2-rasm. Etalon namunalar
O‘lchashni bajarish
Paxta tolasining rangi va tashqi ko‘rinishini aniqlash maxsus
jihozlangan klassyor xonalarida bajariladi.
Operator sinalayotgan
namunani klassifikator stoliga, tashqi ko‘rinish etalon namunalari (34-
rasm) joylashgan quti bilan yonma-yon qo‘yadi va solishtirma yo‘li
bilan ko‘proq yaqin keluvchi etalon namuna topiladi. Keyin operator
sinalayotgan namunani yuqori va pastki bo‘laklarga ajratadi (kitob
shaklida ochib) va namunaning ichki yuzasini
etalon namunalar bilan
solishtiradi. Agar namunaning tashqi va ichki yuzalar rangi hamda
tashqi ko‘rinishi muvofiq kelmasa, baholash
natijasi sifatida past
ko‘rsatkich olinadi.
Tabiiy yorug‘likda sinash usuli
Paxta tolasining rangi va tashqi ko‘rinishini tabiiy yorug‘likda
aniqlashda operator soya joyda bo‘lishi kerak. Klassifikatsiya stoli
shunday
joylashgan
bo‘lishi
kerakki,
operator
namunalarni
tekshirayotgan vaqtida yorug‘lik manbaiga teskari qarab turishi kerak.
Operator atrofida nur taratuvchi, nur qaytaruvchi ko‘zgu
va yaltiroq
bo‘yalgan jismlar bo‘lmasligi kerak. Tolaning shtapel uzunligi klassyor
qo‘lda aniqlaydi.
Namunani etalon namunalar bilan solishtirish arbitraj usuli bilan
bajariladi.
Shtapel uzunlikni aniqlashning klassyor usuli
6-10 g massali qatlam tola ikkala qo‘lning bosh va ko‘rsatkich
barmoqlar orasiga shunday qisiladiki, bunda
qatlamning chetki erkin
qismi musht orasida bo‘ladi, bosh barmoqlar orasida 1-1,5 sm masofa
bo‘lishi kerak (13- rasm).
Mahkam qisilgan qatlam sekin-astalik bilan tolalar uzilishiga yo‘l
qo‘ymay ikki qismga bo‘linadi. O‘ng qo‘ldagi qism tashlab yuborilib,
chap qo‘lda qisilgan qismdan ozod tolalar olib tashlanadi va bir vaqtda
qisilgan tolalar uzunlik bo‘yicha silliqlanadi.
Chetki
qismi tekislanib, o‘ng qo‘lning bosh va ko‘rsatkich
barmoqlari bilan taramchadan uchlari 2-3 mm chiqib turgan tolalar
tortiladi. Taramcha sekin-astalik bilan tortiladi,
natijada tolalar
to‘g‘rilanadi. Taram tayyorlash uchun asosan uch-to‘rt taramcha
tortiladi, bunda tola chekkalari bir chiziqda yotishi kerak.
Chap qo‘ldagi tolalar tashlab yuboriladi va shu qo‘l bilan o‘ng
qo‘ldagi taram tolalar silliqlanib, qisilmagan
erkin tolalar olib
tashlanadi.
So‘ngra o‘ng qo‘ldan chap qo‘lga tola uchlari tekislangan holatda
taram olinadi.
Tayyorlangan taramning shtapel uzunligi shu operator tomoni-dan
standart namunalardan tayyorlangan taramlar bilan solishtirib aniqlanadi
yoki taramning o‘rtasidan chizg‘ichda o‘lchanadi.
Klassyor usulida uzunlikni aniqlash uchun ikki marta shtapel
tayyorlanadi va uzunligi o‘lchanadi, agar natija bir-biridan farqli chiqsa,
uchinchi bor o‘lchanadi va yakuniy natija qilib uchta o‘lchashning
o‘rtachasi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: