6-variant
1.O‘z-o‘zini tarbiyalash inson ontogenezining qaysi davridan boshlanadi?
O‘z-o‘zini tarbiyalash ma’lum bir aniq rivojlanish yo’lini bosib
o'tadi. Agar uni asosiy yosh pog‘onalari bo‘yicha qamrab oladi
gan bo’lsak, inson ontogenezidagi rivojlanish quyidagicha namo
yon bo’ladi:
Birinchi bosqich o‘z-o‘zini jismoniy va irodaviy tarbiyalash-
dir. Bu o‘smirlik davriga to‘g‘ri keladi. Insonning bu davrga xos
bo’lgan o‘z-o‘zini tarbiyalashdan maqsad iroda va jismoniy im-
koniyatlarni rivojlantirish bolib, jasurlik, chidamlilik, o‘z-o‘zini
boshqara olish, matonat, o‘z-o‘ziga ishonch kabi irodaviy sifat-
larni maxsus vosita va mashqlar orqali rivojlantirishdan iborat-
dir. Bu holat jismoniy rivojlanishga ham taalluqli bo’lib, shu sa-
babli ko'pgina bolalar bu yoshda jismoniy tarbiya va sport bilan
shug‘ullanishni boshlaydi.
Ikkinchi bosqich — o‘zini xulqiy-axloqiy rivojlantirish bo’lib,
ilk o‘spirinlik davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘z-o‘zini tarbi
yalash bo‘yicha ko‘proq kuzatiladigan maqsadlar — ruhiy, ma’naviy
rivojlanish, shaxsning to‘g‘rilik, yaxshilik, saxiylik, do‘stga sodiq-
lik, sadoqat, muruvvat kabi oliyjanob sifatlarni o‘zida mujassam-
lashtirishga intilishdir.
Uchinchi bosqich kasbiy o‘z-o‘zini tarbiyalash o‘spirinlik davriga
to‘g‘ri keladi. Inson hayotining bu davrini ishga bo‘lgan ishtiyoqni
o‘stirish deb qarash mumkin, unda kishining kasbiy zarur bolgan
kompleks sifatlarni rivojlantirish, qobiliyat, malaka, ko‘nikma, tan-
lagan kasbi bo‘yicha mahorat bilan ishlash uchun zarur bo’lgan
xislatlari shakllanadi. O‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirish maqsadi bu
davrda boshlanib, ko‘pgina kishilarda mustahkamlanib boradi va
uning hayoti davomida asosiy maqsadlardan biri bolib qoladi.
To'rtinchi bosqich — ijtimoiy-dunyoviy qarashlarda o‘z-o‘zini
tarbiyalashdir. Bu inson hayotining 40—45 yoshidan keyingi davri
hisoblanadi. Bu yerda o‘z-o‘zini rivojlantirish vazifasi ijtimoiy ho
lat, dunyoqarash, hayotga ma’lum nazar bilan qarash hisoblanadi.
Ba’zi hollarda beshinchi pog‘ona ham uchrab turadi, bunda
o‘z-o‘zini aktuallashtirish masalasi qo‘yiladi va hal etiladi.
Besh bosqichdan ikkitasi insonni o‘z-o‘zini tarbiyalashdagi
rivojlanishi o‘smirlik va yoshlikning ilk davriga to‘g‘ri keladi. Bu
davrlarda o‘z-o‘zini tarbiyalash inson xarakterini belgilab beradi.
O‘smir va o‘spirinlarga ularning jismoniy, ruhiy va axloqiy
o‘z-o‘zini tarbiyalashida qanday ko‘maklashish mumkin? Bu sa-
volga quyidagicha javob bersa bo’ladi: birinchidan, o‘z-o‘zini tar-
biyalashning birinchi belgilari paydo bo’lishi bilan ularning in-
tilishlarini faol qo’llab-quvvatlash va rag‘batlantirish lozim.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, albatta, o‘smirga
jismoniy o‘z-o‘zini tarbiyalashda katta yordam beradi.
2. 3 yoshdagi krizis: uning sabablari va namoyon bo‘lishi.
3 yoshdagi krizis: 3 yoshga kelib bola o‘zini kattalar bilan
taqqoslay boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bo’lgan (huquqi
bo’lgan), ular bajara oladigan harakatlarni bajarishga intila-
di. «Men katta bo’lsam mashina haydayman», «Men sizga kat
ta tort olib kelaman», «Mening yuzta qo‘g‘irchog‘im boladi» kabi
xohishlarini o‘z tili bilan ifodalaydi va u kelasi zamonda gapir-
sa ham o‘zining barcha xohishlarini shu bugun amalga oshirish-
ga harakat qiladi. Ko‘pincha bunday xislat qat’iylik va qaysarlik
bilan namoyon boladi. Bu qaysarlik asosan bolaning kattalarga
bildirgan salbiy xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Bola o‘zini
mustaqil harakat qila olishini anglagan vaqtdan boshlab, unda
«o‘zim qilaman» boshlanadi va bu yana qaysarlik va o‘jarlik tarzi
da ko‘rinadi. 3 yoshdagi inqiroz bola shaxsining ma’lum bir dara
jada rivojlanganligi va kattalar bajaradigan xatti-harakatlarni qi
la olmayotganligini anglashi natijasi hisoblanadi. Inqiroz davrida
yuzaga keladigan iroda, layoqat va boshqa bir qancha xususiyatlar uni shaxs bo’lib shakllanishiga tayyorlaydi.
Bolaning psixik rivojlanishini ta’minlovchi omillar va shart-sharoitlar
Bolaning psixik rivojlanishini ta’minlovchi omillar va
shart-sharoitlar bu irsiyat, muhit, bolaning shaxsiy faolligi, tarbiya va ta’limdir. Irsiyat bu organizmning o’z belgilari va xusisiyatlarini kelgusi avlodlarga o’tkazish, ya’ni organizmning o’ziga o’xshash nasllarni bunyod etish xossasi. Irsiyat tufayli avlodlararo moddiy va funksional ta’min etiladi. Irsiyat har hil turlarga mansub organizmlar belgi va xusisiyatlardagi tafovutlarning avlodlar osha shakllanib qolishini ham ta’minlaydi. Organizmlarning o’zaro o’xshashlik va qarindoshlik darajasiga binoan oila,urug’, tur kabi sistematik guruhlarga muayyan tartibda taqsimlanishining asosida ham irsiyat yotadi.
Muhit bu- bola tug’ulib o’sayotgan joy-makon, uning mahallasi, do’stlaridir. Bolaning pisixik rivojlanishida muhitning o’rni juda kata.
Bola tarbiya va ta’limni asosan ota-onasidan va maktabda o’qituvchilardan oladi. Bolaning psixik rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning yaxshi bo’lishiga ota-onalar va maktab pedagoglarining hissasi juda katta hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |