8.7. Xonliklarda madaniy holat
Oʻtgan sulolalar kabi mangʻitlar, qoʻngʻirotlar, minglardan chiqqan namoyandalar ham oʻz davri va doiralarining oʻqimishli shaxslari boʻlgan. Masalan, Qoʻqon xoni Umarxon “Amiriy”, malika Mohlaroyim “Nodira”, “Komila”, “Maknuna”, Xiva xoni Muhammad Rahimxon II “Feruz”, uning akasi Otajon Toʻra Murod “Murodiy” taxallusida she’rlar bitgan. Abulgʻoziy Bahodirxon “Shajarayi turk”, “Shajarayi tarokima” kabi oʻzbek tilida asarlar yozgan. Fazliy, Mushrif, Gʻoziy, Afsus, Sodiq, Xijolat, Hoziq, Xotif, Mahmur, Gulxaniy kabi etuk qalam sohiblari Fargʻona vodiysida yashab ijod qilgan. Shuningdek “Afzal at-tavorix”, “Tarixi Umarxon”. “Risolayi askariya”, “Muntaxab at-tavorix”, “Tarixi Shohruxiy”, “Tarixi jahonnamoy”, “Xulosat al-axbor”, “Tasnifi gʻarib” kabi boshqa koʻplab tarixiy asarlar ham xuddi shu davrda Qoʻqon xonligi doirasida yaratilgan. Oʻsha davrdagi tarixiy asarlar orasida Toshkentning yangi tarixiga bagʻishlangan “Tarixi jadidai Toshkand” kitobi ham yozilgan.
Buxoro amirligida ham tarix yozishlik harakati toʻxtamagan. Bu yerda “Tuhfat al-xoniy”, “Tarixi amir Haydar”, “Fathnomayi sultoniy”, “Mangʻitlar xonodoni saltanati qisqacha tarixi”, “Oʻzbek nodshohlari zikri”, “Tarixi salotini mangʻitiya, oʻzbakiya va ashtarxoniya” kabi asarlar yaratilgan.
Xiva ham tarixiy asarlar bitish borasida o ziga xos markazga aylangan. Zikr qilingan “Shajarayi turk”, “Shajarayi tarokima”, Munisning “Firdavs aliqbol”, Ogahiyning “Riyoz ad-davla”, “Zubdat at- tavorix”, “Iqboli Feruziy”, Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy”, “Xorazm tarixi”, “Jome al-voqeoti sultoniy”, “Gulshan ad-davlat”, “Iqboli Feruziy” asanarining yozilganligi eng katta dalildir. Xivalik tarixchilar Mirxond, Xondamir, Yazdiy, Vosifiy, Rashi diddin, Binoiy, Sa’diy, Nizomiy, Xisraviy, Nosiriy, Darvish Ahmad, Mas’udiy asarlarini arab va fors tillaridan oʻzbekchaga oʻgirganlar. Xiva olimlari va tarixchilari oʻz asarlarini yangi oʻzbek tilida yozib, tarixshunoslikka katta hissa qoʻshganlar. Xiva xonligida doston kuylovchilar – “baxshilar” koʻp boʻlgan. Bu xonlik hududida turkmanlar, qoraqalpoqlar ham yashashgan. Ularda ham “baxshilar” boigan. Ular oʻz baxshilarini jirlovchilar deb atagan.
Xullas, xonliklar davrida ajdodlar sun’iy sugʻorish ishlari, qurilish, dehqonchilik, hunarmandchilik, fan va madaniyat, savdo, tashqi aloqalar (Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Xitoy, Rossiya va boshqalar) masalalarida toʻxtab qolmaslik harakatlarini qilgan. Undan oldingi oʻtmish madaniyatini nazarda tutsak, kelayotgan fan va texnika asrida taraqqiyotning oldingi saflarida turishlari uchun ularning potensial imkoniyatlari bor edi. Ammo davlat siyosatida, yakkahukmdorlik asosida qurilgan ijtimoiy-siyosiy tizimdagi yetakchi kuchlar-xon-u amirlar, bek-u amaldorlar faoliyatida ana shu zamonaviy taraqqiyot asoslarining inkor etilishi, ulardan milliy manfaat yoiida foydalana bilmaslik, oʻz tor doiralarida oʻralashib qolishlik, dunyo miqyosida fikrlashning yoʻqligi pirovardida qimmatga tushdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |