7 – mavzu: Jamiyat va inson falsafasi. Mavzu rejasi



Download 83,5 Kb.
bet9/19
Sana04.11.2022
Hajmi83,5 Kb.
#860155
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
7-мавзу. Жамият ва инсон фалсафаси

3-savol bayoni: Jamiyat hayoti tuzilmasining 4ta asosiy sohalari, ya’ni jamiyatning muhim kichik tizimlari: iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy kichik tizimlardir.
Iqtisodiy kichik tizim. Moddiy ishlab chiqarish. Iqtisodiy kichik tizim ishlab chiqarish faoliyati va kishilarning bu jarayondagi munosabatlari shakllarining majmuidir. Shu bois iqtisodiyot sohasi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishni o‘z ichiga oladi. Har bir jamiyat o‘z mavjudligi va rivojlanishi uchun zarur tabiiy boyliklarga ega. Ammo ijtimoiy boylik inson mehnati bilan yaratiladi.
Keng ia’noda, “iqtisodiy soha” deganda barcha ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni tushuniladi: ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi, iqtisodiyotning o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro ta’sirlari majmuidir. Iqtisodiy tizim moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishni hamda moddiy va ma’naviy xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.
Ma’naviy kichik tizim. Odamlarning ma’naviy faoliyati jamiyat mavjudligining zaruriy shartidir. Odamlar ongli mavjudotlar bo‘lib, ular o‘z tafakkuri bilan ijtimoiylikning barcha ko‘rinishlarini anglab yetadi. Bu jarayonda olimlar, rassomlar, jurnalistlar, turli partiyalar va harakatlarning mafkurachilari va shu kabilarning ixtisoslashgan kasbiy ma’naviy faoliyati muhim rol o‘ynaydi. Ularning nisbatan mustaqil kasbiy faoliyati ijtimoiy hayotning turli jabhalariga xizmat ko‘rsatadi.
Jamiyat ma’naviy kichik tizimining vujudga kelishi rang-barang ijtimoiy va shaxsiy ma’naviy ehtiyojlar bilan belgilanadi. Ularning eng muhimlari – ma’rifiy, axloqiy, estetik, diniy ehtiyojlardir. Ularni qondirish axborot va kommunikatsiya turli vositalarining mavjudligini nazarda tutadi. Axborot va kommunikatsiya ham shaxs va jamiyatning muhim ma’naviy ehtiyojlaridan biri hisoblanadi. Ma’naviy muloqotga bo‘lgan ehtiyoj ma’naviy ehtiyojlar orasida alohida o‘rin egallaydi. Jamiyatda bu ehtiyojlarni qondiradigan ma’naviy ishlab chiqarishning alohida tarmoqlari va institutlari asta-sekin vujudga keladi. Bular: fan, axborot va kommunikatsiya, ta’lim-tarbiya sohasi, adabiyot va san’at kabilar. Ular turli ma’naviy ehtiyojlarni qondirishni nazarda tutadi. Masalan, Fan, ya’ni ilmiy institutlar va olimlarning turli-tuman birlashmalari tabiat, jamiyat va insonni o‘rganish bilan shug‘ullanadi va shu tariqa odamlar faoliyatini ilmiy jihatdan ta’minlaydi.
Ijtimoiy ong ma’naviy kichik tizimning bosh bo‘g‘ini hisoblanadi. U bilimlar, g‘oyalar, qarashlar, fikrlar, dunyoqarashga doir mo‘ljallar, qadriyatlar va hokazolarning butun rang-barangligida namoyon bo‘ladi. Ong ijtimoiy hayotda ijtimoiy ong va individual ong ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy ong - jamiyatning ob’ektiv ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini, moddiy hayot sharoitlarini o‘zida aks ettiruvchi va uning ta’sirida shakllanadigan, jamiyatning umumiy ma’naviy hayot darajasini ifodalovchi his, tuyg‘u, odatlar va axloq, g‘oyalar va qarashlarning majmuidan iborat. Ijtimoiy ongning tuzilishi quyidagi ikki darajalarni o‘z ichiga oladi: kundalik ong va nazariy ong; ijtimoiy psixologiya (ruhiyat) va mafkura.
Ijtimoiy ong shakl va mazmun jihatidan rang-barangdir. Ijtimoiy ongning ilmiy, diniy, axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, falsafiy shakllari farqlanadi. Ular o‘zi aks ettiruvchi hodisalar mazmuni, moddiylashuv shakli va ijtimoiy funksiyalariga ko‘ra farq qiladi. Ijtimoiy ong shakllari ko‘p darajali tuzilmalar bo‘lib, o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lgan oddiy va nazariy darajalarni, ijtimoiy psixologiya va mafkurani o‘z ichiga oladi.

Download 83,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish