6ab-fizika



Download 1,77 Mb.
bet26/37
Sana30.06.2022
Hajmi1,77 Mb.
#720875
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Bog'liq
3-chorak-konspekt-2011

Uyga topshiriqlar. Darslikdan mavzuni o'qib kelish va "jevachka"lardan chiqqan mashina modellarini daftarga yopishtirish va ularga doir masalalar tuzish.
Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
6 -fizika
___.___2013yil


Mavzu: REAKTIV DVIGATEL. ISSIQLIK MASHINALARI VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH.
Darsning maqsadi:
― o'quvchilarda reaktiv dvigatel to'g'risida tushuncha hosil qilish;
― reaktiv harakat haqida tasavvurlarini shakllantirish;
― atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risida ma'lumotlar berish.
Dars materiallari:
1. Fizika darsligi.
2. Plakatlar.
3. Dvigatel modellari
Asosiy tushuncha va atamalar:
― reaktiv harakat;
― reaktiv dvigatel, turboreaktiv dvigatel;
― raketa dvigateli;
― tabiatni muhofaza qilish.
Darsning blok-chizmasi



Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

O`tilganlarni takrorlash

10 minut

3

Yangi mavzu mazmunini ro`yobga chiqarish ustida ishlash

20 minut

4

Darsni mustahkamlash

10 minut

5

Uyga topshiriqlar

3 minut

Darsning borishi:
1. O'tilganlarni takrorlash uchun o'quvchilarga savollar tashlanadi.
2. Issiqlik dvigatelining qanday turlarini bilasiz?
3. Bir silindrli ichki yonuv dvigatelining ishlash prinsipini tushuntirib bering.
4. Bug' turbinasi qanday ishlaydi?
5. Dizel dvigatelining ishlash prinsipini bilasizmi?
Og'zaki savol-javoblardan so'ng, reaktiv dvigatelning ishlash prinsipini tushuntirishga o'tish mumkin. Buning uchun xonada vodoprovod bo'lsa, reaktiv harakatni ko'rsatish mumkin (darslikda keltirilgan). Probirkaga suv solib og'ziga tiqin qo'yiladi. Oson otilib chiqishi uchun parafin yoki yog’ surkash mumkin. Probirka ikki chekkasidan osilib suvli qismi spirtovkada qizdiriladi. Bir ozdan so'ng hosil bo'lgan bug'lar ta'sirida tiqin otilib ketadi. Shunda probirka orqa tomonga harakat qiladi. Tajribada suv to’kilib hamma yoqni ho'l qilmasligi uchun suv miqdorini kamroq olish kerak. Reaktiv harakat prinsipi o’rganilganidan so’ng mavzuga doir qattiq yoqilg'ili dvigatel, turboreaktiv dvigatel faol ma'ruza usulida o'rganiladi.
Darsni mustahkamlash uchun savollar beriladi.
1. Mashinalar har yili texnik qarovdan o'tkaziladi. Bunda avtomobildan chiqayotgan tutun ham tekshiriladi. Nima uchun?
2. Qaysi ichki yonuv dvigatelida yonishdan chiqqan zaharli gazlar kam bo'lishi mumkin?
3. Qanday qilib issiqlik dvigatellarida yoqilg'ining to'la yonishiga erishish mumkin?
Bunday savol-javoblar orqali atrof-muhitni muhofaza qilish ham muhokama qilinadi.
Har biringiz rezina sharni puflab ko'rgansiz. Shishirilgan sharning og'zini bog'lamasdan qo'yib yuborsangiz, shar o'zini u yoq, bu yoqqa tashlab uchadi. Bunda sharcha qanday kuch ta'sirida harakatlanadi? Pufak sharchadan otilib chiqayotgan havo oqimi orqa tomonga harakat qilsa, uning aks ta'siri natijasida pufak shar oldinga harakat qiladi. Ta`sir kuchiga teskari yo'nalgan harakat reaktiv harakat deyiladi. Reaktiv dvigatel ham xuddi shunday ishlaydi. Dvigatelda yongan gazlar orqaga otilib chiqsa, dvigatelning o'zi oldinga harakat qiladi. Reaktiv dvigatel samolyotga, raketaga yoki poyga avtomobiliga o'rnatilishi mumkin. Ularning harakati reaktiv harakat natijasida bo'ladi. Bundan qariyb ming yillar ilgari porox dvigateli ixtiro qilingan. Ular hozirda qattiq yoqilg'ili dvigatel deb ataladi. Porox – ko'mir, oltingugurt va selitra aralashmasidan iborat. Selitrada yonish uchun zarur bo'lgan kislorod bor. Bunday dvigatellar harbiy va signal raketalarida o'rnatilgan (1-rasm).



1-rasm

Ulardan hozirgi zamon harbiy raketalarida ham foydalaniladi. Lekin ishlatiladigan porox tarkibi boshqacha. Reaktiv dvigatellarining ayrimlarida atrofdagi havodan foydalaniladi. Uni havo reaktiv dvigateli deyiladi. Havodan foydalanmaydiganlarini raketa dvigateli deb ataladi.O'tgan asrning 40-yillarida olimlar suyuq yonilg'ili reaktiv dvigatelni yaratdilar. Bunday dvigatelning yonish kamerasiga alohida baklardan suyuq yonilg'i va oksidlovchi yuboriladi (2-rasm).



2-rasm

Yonish kamerasida yongan yuqori temperaturali gazlar «soplo» dan otilib chiqib, raketani oldinga itaradi. Bunday dvigatellar hozirgi kunda raketalarni kosmosga olib chiqmoqda. Samolyotlar uchun havo reaktiv dvigatellari ixtiro qilingan. Ularda yonish uchun kerak bo'ladigan kislorodni havodan olinadi. Samolyotga o'rnatilgan dvigatel havoni tortib olib, uni yonish kamerasida kerosin bug'lariga aralashtiradi. Bunday dvigatelni turboreaktiv dvigatel deyiladi. Turboreaktiv dvigatelning soplosidan chiqayotgan gazning temperaturasi ~500ºC, tezligi ~550 m/s atrofida bo'ladi. Qiruvchi harbiy samolyot soatiga 1000 km uchishi uchun, uning dvigateli 13–14 ming ot kuchiga ega bo'lishi kerak. Shunday kuchga ega bo'lgan porshenli dvigatel massasi bir necha ming tonna bo'lar edi. Uning o'lchamlari juda katta bo'lib, samolyotga sig'magan bo'lar edi. Shunday quvvatli turboreaktiv dvigatel porshenli dvigateldan 3–4 marta kichik bo'ladi. Turboreaktiv samolyot qancha katta balandlikda uchsa, dvigatel shuncha yaxshi ishlaydi. Porshenli dvigatelda esa, aksincha.
Yuqorida ko'rib o'tilgan ichki yonuv dvigateli, dizel dvigateli hamda reaktiv dvigatellarida yonish mahsulotlari atmosferaga chiqariladi. Yonish mahsulotlari tarkibida esa zaharli gazlar juda ko'p bo'lganligidan atrof havoni ifloslantiradi. Havodan zaharli moddalar (ayniqsa qo'rg'oshin birikmalari) o'simliklarga o'tib, ularni ham iste'molga yaroqsiz holatga keltirishi mumkin. Shu sababli atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida avtomobillardan chiqayotgan gazlar tarkibida zaharli moddalarning bo'lishi chegarasi belgilab qo'yilgan. Yaxshi sozlangan dvigateldan chiqayotgan gaz (tutun) tarkibi belgilangan normada bo'ladi. Ularni avtomobilni texnik qarovdan o'tkazish va nazorat davrida maxsus xodimlar tekshirib turishadi.
AMALIY TOPSHIRIQ
Vodoprovod kraniga 20–30 sm uzunlikdagi rezina shlangni ulang. Shlang uchiga Γ shaklidagi metall yoki plastmassa quvur kiydiring. Suvni ochib, uning ko'p va kam miqdorlari uchun shlangning vertikaldan og'ishini taxminan belgilang (3-rasm). Hodisani tushuntiring.



3-rasm




Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish