Korporativ
tarmoq
,
bitga tashkilot doirasida
bо‘lib, korporativ virtual maydonda asosan о‘sha kompaniya uchun muhim bо‘lgan hamkor va
raqiblarning ruyxati, buyurtmachilar haqidagi axborotlar aylanmasi ta’minlanadi. Intranet oddiy
foydalanuvchilar uchun yopiq. Bir yoki bir necha serverlardan tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi
elektron ma’lumotlar bazasi va fayllardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda qanday nom
bilan saqlanganligini, ularga kirish usul hamda shartlarini bilishi zarur. Masalan, kо‘pchilik
xolatlarda uning foydalanuvchilari maxsus paroldan foydalanishadi.
Internetda esa bunday
noqulayliklarning oldi olingan bо‘lib, asosiy kо‘layligi barcha uchun ochiqligidir. “Ulkan”
tarmoqning foydalanuvchisi unga kirish uchun qandaydir malumotlarni bilishi shart emas.
informator.ru saytida berilgan ma’lumotga kо‘ra, Intranet tuzilishi jihatidan VPN-
texnologiyasiga asoslangan. Intranetda global tarmoq protokollari, mijoz-server tuzilishi va boshqa
xususiyatlar mavjud. Masalan, veb- xizmat — HTTP, elektron pochta — SMTP, fayllar uzatuvchi
— FTP protokoliari ishlatiladi. Kompaniya ichida axborot almashinuvini optimallashtirishni
maqsad etgan internetchalar yaratilishi uchun Web internet serveri (HTTP(HTTPS) va pochta
serveri (SMTP/IMAP e-mail) kerak bо‘ladi.
Bundan tashqari, xabar almashinuvi uchun MSN
Messenger, Jabber, yangiliklar kiritilishiga NNTP, korporatsiya ichidagi aloqa faoliyatini
ta’minlashga VoIP serverlari zarur. Ularning barchasi bir butunlikda intranetni hosil qiladi.
Mazkur
texnologiyalar hoh katta, hoh kichik doirada bо‘lsin, korporativ axborot tizimida
ma’lumot va yangiliklar aylanishini ta’minlayveradi.
Intranetning kо‘plab qо‘layliklarni taqdim etayotgani zamon bilan ham nafas faoliyat
olib borayotgan korxona va firmalarning qiziqishiga sabab bо‘lmoqda. U hamkorlikda biror
loyiha doirasida olib borilayotgan
ish unumini oshiradi, axborot olishni osonlashtiradi, tarmoqni
istagancha tashkil etish imkonini beradi. Ammo Intranet undan foydalanuvchilarning global
tarmoqqa kirishini ta’minlash majburiyatini olmagan. Internetga kirish uchun Intranet mijozi yana
kо‘shimcha vositalardan foydalanishi kerak. Biroq bunday holatlarda
intranetdan xakerlarning
bemalol о‘z maqsadi yо‘lida foydalanishi mumkinligi esa uning asosiy kamchiliklaridan biridir.
Axboriy jamiyatda har bir sohadagi firma va kompaniyalarda doimiy axborot aylanmasi
kо‘payib bormoqda. Elektron xabarlar kuryer — xat tashuvchini ham, telefaksni ham siqib
chiqarmoqda. Ayni kunda Fapb davlatlaridagi
firmalarda vaqtni tejash, hamkorlikni kuchaytirish,
qog‘oz sarfi uchun harajatlarni tejash maqsadida intranetdan keng foydalanilmoqda. Internetdan
kichik, Intranetdan katga shakldagi yangi tarmoq — Ekstranetlarning paydo bо‘layotgani esa
insoniyatni “net”lar olamidagi ajabtovur о‘zgarishlar sari boshlamoqda. Kо‘rinib turganidek,
endilikda yagona tarmoq hisoblangan Internet bilan birga undan xajmi
jihatidan farqlanuvchi
“ukalari” Intranet va Ekstranetlar xam axborot olamiga jadal kirib bormoqda.
Nazorat savollar
1.
ARPANET nima?
2.
Yerning sun’iy yo'ldoshi fazoga nechanchi yilda uchirilgan va bu hodisa Internetning
yaratilish tarixi bilan qanday aloqadorlikka ega?
3.
Tarmoq birinchi galda qanday maqsadlarni ko‘zlab yaratilgan?
4.
Dastlabki tarmoq otalari deb kimlarni aytish mumkin?
5.
Internetning yaratilish tarixidagi asosiy sanalarni keltiring.
6.
Internetning ta'lim tizimida qo'llanilishi nimadan boshlangan?
7.
Internet 50 mln. auditoriyaga necha yilda erishdi?