Atmosferadagi barqaror gazlar miqdori:
nitrogen (N2): 78,08 foiz;
kislorod (O2): 20,95 foiz;
argon (Ar): 0,93 foiz;
neon (Ne): 0,0018 foiz;
geliy (He): 0,0005 foiz;
vodorod (N2): 0,00006 foiz;
ksenon (Xe): 0,000009 foiz.
Atmosferada o‘zgarib turadigan gazlar miqdori:
suv bug‘i (N2O): 0-4 foiz;
karbonat angidrid (SO2): 0,037 foiz;
metan (SN4): 0,00017 foiz;
azot oksidi (N2O): 0,00003 foiz;
ozon (O3): 0,000004 foiz:
zarralar: 0,000001;
xlorftouglerodlar (CfCs): 0,00000002 foiz.
Atmosferada juda kam miqdorda mavjud bo‘lgan gazlar:
ksenon (Xe): 0,09 foiz;
ammiak (NH3): 0,02 foiz;
oltingugurt (SO2): 0,02 foiz;
vodorod sulfat (H2S): 0,002 foiz;
frmaldegid (CH2O): 0,01 foiz;
azot dioksidi (NO2): 0,003 foiz va hokazo
33-savol
XX asrning ikkinchi yarmida atmosferaning ifloslanishi to‘g’risidagi masala dolzarb global masalalardan biriga aylandi. “Atmosferaning ifloslanishi” tushunchasiga berilgan ko‘plab ta’riflarni umumlashtirgan holda unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: atmosferaning ifloslanishi- atmosferaning quyi qatlamlarida kishilarning salomatligi, o‘simlik va hayvonot dunyosi uchun xavfli bo‘lgan , tabiiy muhitning inson hayotiy va ishlab chiqarish faoliyati uchun nomaqbo‘l yo‘nalishlarda o‘zgarishiga olib keladigan miqdordagi zararli moddalarning to‘planishidir.
Atmosferaning tarkibi tabiiy va inson faoliyati bilan bog’liq bo‘lgan (antropogen) omillar ta’sirida o‘zgaradi.Tabiiy o‘zgarishlar litosfera, gidrosfera va biosferadagi o‘zgarishlar bilan bog’liq. Masalan, vulkanlarning faoliyati, cho‘llarda qumlarning to‘zishi va uchirilishi, o‘simliklarning gulchanglari, okeanlarning har xil tuz zarrachalari va boshqa chang zarrachalari atmosferada mavjud bo‘lgan changlarning tabiiy manbalaridir.
Yerda odamning paydo bo‘lishi bilan bog’liq holda atmosferada antropogen o‘zgarishlar va havoning ifloslanishi sodir bo‘la boshladi. Atmosferaning mahalliy miqyoslarda ifloslaaaaaaanishi anchadan buyon ma’lum bo‘lsada, XX asrda umumbashariy miqyosdagi dolzarb muammoga aylandi.
Kosmik tadqiqotlar atmosferaning 20 km va undan ham balandroq qismlari, ya’ni butun troposfera va stratosferaning quyi qismlari ifloslanganligini ko‘rsatdi.Troposferaning quyi qatlamlariayniqsa sezilarli ifloslangan. Atmosferaning ifloslanishi antropogen manbalardan chiqarilayotgan gazlar (90% gacha ) va aerozollar (10%) tufayli sodir bo‘lmoqda.Gazdan va undagi muallaq erkin zarrachalardan , qattiq jismlarning zarrachalaridan va suyuqlik tomchlaridan tashkil topgan birikmaga aerosol (yunoncha air- havo;nemischa sol- erituvchi)deyiladi.
Atmosferaga chiqariladigan gazlar va aerozollar tarkibida 160 ga yaqin zararli moddalar borligi aniqlangan.Sanoatda va aholiga xizmat ko‘rsatish doirasida foydalaniladigan ko‘pgina moddalar zaharli bo‘lganligi tufayli ularni atmosferaga chiqarish jahon mamlakatlarining katta qismida ta’qiqlangan. O”zbekistonda ham havoda zaharli moddalarning miqdori maxsux sanitariya me’yorlari bilan tartibga solib turiladi. 4-jadvalda atmosferaning ifloslanishiga sabab bo‘ladigan asosiy moddalar ko‘rsatilgan
Transport, sanoat, issiqlik stansiyalari va shuningdek, aholi manzilgohlari, harbiy harakatlar, sinov maqsadlarida o‘tkaziladigan yadroviy portlatuvlar atmosfera ifloslanishining asosiy antropogen manbalaridir.
Transport (lot. transportara eltish, tashish, harakatlanish) – atmosfera ifloslanishining asosiy antropogen manbasidir. Jahon avtomobil parkida hozirgi paytda 400 mln. ga yaqin avtomobillar bor. Motorlarining ish quvvati o‘rtacha qilib olinganda har bir avtomobil havoga 0,2 t karbonat angidrid (CO2) va is (CO) gazini yil davomida atmosferaga chiqaradi. Bundan tashqari avtomobil (yun. autos o‘zi; lot. mobilis harakatlanadigan, qo‘zg’aladigan), motoridan (lot. motor harakatlanadigan) chiqadigan gazlarda azot oksidi, aldegidlar, oltingugrt gazi, ayrim og’ir metallar va aerozollar aralashmasi mavjud.
Taqribiy hisoblarga ko‘ra avtomobillar har yili atmosferaga 350-400 mln. t miqdoridagi gaz va aerozollarni chiqaradi.
Temir yo‘l, dengiz, daryo va aviatsiya transporti ham atmosferani ifloslovchi manbalardir. Masalan, 1 ta reaktiv motorli uchg’ich 1000km masofaga uchishda bir odam bir yilda iste’mol qiladigan kislorodni sarflagan holda atmosferani ham ifloslaydi.
Sanoat korxonalari ham atmosferani ifloslovchi ulkan manbalardir. Ayniqsa qora va rangli metallurgiya , sement sanoati , koks ishlab chiqarish va tog’-kon sanoati, neft va kimyo sanoatining ulushi atmosferani ifloslashda juda katta. Sanoat korxonalari atmosferaga chiqindilar bilan birgalikda turli kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan changlarni ,tutun, oltingugurt angidridi, uglerod birikmasi, ftor, azot, xlor va boshqa zararli moddalarni chiqaradi.
Atmosfera qobig'i quyidagi qatlamlarga bo'linadi:
1. Troposfera – er sirtida 0-15 km gacha, stratosfera – 15-50 km gacha, mezosfera – 50-80 km gacha, termosfera – 80-800 km gacha, ekzosfera – 800-1000 km dan yuqori.
39-savol
Inson tabiatdan oladigan barcha moddiy boyliklar — yer-osti boyliklari, suv, havo, tuproq, o‘simliklar, hayvonot olami va boshqalar tabiiy resurs (boylik) hisoblanadi.
O‘zbekiston tabiati va tabiiy boyliklarini muhofaza qilish —inson uchun zarur bo‘lgan qazilma boyliklardan oqilona foydalanish, suv va havoni toza saqlash, tuproqni eroziyadan saqlash, o‘simlik va hayvonot dunyosini tabiiy holicha asrab qolib, qayta tiklashni hamda xushmanzara joylar (sharshara, shovva, ajoyib manzaralar, buloq va boshqalar)ni tabiiy holicha saqlash kabilarni o‘z ichiga oladi.
Lekin hozir tabiatga inson xo‘jaligi faoliyatining ta’siri natijasida respublikamizning ba’zi okruglari (Orolbo‘yi, Surxon vodiysi, Quyi Zarafshon va Quyi Amudaryo)da ekologik holat yomonlashib bormoqda.
O‘zbekiston havosining ifloslanishida energetika, neft-gaz sanoati, transport, kimyo sanoati, metallurgiya sanoati, maishiy-kommunal xo‘jalikning hissasi katta. O‘sha korxonalar chiqarayotgan zararli birikmalarni 100 foiz desak, ular quyidagicha taqsimlangan.
O‘zbekistonda sanoat tarmoqlari va transportdan yiliga 2000 tonna atrofida iflos chiqindi (birikma)lar chiqarilib, uning 1300,1 tonnadan ortig‘i transport hisobiga to‘g‘ri keladi. Binobarin, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Andijon kabi katta shaharlar havosi ifloslanishining 80 foizi avtotransport hissasiga to‘g‘ri keladi. Yirik sanoat obyektlari joylashgan shaharlarda havoning ifloslanishida sanoatning hissasi katta. Natijada, Olmaliq, Angren, Navoiy, Andijon, Farg‘ona, Toshkent kabi shaharlar havosi oltingugurt, azot oksidlari, ammiak, vodorod ftorid va boshqa gazlar bilan ifloslangan.
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlari havosi Tojikistonning Tursunzoda shahridagi aluminiy zavodidan chiqqan zaharli ftor gazi bilan ifloslangan. Natijada, tumanlarda bolalar o‘limi ko‘paymoqda, uzum va mevali daraxtlarning bargi sarg‘ayib, qoramollar kasallanib, tishi to‘kilib
ketmoqda.
Respublikamiz havosini toza saqlash uchun korxonalarda zamonaviy tozalovchi inshootlar qurish zarur. Bunda havoni ifloslovchi moddalarni ushlab qolib, ulardan qayta foydalanish imkoniyati vujudga keladi.
Respublikamiz daryolari sanoat korxonalari, maishiy xizmat ko‘rsatish, sog‘lomlashtirish tashkilotlari, parrandachilik majmuyi va chorvachilik fermalaridan chiqqan suvlar hamda zovur suvlari bilan ifloslanmoqda.
Suv boyliklarini toza saqlashdagi asosiy vazifa o‘sha korxonalardan chiqayotgan iflos suvlarni tozalab, zararsizlantirib, so‘ngra suv havzalariga tashlashga erishishdan iborat.
O‘zbekistonning tuproq qatlamini eroziyadan saqlash, uning unumdorligini tiklash uchun kurashish kerak. Buning uchun ekinlarni sug‘orish qoidasiga rioya qilish, sug‘orishning ilg‘or usullaridan foydalanishga o‘tish zarur. Ekinlarning hosildorligini oshirish uchun ko‘proq organik o‘g‘itlar (go‘ng) dan foydalanib, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi biologic usul bilan kurashishga erishish zarur.
Respublikamiz havosining musaffo, xushmanzara yerlarining ko‘p bo‘lishi, avvalo, yashil o‘simliklarga, ayniqsa, o‘rmonlarga bog‘liq. Aholining o‘rmonlarga, ayniqsa, mevali (yong‘oq, pista, bodom, do‘lana va hokazo) va dorivor (zira, piyoz, anzur, qoraqand, oqqayin, yetmak va boshqa) o‘simliklarga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishi tufayli ular kamayib ketmoqda. Shu sababli dam oluvchilar, sayyohlar, o‘quvchilarga o‘simliklarni nobud qilmaslik, ularning mevasini, urug‘ini ruxsatsiz yig‘maslik kabi tushuntirish va targ‘ibot ishlarini keng olib borish zarur.
So‘nggi yillarda insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida (yerlarni haydash, yangi turar joylar barpo etish, yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanish, noto‘g‘ri ov qilish) hayvonlar soni va turi kamayib ketmoqda. Chunonchi, oqquyruq, jayron, laylak, xongul, arxar, burama shoxli echki (morxo‘r), qirg‘ovul, kaklik miqdori keskin kamayib ketdi. Ba’zi hayvonlar, jumladan, Turon yo‘lbarsi butunlay yo‘qolib ketdi.
O‘zbekiston tabiatining ko‘rkamligi uning hududida nodir tabiat go‘shalari (ajoyib soy, jilg‘a, buloq, sharshara, shovva, noyob daraxtlar, har xil jinslar, ochilib qolgan qoyalar, g‘orlar, korizlar, sardobalar va hokazolar)ni tabiiy holicha saqlab qolishga bog‘liq.
O‘zbekistonda turi, soni kamayib borayotgan noyob o‘simlik va hayvonlarni hisobga oluvchi ikki jildli «O‘zbekiston Qizil kitobi» nashr etilgan.
Uning birinchi jildiga noyob o‘simlik turlaridan Korovin shirachi, Turkiston yovvoyi noki, yovvoyi anor, Zarafshon piyozi, tog‘piyoz, O‘zbekiston lolasi, yovvoyi anjir, Omonqora va Buxoro astragali, yovvoyi uzum, chinnigul, mingdevona, sumbul, chilonjiyda, Chimyon lolasi, guli salim kabi o‘simliklar kiritilgan.
«Qizil kitob»ning ikkinchi jildidan shalpangquloq ko‘rshapalak, ko‘k sug‘ur, katta qo‘shoyoq, qo‘ng‘ir ayiq, Turkiston qunduzi, sirtlon, qoplon, gepard, xongul, jayron, Ustyurt qo‘yi, Buxoro qo‘yi, arxar, oq va qora laylak, qizil g‘oz, lochin, burgut, oq turna, echkemar, kapcha ilon kabilar o‘rin olgan.
O‘zbekiston tabiatini muhofaza qilishda qo‘riqxona, milliy bog‘ va buyurtmaxonalarning ahamiyati juda katta. O‘zbekiston hududida 2016-yil holatiga ko‘ra 8 ta davlat qo‘riqxonasi, 3 ta milliy bog‘, 12 ta buyurtmaxona, 1 ta biosfera rezervati hamda 3 ta parvarishxonalar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |