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish