7- ma’ruza. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport o’yinlari


Tayyorlov fazasi – asosiy fazani bajarish uchun juda qulay sharoit yaratadi. Masalan, irg‘itishda qo‘lni va tanani orqaga tebratish. 2



Download 32,09 Kb.
bet3/3
Sana07.03.2022
Hajmi32,09 Kb.
#486132
1   2   3
Bog'liq
7-Ma'ruza BJT

1. Tayyorlov fazasi – asosiy fazani bajarish uchun juda qulay sharoit yaratadi. Masalan, irg‘itishda qo‘lni va tanani orqaga tebratish.
2. Asosiy faza – muhim harakat vazifasini hal etishga yo‘naltirilgandir. Masalan, uloqtirishda to‘pni otishga xizmat qiladi. Asosiy faza mashqlarni bajarish usulining mohiyatini tashkil etadi.
3. Yakunlovchi fazaning vazifasi harakatni to‘xtatish va muvozanatni saqlash, uzoqqa uloqtirgandan so‘ng chiziqni kesib o‘tmaslik, yugurib kelib uzunlikka sakragandan so‘ng yiqilmaslikdan iboratdir.
Uchchala faza chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir-birini davom ettirib bir butunlikda bajariladi.
Fazoviy tavsifnomasi. Barcha jismoniy mashqlar fazoda bajariladi. Fazoviy tavsif o‘z ichiga dastlabki holat, mashqlarni bajarish paytida gavda va uning qismlarini holatini, traektoriyasini oladi
Dastlabki holat (DH) – bu gavda qismlarining mashqlarni bajarish arafasida nisbatan harakatsiz holatidir, u harakatga tayyorgarlikni ifodalaydi.
Dastlabki holatni o‘zgartirib, tana holati qismlarini ketma-ketligini o‘zgartirib organizmga ta’sir etuvchi jismoniy yuklanishlarni to‘g‘ri boshqarib olib borishga ham imkoniyat yaratadi.
Harakat traektoriyasi – ya’ni tana holati harakatlanayotgan gavda qismining yo‘nalishi traektoriya deyiladi. Traektoriyada shakl, yo‘nalish va amplituda aniqlanadi.
Tana qismi yoki buyumni o‘tish yo‘lini traektoriya (yo‘nalish) deb ataladi. Shakli jihatidan hamma harakatlar to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli yo‘nalishda bo‘ladi. Boksda va qilichbozlikda to‘g‘ri chiziqli harakatlarni uchratish mumkin. Qolgan hamma mashg‘ulotlarda, sport turlarida faqat egri chiziqli harakatlarni ko‘rish mumkin.
Harakat yo‘nalishi. Jismoniy mashqlarning ayrim muskullar rivojlanishi va harakat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarilishiga (nishonga tekkizish) harakatlanayotgan gavda, uning qismlari (yoki buyumga) beriladigan yo‘nalishga bog‘liq. Kishi gavdasining asosiy yunalishlarini quyidagicha atash qabul kilingan: yuqoriga-pastga, oldinga-orqaga, o‘ngga-chapga.
Harakatlar amplitudasi – bu gavda qismlari o‘zgarishi yo‘lining kattaligidir. Ular burchak kattaliklari (graduslar) chiziqli o‘lchovlar (qadam uzunligi), shartli belgilar (yarim cho‘qqayishlar) yoki tashqi chamalasi (polga tekkuncha engashishlarda) bilan belgilanishi mumkin.
Harakatlar amplitudasi suyak, bo‘g‘in, pay va mushaklarning elastik tuzilishiga bog‘liq.
Fazoviy – vaqt tasnifi (xarakteristikasi). Bunga: Tezlik va tezlanishlar kiradi.
Harakat tezligi gavda yoki uning qismlari bilan bosib o‘tilgan yo‘l ko‘lami (uzunligi) ning unga sarflangan vaqtga nisbati bilan belgilanadi. Agar tezlik yo‘lning barcha nuqtalarida bir xil bo‘lsa, bu harakatni tekis harakat deyiladi, agar u o‘zgarib tursa, notekis harakat deyiladi. Tezlikning vaqt birligidagi o‘zgarishi tezlanish deyiladi.
Vaqt xarakteristikasi. Mashq va uning elementlarini bajarish davomiyligi, ayrim statik holatlar hamda harakat sur’ati vaqt xarakteristikasi hisoblanadi. Texnikaning ayrim elementlari turli vaqtda bajariladi (irg‘itish vaqtidagi harakat otish holatiga qaraganda sekinroq). Turli mashqlarni bajarishga turlicha vaqt sarflanadi.
Sur’at – harakat davri yoki harakat miqdorining vaqt birligida takrorlanish tezligi chastotasi tushuniladi.
Masalan: yurish sur’ati dakikaga 120–140 qadam. Harakat sur’atining o‘zgarishi jismoniy yuklama kuchayishi yoki kamayishiga olib keladi.
Ritmik xarakteristika. Ritm – mushak kuchlanishi va bo‘shashining navbatma-navbat almashinuvidir. O‘zlashtirilgan harakatlarda ritm turg‘un xarakterga ega. Ritmik harakatlar oson bajariladi, shuning uchun ham charchov hosil qilmaydi.
Dinamik xarakteristika. Jismoniy mashqlarni bajarishga juda ko‘p omillar, jumladan ichki va tashqi kuchlar ta’sir etadi.
Ichki kuchlarga tayanch harakat apparatining sust kuchlari (mushaklarning elastikligi, yopishqoqligi): harakat apparatining faol kuchlari (mushaklarning tortilish kuchlari), kuchlar (tezlanish bilan harakat qilish jarayonida tana ayrim qismlarining o‘zaro ta’sir natijasida vujudga keladigan kuchlar) kiradi.
Tashqi kuchlarga inson tanasiga tashqaridan ta’sir etuvchi kuchlar: o‘z tanasining og‘irlik kuchi, tashqi muhitning qarshilik kuchi (havo, suv, qum, yer) va tabiat jismlari (buyumlar, juft mashqlardagi raqiblar) ning qarshilik kuchi, sport jihozlari (to‘ldirma to‘p, gantellar) ning og‘irlik kuchi, inersiya kuchi kiradi.
Jismoniy mashqlarning turlari. Bolalar bog‘chasida jismoniy tarbiyaning asosiy mazmunini jismoniy mashqlar tashkil etadi. Ular quyidagi jismoniy mashk turlaridan iborat bo‘ladi:
1. Gimnastika.
2. Harakatli o‘yinlar.
3. Sport mashqlari.
4. Oddiy turizm.
Gimnastika – oddiy va murakkab mashqlarning g‘oyat xilma-xilligidir. Gimnastika jismoniy tarbiya tizimida katta o‘rin tutadi. U sog‘lomlashtirish yoki umumrivojlantiruvchi (asosiy, gigienik, atletik) gimnastika, sport-akrobatikasi, kasbiy, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, amaliy gimnastika, ishlab chiqishdagi gimnastika, davolash gimnastikasi turlariga bo‘linadi. 3
Gimnastikaning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud gavdani turli qismlari, ayrim bo‘g‘inlar va ular faoliyatining turli tomonlari va holatiga tanlab ta’sir etish (mushaklarning bo‘shashishi, cho‘zilishi), jismoniy yuklanishni taqsimlash imkoniyati, sport anjomlari va sport inshoatlaridan foydalanish, mashqlarni musiqa jo‘rligida o‘tkazish, mashqlarning rang-barangligi. Gimnastikaning bu xususiyatlari undan xilma-xil vazifalarni hal etish uchun barcha yoshdagi, salomatligi, jismoniy tayyorgarligi turlicha bo‘lgan kishilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda foydalanish imkonini beradi. Harakatli o‘yinlar. Bu turli emotsional harakatlardan iborat murakkab faoliyatdir. Bu faoliyat belgilangan qoidalar asosida to‘satdan o‘zgaradigan sharoit va vaziyatlarda bajariladi. Gimnastikadan farqli o‘laroq, o‘yinlarni o‘tkazishda jismoniy yuklanishlarni taqsimlash qiyin bo‘ladi.
Harakatli o‘yin shug‘ullanuvchilar faoliyatini tashkil etish va boshqarish xususiyatlari bilan farqlanadi.
O‘yin davomida to‘satdan o‘zgaradigan vaziyatlarda harakat qilish va tezkorlik, chaqqonlik (chalg‘itish, «tuzoq» dan qochish kabi jismoniy fazilatlar namoyon bo‘ladi.
O‘yin paytida bolalar faoliyati obrazli syujet yoki o‘yin vazifalari asosida tashkil etiladi va bu bolaning jismoniy mashqlarni ishtiyoq bilan va uzoq muddat bajarishi uchun ijobiy hislar uyg‘otadi. Bu o‘z navbatida ularning organizmga ta’sirini kuchaytiradi, chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi.4
O‘yin qoidalariga rioya qilish, axloqiy fazilatlar (o‘zaro yordam, ongli intizom) ni tarbiyalashga yordam beradi. O‘yin faoliyatida majmua xarakteriga ega turli harakatlar uyg‘unligi (yugurish, sakrash) ko‘riladi.
O‘yinlardan ayniqsa maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ishda foydalanish yaxshi natijalarni beradi.
Sport mashqlari. Sport jismoniy mashqlarning biror turida yuqori muvaffaqiyatga erishishga yo‘naltirilgani bilan xarakterlanadi, kishining ma’naviy va jismoniy kuchlariga yuksak talablar qo‘yadi. Shuning uchun u faqat muayyan yosh bosqichining rivojlanish darajasidagina qo‘llanishi mumkin. Bu esa jismoniy tayyorgarlik va sog‘ligiga muvofiq keladigan sharoitni talab qiladi.
Sport jismonan kamol topishga xizmat qiladi va ma’naviy irodaviy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Shuning uchun sport bilan shug‘ullanish ayniqsa, kishi organizmining hamda inson shaxsining shakllanish davrida foydalidir.
Texnika asoslarini shakllantirish va jismoniy tarbiyaning xilma-xil vazifalarini hal etish maqsadida maktabgacha yoshidagi bolalar bilan ishlashda turli gimnastika mashqlari (saflanish, umumrivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar), sport mashqlari (chang‘ida yurish, konkida, chanada uchish, velosiped haydash, suzish…) sport o‘yinlari stol tennisi, badminton, gorodki.) dan foydalaniladi. Buning natijasida jismoniy mashqlar va keyingi yosh bosqichida xilma-xil sport turlari bilan shug‘ullanish uchun asos yaratiladi.
Oddiy turizm. Turizm harakat ko‘nikmalarini mustahkamlashga va tabiiy sharoitlarda jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga imkon beradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan turli harakat usullaridan foydalangan holda (piyoda yurish, chang‘ida, velosipedda yurish) maydonchadan tashqariga, shahar tashqarisiga sayrlar uyushtiriladi. Sayr chog‘ida yo‘l-yo‘lakay turli mashqlarni bajarish mumkin (to‘nkalardan sakrash, arqondan sakrash, koptok o‘ynash, harakatli o‘yinlar).
Jismoniy mashqlarning ochiq havoda bajarilishi ularning sog‘lomlashtirish samaradorligini oshiradi.
Nazorat savollari:
1. Jismoniy tarbiya vositalariga xarakteristika bering.
2. Jismoniy mashqlarni bajarish texnikasi nima?
3. Jismoniy mashqlarni turlarini ochib bering?
4. Jismoniy mashqlarning paydo bo‘lishi.
5. Harakatlarga o‘rgatishda didaktik tamoyillarni qo‘llanilishi.
6. Bolalarni jismoniy mashqlarga o‘rgatish bosqichlarini ochib bering?


1 Настольная книга учителя физической культуры / Под ред. Л.Б.Кофмана. — М., 1998.

2 Матвеев Л.П., Новиков А.Д. Теория и методика физического воспитания. Учебник для ин-тов физ. культуры. Изд 2-е. испр. и доп. (в 2-х т.). М.: «Физкультура и спорт», 1976.

3 Матвеев Л.Р. Теория и методика физического воспитания. Учебник. Москва «Физкультура и спорт» – 2005.

4 Матвеев Л.П., Новиков А.Д. Теория и методика физического воспитания. Учебник для ин-тов физ. культуры. Изд 2-е. испр. и доп. (в 2-х т.). М.: «Физкультура и спорт», 1976.

Download 32,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish