7- mashg’ulot. FAVQULODDA VAZIYATLARDA IQTISODIYOT TARMOQLARINING BARQARORLIGINI TA’MINLASH
Ishdan maqsad:
- Iqtisodiyot tarmoqlari barqarorligini oshirishning mazmun-mohiyatini o’rganish.
- Iqtisodiyot tarmog’ining barqaror ishlashini oshirish muammolari yuzasidan tadbirlar ishlab chiqishni o’rganish.
- Iqtisodiyot tarmog’ining barqarorligini oshirish uslublarini o’rganish.
Ma’lumki, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash, har qanday favqulodda vaziyatlarda (harbiy va tinchlik davrlarida) fuqarolar muhofazasining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlari barqarorligi deyilganda, ularning rejalashtirilgan miqdorda sifatli mahsulotlarini ishlab chiqarishi yoki biror avariya natijasida shikastlangan ishlab chiqarish korxonalarida juda qisqa vaqt ichida tiklash ishlari tushuniladi. Iqtisodiyot obyektlarining barqaror ishlashi shu tarmoqlar joylashgan mintaqaga va uning meteorologik sharoitlariga bog’liq bo’ladi. Chunki mintaqada xavfli tabiiy ofatlar (zilzilalar, yer, qor ko’chkilari, sellar, suv toshqinlari, kuchli shamollar va boshqalar) natijasida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlash darajasini pasaytirish mumkin. Iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashiga yana quydagi omillar: obyektning qurilish xarakteri, obyekt atrofida joylashgan xavfli korxonalr, ishlovchilar soni, obyekt o’lchami va xarakteri, imorat va inshootlarning qurilish tavfsifi, ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi, qo’llaniladigan texnologiyalar, qo’llaniladigan KTZMning xususiyatlari va boshqalar ta’sir qiladi. Mana shu omillarni o’rganish asosida obyektning barqarorligiga baho berishi mumkin.
Iqtisodiyot tarmoqlarining favqulodda vaziyatlarda barqaror ishlashini ta’minlashda quyidagi tadbirlar bajariladi:
1. Iqtisodiyot tarmoqlariga yaqin joyda yashovchi aholining hayotini muhofaza qilish;
2. Shikastlangan hududlarda qutqaruv va birlamchi tiklov ishlarini o’tkazish;
3. Tashkiliy, ilmiy-tadqiqot, texnologik va muhandislik-texnik tadbirlari kompleksini o’tkazish.
Iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini pasayishiga quyidagi omillar sabab bo’lishi mumkin. Jumladan: ishlab chiqarish tarmog’ida boshqaruv; mehnat va ishlab chiqarish intizomlarining bo’shashishi oqibatida; texnika va texnologiyalarning eskirishi oqibatida; xavfli kimyoviy moddalarni tashish, saqlash va ishlatish qoidalarining buzilishi hamda atrof-muhitga zaharli chiqindilarni chiqarilishi oqibatida; davlat nazorat organlari va inspeksiyalar ishini talabchanligining pasayib ketishi; harbiy mojarolar va terrorchilik harakatlari sodir bo’lish ehtimolida va boshqalar.
Yuqoridagi omillar nafaqat inshootlarning barqarorligini ta’minlaydi, balki ularning darajasini ham oshiradi. Shu sababdan ham hozirgi davrda tinchlik davrdagi favquloddagi vaziyatlarda sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash katta ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, xalq xo’jaligi tarmoqlarining barqarorligiga 5 ta omillarni qo’llash orqali erishish mumkin:
a) O’z vaqtida ogohlantirish;
b) Himoya inshootlaridan foydalanish;
v) Yakka tartibda saqlovchi va tibiiy vositalardan foydalanish;
g) Evakuatsiyani qo’llash;
d) Xom-ashyo, materiallar, elektr quvvati, gaz, suv bilan ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |