Uyga topshiriqlar. Darslikdan 34-mavzuni o'qib kelish.
Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari. 6 -fizika ___.___2013yil
Mavzu:QATTIQ JISM, SUYUQLIK VA GAZLARDA ISSIQLIK UZATILISHI. ISSIQLIK O'TKAZUVCHANLIK. KONVEKSIYA. Darsning maqsadi: ― turli muhitlarda issiqlik uzatilish mexanizmini o'rganish;
― issiqlik o'tkazuvchanlik deb nomlangan fizik kattalik haqida tushuncha hosil qilish;
― konveksiya hodisasi bilan tanishtirish.
Dars materiallari: 1. Fizika darsligi.
2. Tajriba-namoyish uchun zaruriy jihozlar.
3. Doska, bo'r.
Asosiy tushuncha va atamalar: ― issiqlik o'tkazuvchanlik;
― konveksiya;
Darsning blok-chizmasi
№
Dars bosqichlari
Vaqti
1
Tashkiliy qism
2 minut
2
O`tilganlarni takrorlash va o`quvchilarni baholash
10 minut
3
Tajriba namoyish ko`rsatish
10 minut
4
Yangi mavzu mazmuni ustida ishlash
15 minut
5
Darsni mustahkamlash va uyga topshiriqlar
8 minut
Darsning borishi: O'rganiladigan yangi mavzu o'quvchilarning kundalik turmushida ko'p uchraydi. Lekin ular bu hodisaga e'tibor berib qaramagan bo'lishlari mumkin. Shu sababli dars muammoli savollar bilan boshlansa, o'quvchilarning mavzuga bo'lgan qiziqishlari ortadi.
1. Nima uchun pechkalarning mo'risi baland qilib qo'yiladi? 2. Nega derazaga fortochka yuqori qismidan qo'yiladi? 3. Nima sababdan beton uylar, g'ishtli uylarga qaraganda yozda issiq, qishda sovuq bo'ladi? 4. Nima sababdan choy metall piyolada ichilmaydi (chinni piyola bolali uyda tez-tez sinib turadi? Savollarga o'quvchilar bilganicha javob beradilar. Ularning javoblaridan so'ng tajriba-namoyishlar o'tkaziladi. Ular darslikda keltirilgan.
Konveksiyani tushuntirishda "tortim" degan tushunchani ham kiritish maqsadga muvofiqdir. Tortishni yaxshilash uchun nimalar qilish kerakligi to'g'risida munozara tashkil qilish mumkin.
Issiqlik o'tkazuvchanlik kattaliklari berilgan jadvaldan foydalanib o'quvchilarga konstruktorlikka doir masalalar topshirilishi mumkin.
Qor yoki muz isitadimi? degan savolga ko'pchilik yo'q sovutadi degan javob berishlari tabiiy. Lekin kuzgi ekinlar ustiga yoqqan qor xuddi ko'rpa kabi ularni sovuq urishdan saqlashi, xuddi shunday ko'l usti muzi, tashqi sovuqni suv ichiga yomon o'tkazishi haqida ma'lumotlar berilsa, o'quvchilar uchun qiziqarli bo'ladi. Imkoni bo'lsa karton qog'ozli idishga suv solib qaynatib ko'rsatish kerak. Bu bir fokus sifatida chiqadi.