1.3 Atamashunoslik masalalari. Atamashunoslikning kelib chiqishi Avstriyalik olim Oygen Vyuster va atamashunos Dmitriy Semyonovich Lotte 1930 yillar dastlabki ishlarini chop etishgan. Hozirgi kunga kelib atamashunoslik nazariy masalalarini ishlab chiqish ustida bir qator milliy maktablar shug’ullanib kelmoqda – Avstriya Olmon, Rossiya, Chex maktablari maxsus leksikani ko’rib chiqish aspekti va yondashuvi bilan farq qiladi: tadqiqotlarning ahamiyati va ko’lami jihatida yetakchi sifatida Rossiya maktabini aytish hato bo’lmaydi. Ular qilgan ishlar natijasi 2300 dan ziyod himoya qilingan dissertatsiyalar tahminan 3500 atamalarni o’z ichiga olgan. Atamashunoslikda aks etadi. Dastlabki ishlar Reformatskiy A.A. M., 1959 Kutina L.L.M., 1966 Levkovskaya K.A., M., 1962 Chumakova O.P. M., 1965 Klimovskiy Ya.A. 1969. yaqin 10 yil ichida ham 40 dan ziyod ishlar mavjud bo’lib aynan texnik atamalar ustida tadqiqot ishlarini olib borgan: Leychek V.M. M., 2003, Monerko L.A. M., 2000 yil (Ryazan’) Kiyak T.R. M., 2006, Grinev –Grinevich S.V., M., 2006 Novodranova V.F. 2007, Tuchina I.A. M., 2003 Xrustalova M.A., Filipova A.A. M. 2007, Chumakova Yu.P., Gorkiy 1965, Kushinova A.V., M., 2004.
Atamashunoslik lug’atshunoslikning ajralmas qismi sifatida ko’plab tilshunoslarning tadqiqot maqsadi bo’lib kelmoqda ( B.M Pererva, Xojiyev X, S.G Barhudarov, V.G Petushkov, B.N Sergayev va boshqalar)
Keyingi yillarda mustaqillikka erishgandan so’ng bu sohaga bo’lgan qiziqish yanada ortdi. Respublikamizga ilmiy texnik informatsiyaning muddatli oqimi kirib kela boshladi. Iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarning kuchayishi; yanhgidan yangi qo’shma korxonalarning barpo bo’lishi, ishlab chiqarishda xorijning yuksk texnologiyalarini tadbiq qilishga bo’lgan intilishi atamalar tizimini sistemalashtirish va ma’lum sohalarga oid ikki yil yoki undan ortiq tilli lug’atlar tuzishga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Bu borada ko’plab izlanishlar olib borilgan, jumladan, V.P Danilenko, M.P Senkevich, Akobirov S, Hojiyev X 1976-yil Sobiq ittifoq ilmiy akademiyasining Sankt Peterburgdagi (oldingi Leningrad) ilmiy to’plamida ko’plab olimlarning atamashunoslikka bag’ishlangan ilmiy izlanishlari berilgan.
Darhaqiqat, kasb hunar atamalari birlamchi nominatsiya sifatida ma’lum soha mashinasozlik, tibbiyot, iqtisodning to’qimachilik muhandislikka oid tushunchalarni ifodalovchi so’z yoki so’z birikmalaridir. Atamalar tilda o’ziga xos leksik qatlamini tashkil qilib ma’no jihatidan neytral va emotsional, ekspressiv bo’yoqlardan holiligi bilan farq qiladi.
Turli tillardagi atamalar o’rtasidagi muqobillikni aniqlash, aniqrog’i atamalarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish hozirgi atamashunoslik sohasini dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Tarjimada muqobillikni aniqlash qat’iy, zaruriy talab bo’lib, bir tildan ikkinchi tilga atamani bir maromda o’girish tarjimondan chuqur bilim, katta mahorat, og’ir mehnatni talab etadi.
Ayrim atamalar u yoki bu tilda o’z mutanosiblikka ega bo’lmasligi, so’z ma’no va so’z shaklining yo’qligi tarjimon oldiga ko’p muammoni qo’yadi. Bu o’rinda izohli tarjimada foydalanish maqsadga muvofiqdir. Izohli tarjimada u yoki bu tilga transkripsion shaklda o’giriladi, ya’ni so’zma so’z shakli bilan birgalikda berilib uning manosi izohlanadi. Kalandieren vt каландироватъ (gazmol yoki teri sirtini silliqlash , yoyish, (chig’iriqli mashina)
To’qimachilik sohasiga atamalarning semantic strukturasiga ko’ra tillar aro atamalar tarjimasining ayrim muammolarini bayon qilishga harakat qildik. Atamalar semantic jihatdan izohlar orqali ifodalanuvchi ma’noga ega, emotsional ekspressiv bo’yoqdorlikdan holi neyrtal so’z bo’lib ular malum kasb-hunar yoki sohaning asosiy birligi shaklida talqin qilinadi. Va ularning tillararo mutanosiblik darsjasi lug’atshunos va tilshunoslarning vazifasiga kiradi. Har bir til shu tilga munosib xalqning moddiy va ma’naviy dunyosini butun borligicha o`zida aks etiruvchi yorqin ko`zgu bo`lib,insoning mexnat va ijtimoiy faoliyati bilan uzviy bog`liqdir. Shu bois jamiyatda sodir bo`lgan har qanday voqiallar yoki o`zgarish, birinchi navbatda iqtisodiy taraqiyyot davomida davomida tilning lug`t tarkibi tadrijiy ravishda doimiy rivojlanib, boyib boradi. Bu boyish jamiyat rivojlanish natijasida paydo b`olgan yangi tushunchalarni ifodolovchi yangi so`zlar, nomlarining vujuhdga kelish xisobida sodir bo`ladi. Tilning lug`at tarkibi, uning leksik- semantik sistemasi doimo o`zgarib boradi, ayni zamonda jamiyat uchun keraksiz holga tushuncha yoki predmet nomlarini ifodalab kelgan so`zlar arxaik soz sifatida iste’moldan chiqib uning o`rnini yangi so`zlar egalaydi. Lug`at birliklarining iste’moldan chiqishi lingvistik va ekstorolingvistik taomillari asosida, tilning tabiati, tilning taraqqiyoti qonuniyatlari asosida ro`y beradi2 Bunda ikki asosiy hodisa kuzatiladi:
1) Jamiyat va tabiatdagi narsa-hodisalarning yo`qolishi bilan bilan ularning ifodachisi bo`lgan so`zlar ham yo`qoladi. Til strukturasidan chiqadi va tarixiy so`zlarga aylanadi.
2) Tilning takomillashuvi jarayonida narsa-hodisaning mohiyatini aniq, to`liq va to`g`ri ifodalay olmaydigan lug`aviy birliklar iste`molidan chiqib, ularning o`rnini hodisani aniq, to`g`ri va to`la ifodalaydigan lug`aviy boyliklar egallaydi.
Yangi so`z ixtiro qilinmaydi, balki, tilda mavjud bo`lgan so`z yasovchi elementlar, ya`ni muayyan tilning o`z ichki imkoniyatlarini hisobga olib vujudga keladi. O`ylab topilgan so`zlar turli tillarda judaham kam sonni tashkil etadi. Rus tilshunosi E.A.Zenskaya yozadi: “Bir dam o`ylab koraylik yangi so`z eskisi bilan butunlay bog`lanmagan holda yasaladi deylik. U holda tilni egallash juda qiyin. Bir ahvolga kelib qolar yoki buning umuman imkoni ham bo`lmas edi. Lug`at tarkibini kengaytirish yo`sini undan foydalanishni yanada qulaylashtirish, eng asosiy tildagi mavjud o`zaro bog`langan voqea-hodisalarni ifodalashdan iboratdir. Shunday qilib, so`zlarning tildagi o`zaro aloqi real presmet va mavjud voqea-hodisalar o`rtasidagi o`zaro aloqalarni aks ettiradi”3.
Mana shu sababali, o`zbek xalqining, jumladan boshqa xalqlarning atamashunosliklari tartibhga solish xayotimizning qolaversa tilshunoslikning dolzarb vazifalaridan biridir. Atamashunoslik muammosiga atamashunoslik tartibining mazmuni xaqidagi fikrlarini o’z ichiga oladi, shu bilan bir qatorda fan va texnikaning zamonaviy rivojlanishini o’zida aks ettirishi kerak, shu bilan birga atamashunoslikni mantiqiy rasmiylashtirish va mantiqan bir tekisda joylashishini o’z ichiga oladi. Atamashunoslik muammosi juda murakkab ilmiy muammolar qatorida turadi. Uni tuzishgda xar xil soha tilshunoslarigina emas balki turli boshqa fanlar doirasidagi mutaxisslari xam ishtirok etishi kerak.Atamashunoslikni yaxshi bilish bizga u yoki bu maxsus bir doirani chuqurroq o`rganishga yordam bersa, masalan tibbiyot atamashunosliksini tushunmay turib tibbiyot bilan shug`ullanib bo`lmaydi.
Atamashunoslikdan noto’g`ri foydalanishni yoki uni keraksiz so`z bilan to`ldirishimiz bizni ilmdan uzoqlashtiradi va unga bo`lgan yo`lni chegaralaydi.
Xalqni bilim darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, unga tilshunoslikdagi keng tarqalgan atamalar shunchalik tushunarli bo`ladi. Lekin xech qanday vaziyatda ham atamashunoslikni noaniq va noto`g`ri qo`lashlar uchrab turadi. Atama bu qattiy bir ma’noni anglatuvchi so`z.
Ixtisoslik atamalari ustida ihslash kursi tilshunoslikni bir sohasi sifatida o`qitiladi. Tilshunos mutanosib atamalarning asosiy xususiyatlarini, kelib chiqish sabablari va ulardagi afzaliklar yoki muximlikni bilish talab qilinadi.
Atamalarni barcha sonlari bo`yicha o`rganish, xususiyatlarini aniqlash, ularni u yoki bu usulda qo`lash tarixini bilish tilshunoslik sohasidagi bilim doirasini kengaytiradi.
Atama lotincha chegara ma’nosini bildirib anglatib, turli sohalarda, aniq tushunchani ifodalash uchun qo`laniladigan so`zga aytiladi.
Atamalarning o`zgarishi til tarixi uchun xam, xalq tarixi uchun ham qimatli manba xisoblanadi.
O`zbek atamashunosligi o`zbek tili tarixini, unin ayrim noaniq masalalarini yoritish uchuin asosiy manbadir. Atamalarni o`rganish ham ilmiy ham amaliy ahamiyatga ega. Atamalarni o`rganish tilning fonetik, leksik, grammatik, uslubiy va snonimik meyyorlarini belgilashda, shunindek orfografiya va orfoepiyani mo`tadillashtirsh uchun xam katta yordam beradi.
Ixtisoslik atamalar ustida ishlash kursining maqsad va vazifasi quydagilardan iborat bo`lib, talabalarni: Ozbek tilshunosligi XX asrning 50-60-yillaridan boshlab yangi taraqiyot bosqichiga ko`tarildi. Tilshunuslik masalalari fanlar sistemasidagi boshqa fanlar bilan aloqada o`rganila boshladi. Ozbek tilining funksional fonetikasi, funksional grammatikasi rivojlantirildi. Shunga movofiq ravishda o`zbek tilshunoslikda ko`plab atamalar vujudga keldi.
Atamashunoslik va atamalarni o`rganish, avvalo, atamalarni oddiy so`zlardan, kasb xunar so`zlardan farqlay olish zarur.
Atamalar sohasida biror umumiy fikrga kelish uchun tilshunoslikni bu nozik sohasi bo`yicha ko`p ish olib borish kerak. Yangi atama yaratish – boy shevalarimizni o`rganish va ulardan maqbul atamalrni tanlab olish, boshqa davlatlarning bu, sohadagi tajribasidagi va lug`atning o`rganiksh ozbek tilining va ayniqsa, 20-30 yillardagi lug`atlari, adabiy xamda ilmiy – texnikaviy, tibbiy fanlarga oid boy asarlarni o`rganishi va millionlab kartochkalar tuziush bilan be vosita bo`gliqdir. Bunda ayniqasa, tilshunos mutaxasislar, tajrimalar va malum fan nomoyondalarining fikri bir yerdan chiqishi, bir xil bo`lishi aloxida axamiyatga ega.Atamalar sohasida xar hillikning kelib chiqishiga sabab atamalar lug`atimi tuzishning tartib qoidalari ishlanmagani va bu muxim ishni muvofiqlashtiruvchi markaning yo`qligi yoki bo`lsa ham, bu tashkilotning yo`l yoriqlarini pisand qilmaslikdan kelib chiqadi. Masalan, bir xil atama ikki atma lug`tida 2 xil beriladi albatta bu xolat ma’lum vaqtgacha davom etib atamalarning maqul shakli tanlab olinadi.Atamalar- leksikaning tez o`zgaruvchan sonasidir. Yani fan uning tarmoqlari, yangi oqim va nazaryalar yangi atamalar kelib chiqishiga sabab bo`ladi.
Atama ilmi, texnik, ishlab chiqarish va boshqalar xaqida til ma’lumot beruvchi til boyligidir. Ma’lum sananing ilmiy va texnik usullarini qayd qilib, uni o`quvchiga yetkazish uchun atama, so`z atamaga o`tgach, o`zining eksperessivlik xususiyatini yo`qotadi. Shuni hisobga olish kerakki, ma’lum bir atama bir necha sohalarda ham qo`lanilishi mumkun.
Atamalardagi zamonaviy polisemiya shu orqali ro`y beradi atama lug`tlarda bu manolarni har bir ma’lum bir raqamlar bilan sonini ko`rsatilgann holda keltiriladi.
Ma’lum atamaning turli sohalarda ishlatilishiga sabab ular ifodalagan mazmundagi va vazifadagi o`xshashlikdir. Mantiqan bo`gliqlik va vazifa umumiyligi bo`lgani uchun bir sohadagi atama ikkinchi bir sohaga ko`chiriladi xar bir predmet, tushuncha, voqealar, xodisaning turli xususiyatlari, ma’no qriralari bo1ladi. Atama ana shu xususiyatlarining eng muxim tomonini ifodalaydi. Masalan: arenda-ijara, abonent – obunachi, viza-ruxsatnoma. Asbob atamasi o`rniga instrument, pribor, aparat, bo`lishi mumkun.
Atamalarni belgilashda quyidagi talablarni xisobga olish kerak:
Ona tilida mavjud bo`lgan tartib qoidalarga mos kelishi.
Tallafuz qonun-qoidalarga to`g`ri kelishi oxangdorligi.
Ona tilining umumiy sistemasidan joy olishi.
Ona tilidagi mavjud so`zlar umumiy qonun-qoidalarga so`z yasalishi va so`zlar bilan biurikishi sistemasiga mos kelishi, xozirgi kunda ko`p atamalr sinonimik qatorga ega. Masalan: rayon, tuman, unversitet, dorilfunun, ilimgox, muallif, aftor, sinonim manodosh.
Atama ma’lum bir fan onligi, ijtimoiy-siyosiy atamalar esa ommaga tushunarli bo`lishi kerak. Agar ma’lum bir atama, qaysi til asosida tuzulgan bo`lmasin, tushunarli bo`lsa, bunday atamani almashtirishning xojati yo`q. o`z shaklida qoldirish lozim bo`lgan ko`p atamalar aniq fanalarga oid. Atamalarninig ruscha-baynalminal shaklininmg saqlkanishi ilm-fan, ijtimoiy yo`nalishning xozirgi zamon fani bilan yaqinlashishini ta’minlaydi, ular bilan aloqani osonlashtiradi.
Rus va Yevropa tillarida olingan atamalar asosan fan sohalariga oid bo`lib, fan atamalarining asosini tashkil etadi.
Rus va chet tillaridan qabul qilingan atama o`zbek tilining ichki qonuniyatlariga bo`ysunadi: turlanadi, yangi so`zlar yasaydi, boshqa so`zlar bilan birika oladi, atamali pratonli, radiolashtirish va hokazolar.
So`zning morfologik strukturasi so`z formasining yasalishida qatnashadigan konponentlaridan iborat. So`z turkumlari, ularning o`ziga mos xususiyatlari va mavjud atamalarni lug`atlar yordamida tashkil qilish.
Atama ma’lum tushunchani muhim bir tomonini ifodalashi kerak.
Tushuncha va predmetning ma’no va vazifasiga qarab zarur atama beriladi. Masalan: aparat atamasi manosiga qarab, idora, xodimlari va qism bo`lishi, mumkun. Ayrim atamalarning ikki xil turda berilishining boisi ikkita:
Rus – baynalminal atamani ma’nosi kengrob bo`lib xar vaqt ham o`zbekcha turga to`g`ri kelavermaydi.
Atamalarni ikki shakilda berish odatda lug`atlarda bo`lib, matnda xar bir o`rnida takroriy ortirilmaydi. Bu hol tilga tilga olingan atamaning nozik mano farqlarini ochishga imkon tug`diradi, jumla uslubini boyitishga yordam beradi.
Ruscha-baynalminal atamalarining o`zbekchasini tanlashda atamaning ma’nosi, yasdalishi va turlanishi xususiyatlarini ham olish kerak.
Atamalarni o`zbekcha turini tanlashda manolar quydagilardan iborat.
so`zlashuv tiliga oid atamalar: chappa-avranboy, kona-arnaik vahokozo. O`zbek tilining o`z ichki so`zlashuv imkoniyatlari asosida tuzilgan atamalar mavjud. Sozlarning manosini kengaytirish toraytirish va tabaqalash yo`li bilan ro`y beradi.
Shevachilikka oid so`zlar xam atama tuzishda manba bo`ladi. Shevalarda ko`proq zoologiiya, botanika, tibbiyotga qishloq xo`jaligiga oid ,so`zlar olinadi.
Kasb xunarga oid.
O`zbek va tarixiy tillardan mavjud va eski lug`atlari xamda ilmiy va badiy tarixiy asarlarida qo`lanilgan so`zlarda ham atamalarni tuzishda foydalanish mumkun.
Do'stlaringiz bilan baham: |