Tuzilish bir xil, farq esa miqyosda Intranetlarning qurilishi Internetnikiga о‘xshash. Ikkalasida ham mijoz-server tuzilishi
qо‘llaniladi. Internet va kichik intranet asosan kо‘lami bilan farqlanadi. Milliardlab
kompyuterlarning bir-biri bilan о‘zaro axborot almashishida vositachi bо‘layotgan Internet
konstruksiyasi juda murakkab. Dunyodagi barcha kompyuterlarning ulanishi uchun zarur
bо‘lgan tarmoqlarning miqdori hamda ularning bog‘lanishi uchun zarur bо‘lgan bir yо‘nalishga
soluvchilarning ishlash ketma-ketligini tushuntirish va sonini hisoblab chiqish qiyin. Intranet esa
bigga tashkilotdagi komyuterlar soni bilan chegaralangan. Bu borada hisob-kitobda ham
muammo bо‘lmaydi. Uning boshqarilishi ham oson va qulay. Shuningdek, “ulkan” va “ushoq”
tarmoqlarning asosiy farqlaridan biri serverlarning boshqarilishi bilan belgilanadi.
Internet va Intranet maqsadlari ham faoliyat kо‘lamiga monand. Global tarmoq, butun
dunyo miqyosida axborot almashishga yо‘l ochadi.