6-Topshiriq demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni



Download 24,74 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi24,74 Kb.
#200869
Bog'liq
6-Topshiriq demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni

6-Topshiriq

DEMOKRATIK BOZOR ISLOHOTLARI VA IQTISODIYOTNI


LIBERALLASHTIRISH.
REJA:


  1. Demokratik bozor iqtisodiyotiga o’tishning ob’ektiv zaruriyati va uning nazariy masalalari.

  2. Demokratik bozor iqtisodiyotini mohiyati va asosiy belgilari.

Iqtisodiyot jamiyat hayotining muhim sohalaridan biri bo’lib, inson rivojlanishi manbaini tashkil qiladi. Unda insonlar o’zlarining moddiy hamda ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida turli ne’mat va vositalarini ishlab chiqaradilar, o’zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishadilar.

Iqtisodiy hayot kishilarning ijtimoiy, madaniy, siyosiy hayot sohalarining moddiy asosini tashkil etadi va ularning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Ayni paytda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va davlat tizimi iqtisodiyotga jiddiy ta’sir etadi.

Sobiq totalitar, ma’muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida siyosat iqtisodiyotdan ustun bo’lib, uning rivojlanish yo’nalishlarini belgilab beradi.

Bu davrda jamiyat a’zolari ijtimoiy mulkka egalik qilish huquqidan mahrum edilar. Tadbirkorlik, biznes bilan shugullanish qonun bilan man etilgan edi. Bunday faoliyat bilan shugullanganlar chayqovchi, yot unsur sifatida jinoiy javobgarlikka tortilar edilar. Ma’lumki, shaxsning mulkdor bo’lish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, o’zi istagan iqtisodiy faoliyat turi bilan erkin shugullanish hamda shunga muvofiq cheklanmagan daromad olish va yaxshi yashash imkoniyatlariga ega bo’lish kabi huquqlarini amalga oshirishni fakat ijtimoiy yo’naltirilgan bozor

iqtisodiyotigina ta’minlashga qodirdir.

Mustaqillikka erishgan O’zbekiston ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatni barpo etish maqsadida tub islohotlarni amalga oshirmoqda.

Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma- xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishi kafolatlaydi»1 deb belgilab qo’yilgan.

Erkin ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi iqtisodiy plyuralizm bo’lib, demokratiyaning umumbashariy tamoyili hisoblanadi. Iqtisodiy plyuralizm tushunchasi mulk shakllari va xo’jalik yuritish usullarining xilma-xil bo’lishida o’z ifodasini topadi.

Demokratik jamiyatga monan demokratik iqtisodiy tamoyillar erkin bozor iqtisodiyotining quyidagi tub belgilarida o’z ifodasini topadi. 1) xususiy mulk: 2) tadbirkorlik va tanlov erkinligi: 3) shaxsiy manfatning inson hatti -harakatining bosh materi ekanligi: 4) raqobat: 5) erkin narx tizimi: 6) davlatning iqtisodiyotgan aralashuvini cheklanganligi.





1 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. -.: Ўзбекистон, 2003, 11-бет.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoev o’zining 2018 yil 28 dekabrdagi OliyMajlisgaMurojaatnomasida “...Biz erkin bozor tamoyillarini o’rnatmoqchi ekanmiz, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini isloh qilish va rivojlantirish orqali sog’lom raqobat muhitini yaratishimiz shart” deb ta’kidladilar
O’zbekistonda jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirishning maqsadi va bosqichlari.
O’zbekistonda shakllanayotgan xususiy mulk ikki turdan iborat bo’ladi: birinchisi – yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning, dehkon va fermerlarning xususiy mulki, ikkinchisi – ularning shirkat xo’jaliklaridagi paylari, aktsiyadorlik jamiyatlaridagi aktsiyalari, uyushmalardagi ulushlaridan iborat korporativ xususiy mulk. Yakka va korporativ (ulushli) xususiy mulk egalari mulkdor hisoblanib, ularning mulkka bo’lgan huquqlari daxlsizligi davlat tomonidan himoyalandi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida esa mulkdor huquqining daxlsizliigi bilan birga, uning mas’uliyati ham belgilab berilgan. Xususan, unda

«Mulkdor mulkiga o’z xohishiga ko’ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlariini hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmasliigi shart»1, deb ta’kidlangan.

Tadbirkorlik erkinligi ayrim shaxslar va ularning uyushmalari, guruhlarining foyda, daromad olish maqsadida ma’lum sohada xo’jalik, iqtisodiy faoliyat yuritish erkinligini bildiradi. Bu shuningdek, u yoki bu tarmoqqa tadbirkorlarning o’z xohishlariga ko’ra kirishini va undan chiqishini ham anglatadi. Vazirlar Mahkamasining 2002 yilda qabul qilingan muhim qarorlariga muvofiq respublikaga iste’mol tovarlarini noqonuniy yo’l bilan olib kelinishi va sotilishining oldini olish chora-tadbirlarining ko’rilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Kishilar naf, foyda va daromad olish uchun intilib, o’zlarida bor bo’lgan qobiliyatlari va imkoniyatlarini ishga soladilar. Raqobat iqtisodiyot sub’ektlarining shaxsiy manfaatlarini ro’yobga chiqarishning chegarasini belgilaydi. Shuningdek, raqobat ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarning iste’mol, xaridorlar manfaati, didi, xohishini inobatga olishga bir-biridan arzonroq, sifatliroq tovarlar ishlab chiqarish maksadida yangi texnika va texnologiyadan foydalanishga undaydi.

Aholining turmush darajasi barqaror o’sib borishini, kam ta’minlangan aholi katlamlarini ijtimoiy himoyalash, boy-kambagallar o’rtasidagi farqlarning keskinlashib ketishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida aholi daromadlarini soliqlar, transfert to’lovlari vositasida qayta taqsimlaydi, makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o’sishni ta’minlash maqsadida soliq, byudjet va pul-kredit vositalari orqali iqtisodiyotni tartibga soladi.

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar insonga munosib turmush sharoitlarini yaratishga, kishining erkin tadbirkorlik va mehnat qilish, tanlash erkinligini hamda mulkdor bo’lishdek muhim demokratik huquqlarini ta’minlashga, iqtisodiy hayotni demokratlashtirishga qaratilgandir.



1 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон, 2003, 11-бет

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat», «O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li», «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida», «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida, xavfsizlikka tahdid,barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda», «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz» va boshqa asarlarida mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish, bozor iqtisodiyotiga o’tishining nazariy asoslari, kontseptsiyasi ishlab chiqilgan.

Ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasi uch tarkibiy qismdan iborat:


  • ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining ta’rifi:

  • bozor munosabatlarini shakllantirishning muhim tamoyillari:

  • iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning, barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning aniq yo’nalishlari.

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida (1991-1994 yy.)ma’muriy-buyruqbozlik tizimining ogir oqibatlari o’rnida yuzaga chiqqan tanglikka barham berish va iqtisodiyotni barqarorlashtirish hamda respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish vazifalarini hal qilishga kirishildi. Buning uchun quyidagilar amalga oshirildi:

  1. islohotlarning qonuniy - huquqiy bazasini shakllantirish va rivojlantirish. Bu davrda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlik to’g’risidagi va boshqa ko’plab bozor munosabatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan qonunlar qabul qilish:

  2. kichik miqyosdagi xususiylashtirishni amalga oshirish hisobga ko’p ukladli iqtisodiyot negizlarini yaratish:

  3. ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash.

Ijtimoiy – iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida qishloq xo’jaligida bozor munosabatlariga mos keladigan yangi xo’jalik tizimini shakllantirish ishlari amalga oshirila boshlandi. Buning oqibatida bu sohada nodavlat ishlab chiqarish sektori keng rivojlandi. Shuningdek, xalq xo’jaligini, uning tarmoqlari va hududlarini boshqarishning mavjud sharoitlarga mos bo’lgan tizimlari ishlab chiqildi.

Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichi (1995-1999 yillar) da davlat mulkini dastlabki, kichik miqyosda xususiylashtirishni tugallash, mulkni haqiqiy egalari qo’liga topshirish, tadbirkorlik foaliyati uchun keng imkoniyatlar berish vazifalari belgilandi. Bu bosqichda sanoat, qurilish va transport sohasidagi, agrosanoat kompleksining go’sht – sut, oziq-ovqat va paxta sanoati tarmoqlaridagi o’rta va yirik korxonalar, shuningdek, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi sayhlik komplekslarining xususiylashtirilishi boshlandi.

«O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish vazifasi qo’yildi. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish jarayonlari bilan uzviy bog’liqdir. Bu borada Prezident I.A.Karimov «O’zbekistondagi islohotlar va yangilanish jarayonlariga baho berar ekanmiz, shuni ta’kidlashni istardimki, hayotimizning barcha sohalarini

erkinlashtirish yo’li o’z mohiyat e’tiboriga ko’ra mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha o’zgarishlarning asosiy boglovchi bo’g’inga aylandi»,1 deb ta’kidlaganlar.

Iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish esa demokratik jamiyat qurilishining asosi sifatida uning iqtisodiy negizlarini mustahkamlashni ta’minlaydi.

Birinchi Prezident Islom Karimov iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish yuzasidan quyidagi vazifalarni belgilab bergan:

birinchidan, mulkdorlar sinfini shakllantirish masalasini tubdan hal etish. Buning uchun xususiy mulkchilik etakchi o’rinda turadigan ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo etish:

ikkinchidan, haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish:

uchinchidan, bozor infratuzilmasini rivojlantirish:

to’rtinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish tizimini tubdan qayta ko’rib chiqish:

beshinchidan, valyuta tizimi va bozorni erkinlashtirish:

oltinchidan, davlat va turli tekshiruvchi, nazorat qiluvchi organlar tomonidan korxonalarning xo’jalik faoliyatiga noo’rin aralashishni cheklab ko’yish.

Iqtisodiyotni erkinlashtirishning bosh vazifasi bo’lgan davlatning nazoratchilik va boshqaruvchilik funktsiyalarini qisqartirish, uning korxonalar faoliyatiga noo’rin aralashishini keskin kamaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish sharoitida kichik, xususiy biznes va tadbirkorlikni rag’batlantirish uchun soliq imtiyozlari kengaytirilmoqda, daromad soligi stavkalari qisqartirilib, soliq yuki engillashtirilmoqda.

Islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida tashqi iktisodiy faoliyatni tashkil etish tizimi qayta ko’rib chiqildi.Valyuta tizimi va bozorini erkinlashtirish chora-tadbirlari amalga oshirildi va milliy valyutamiz – so’mning 2003 yil 15 oktyabrdan joriy to’lovlar bo’yicha erkin almashuvi amalga oshirila boshlandi.

Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish jarayonlari mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish jarayonlari bilan o’zaro bog’liqlikda amalga oshirilishi oqibatida uning demokratik jamiyat qurishdagi roil va ahamiyatini yanada kuchaytiradi.

Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida iktisodiyotni erkinlashtirishning ustivor yo’nalishlari.

Ushbu ustivor yo’nalishni amalga oshirish uchun avvalom bor xususiy sektorning mavqeini yanada oshirish va kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish lozim bo’ladi. Endilikda xususiylashtirish jarayonlari tobora ko’proq yirik korxonalarni, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini o’z ichiga qamrab olishi, korporativ xususiy mulk miqyolarini kengaytirish, aktsiyalarni sotishning birlamchi va ikkilamchi hamda yuirja hamda birjadan tashqari bozorini rivojlantirish amalga oshiriladi.

Kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga davlat va nazorat organlarining noo’rin aralashuviga barham berish, moddiy – texnika resurslari va moliyaviy, shu jumladan, kredit mablaglari bilan ta’minlanishini yaxshilash, ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish uchun ishlab chiqarish va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish katta ahamiyatga ega.

O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning iqtisodiy jihatdan ustivor yo’nalishini amalga oshirish uchun kuyidagi chora-tadbirlar ko’riladi:






1 И.А.Каримов. Ўзбекистон XXIасрга интилмоқда. Биринси чақириқ Ўзбекистон Республикаси олий Мажлисининг ўн тўртинчи сессиясидаги маърузаси, 1999 йил 14 апрель – Т.: Ўзбекистон, 1999. 15-16 бет.

  • tashqi iqtisodiy faoliyatini, valyuta bozorini erkinlashtirish, milliy valyutaning joriy operatsiyalar bo’yicha erkin almashinuvini ta’minlash:

  • iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, uni modernizatsiya qilish hamda import o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash:

  • iqtisodiyotga xorijiy investitsion muhit va investorlar uchun kafolat yaratish:

  • ichki va tashqi investitsiyalarni butun iqtisodiyotga, shu jumladan, oltin-valyuta zaxiralarimizning barqaror o’sishiga xizmat qiladigan etakchi tarmoqlarga yo’naltirish:

  • jahondagi nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, umumjahon iqtisodiy tizimiga integrallashuv hamda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish, demokratik jarayonlarni kuchaytirish maqsadida yakka va korporativ xususiy mulkdorlar huquqlarini himoya qilish, ularning mas’uliyatini kuchaytirish, tadbirkorlik faoliyati erkinliklarini ta’minlovchi hamda xo’jalik faoliyatini tartibga soluvchi qonuniy-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.

Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy qilish uchun davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish davom ettiriladi. Ammo iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini rivojlantirish va uning bozor mexanizmi bilan uygunligini ta’minlash yo’lida hali ko’p ishlar qilish lozim.



Demokratik jamiyat qurish uchun davlatning iqtisodiy faoliyatini cheklash, uning vazifalarini bosqichma-bosqich mahalliy sohadagi hokimiyat va o’zini o’zi boshqarish organlariga topshirish erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish haqida qaror qabul qilinadi. Pirovardida, bozor iqtisodiyotining shakllanishiga, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga va aholining turmush farovonligini oshirishga erishiladi. Mamlakatimiz eksport salohiyatning oshishi va mustahkamlanishi – uning ajhon hamjamiyatida munosib o’rin egallashiga zamin yaratadi.
Download 24,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish