O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
60
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA YANGI SO‘Z HOSIL BO‘LISHI
YO‘LLARI
Abdurashidova Sayyora Sirojiddin qizi
“TIQXMMI”MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar
instituti ingliz tili o‘qituvchisi.
sayyorasirojiddinovna@bk.ru
Annotatsiya
. Ushbu maqola o‘zbek tili va ingliz tilidagi so‘z
yasalishi
usullarini muhokama qiladi va misollar bilan yoritadi. Har bir til rivojlanishida
so‘zlarning yasalishi qoidalari mavjud. O‘zbek tilidagi so‘z yasalish usullari ingliz
tilidan farq qiladi. Derivatsiya tushunchasi zamonaviy tilshunoslikdan tashqari turli
sohalarda qo‘llanilib, boshqacha ma’nolarni beradi. Tilshunoslikda esa bu
tushuncha keng ma’noda qo‘llaniladi.
Kalit so‘zlar
: derivatsiya, affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya, fonetik,
semantik, prefikslar, suffikslar, konversiya.
Annotation.
This article discusses the methods of word formation in Uzbek
and English and illuminates with examples. Every language has its own derivation
for the development of words. Uzbek word formation methods are different from
English language. The concept of derivation is used in
different areas of modern
linguistics and gives different meanings. In linguistics, this concept is defined in a
broad sense.
Key words:
derivation, affixation, composition, abbreviation,
phonetic,
semantic, prefixes, suffixes, conversion.
So‘z yasаlishi, umumаn, qаndаy usul, qаndаy vоsitа bilаn bo‘lmаsin yangi
lеksik mа’nоli so‘z hоsil qilishdir. So‘z yasаlishi tilshunоslikning аyrim bir bo‘limi
sifаtidа so‘zlаrning
yasаlishini, yangi lеksik birlik hоsil qilishning qоnun-
qоidаlаrini, vоsitаlаrini, so‘z yasаlishi tаrkibini tеkshirаdi. Dеmаk, bu sоhаning
оbyеkti yasama so‘zdir. “Har bir til asosan o‘z lug‘at
boyligi va grammatik
qurilishi asosida o‘z taraqqiyot qonunlari bo‘yicha o‘sib, takomillashib boradi.
Bundan tashqari, xalqlar orasidagi iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqalar natijasida
bir til qurilishiga xos birliklar (asosan lug‘aviy
birliklar, qismangina fonetik va
grammatik birliklar) ikkinchi tilga o‘tadi, shu tilga singib, uning boyligiga
aylanadi. Shu nuqtayi nazardan yondashib hozirgi o‘zbek adabiy tili lug‘at
boyligida ikki qatlam ajratiladi: 1) o‘z qatlam, 2) o‘zlashgan qatlam” [
Rahmatullayev, 2006: 34].
Tilshunoslikda “derivatio” lotincha “derivatio” –
tayinlash, hosil qilish,
boshlangʻich sifatida qabul qilingan boshqa birliklar asosida hosila deb ataladigan
baʼzi til birliklarini yaratish jarayoni. Tor ma'noda, derivatsiya, masalan,
affiksatsiya yoki so‘z shakllanishi tufayli ildizning “kengayishi” kabi til birliklarini
shakllantirishning oddiy jarayonlarini anglatadi. Masalan, ingliz tilida “black” va
‘board” so‘zlarining qo‘shilishidan “blackboard” yasama so‘zi hosil bo‘ladi.